Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo‘limi



Download 36,12 Kb.
bet1/10
Sana12.07.2022
Hajmi36,12 Kb.
#779087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo


Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo‘limi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining asosiy funksiyasi etib, ekologik monitoringni amalga oshiruvchi yuqori organ ekanligi, ekologik qonunchiligidauning vakolatlari aniq belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvini amalga oshirish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalani to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarva “Yer Kodeksi”qabul qilingan. Ularda ekologik monitoringni amalga oshirish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Ekologik monitoring olib borishni ta’minlashda muayan davlatda olib borilayotgan ekologik siyosat muhum rol o‘ynaydi va uning negizida fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqlarinita’minlash yotadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat ekologik siyosatiga tayangan tamoyillar va ular qatorida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ekologik havfsizlikni ta’minlashga oid belgilab berilgan konseptual g‘oyalar va fikrlar ekologik montoringni huquqiy ta’minlash muammolarini ilmiy nazariy jihatdan o‘rganishda muhum qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Zero,-“Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy mummolaridan biridir, uni haletish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”- deyao‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan.
Mamlakatimizolimlariolib borgan tadqiqotlarda davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish mexanizmida ekologik monitoringning o‘rni va roli masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababdan, bu muammoni ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Davlat ekologik monitoring siyosatini olib borishda O‘zbekiston Respublikasida maxsus vakolatli davlat organlarining ekologik monitoringini amalga oshirishga oid vakolatlari ilmiy-nazariy, mazmun mohiyati, huquqiy tabiati, ekologik monitoringni amalga oshirishda atrof tabiy muhit to‘g‘risidagi axborotlarni olish, qayta ishlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda maxsus vakolatli organlari funksiyasining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi.
Ekologik monitoringniamalga oshiruvchi maxsus davlat organlari bo‘lganO‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmat Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston RespublikasiЕr resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligixuzuridagi Sanitariya-epedimeologiya bosh boshqarmalarini tarmoqlararo (bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi) va tarmoqqa oid (ma’lum bir tabiiy resusrslarni idora etuvchi) organlarga bo‘linishi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan ekologik monitoring turlari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida dalat monitoringini hamda tarmoqlararo boshqaruvini amalga oshiruvchi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatlarikatta ahamiyat kasb etadi.
Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlash, atrof tabiiy muhitsifatini me’yorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda davlatning ekologik monitoring siyosati muam-molarini huquqshunos olim Sh.H.Fayziyev tomonidan o‘rganilgan. Uning monografik tadqiqotlarida davlatning ekologik siyosatining yuridik tabiati, mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashning davlat huquqiy mexanizmi masalalarini keng yoritgan. Halqaro ilmiy-anjumanda “Bugungi kunda ekologik qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish tabiat-jamiyat tizimini barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlarini qaytadan tahlil qilib, yangi tahrirda qabul qilinishi, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, mavjud ekologik muammolarni hal qilishga xizmat qiladi”,- deya anjumandama’ruza qilgan.
Respublikamizda ekologik monitoringni huquqiy tartibga solishunga bog‘liq muammolarni nazariy va amaliy jihatdan yaxlit tarzda tadqiq etish, ekologik monitoringni tartibga soluvchi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni zamon talablariga javob beradigan darajada ishlab chiqarish va tadbiq etishdan iboratdir.
Viloyatda ekologik monitoringniviloyat boshqarmasi xuzuridagi Analitik nazorat monitoring bo‘limiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyun 377-son “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasixuzuridagi Atrof muhit ifloslanishini monitoring atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitiknazorat markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorihamda 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QaroriasosidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”
2002 yil 3 apreldagi 111-sonqarori asosida amalga oshiriladi.
Analitik nazorat monitoring bo‘limining asosiy vazifasi viloyatda suv va suv resurslari, tuproq hamda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda tahlillar olib boradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2010 yil 3 fevral “Kommunalho‘jaligitizimida tabiatni muhofaza qilishfaoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qonuni asosida viloyatda har yiliatrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizganlik uchunkompensatsiya to‘lovlarini to‘lovchi obyektlar ro‘yxatgaolinadi. Xozirgi vaqtda ulartomonidan belgilangan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmoqda. Shuning uchun yuqorida qayd qilingan obyektlarmazkur qarorga binoan davlat nazorati bilan xar biratrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizayotgan korxona, tashkilot, muassasa o‘z xududi va uning atroflarida atrof–muxitni ifloslantiruvchi manbalarida suv ifloslanishustidan nazorat olib borishlari lozim bo‘ladi.
Bu borada Navoiy viloyatida oqova suvlarni kanalizatsiya (maishiy, sanoat va yomg‘ir suvlarini ularning paydo bo‘lish joylaridan texnik tizimli ravishda olib chiqish) tarmoqlariga qabul qilib oladigan 2 taSuv tozalash inshoatlari faoliyat yuri-tadi. Bu Navoiy shahridagi “Navaoiazot“ Ishlab chiqarish bir-lashmasiga qarashli Maishiy-ho‘jalik chiqindi suvlarni qabul qilish inshoati, (BXOuning loyihaviy quvvati 117 ming m3/sut, Uchkuduk suv tozalash inshoatining loyihaviy quvvati esa 49 ming m3/sut ga teng.
Ekologik monitoring ekologik ekspertiza, ekologik nazorat, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimida bir-biriga bog‘liq va bir –birini to‘ldiruvchi yagona faoliyat turidir. Shu bilan birga, ularning har biri o‘z vazifalarini bajarishga qaratilgan, o‘z obyektlariga, tamoyillariga, shakllariga turlariga ega jarayonlardir.
Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ekologik monitoringni tashkil etishva amalga oshirish prinsiplari quyidagi qoidalarni kiritishga imkoniyatini yaratdi :
1.Ekologik monitoring ma’lumotlarining ishonchliligi;
2. Doimiylik, davriylikva yangilanish;
3. Obyektivlik;
4. To‘liqlik, har tomonlamalik va komplekslilik;
5. Ekologik monitoring ma’lumotlariga davlatmulkchiligi, ya’ni
bunday ma’lumotlar davlat mulkiekanligi;
6. Ekologik monitoring o‘tkazish usullarining ilmiyligi ;
7. Oshkoralilik;
8. Ekologik monitoring sohasidagi xalqaro- huquqiy xamkorlikdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi hamda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiq-lashtiruvchi Respublika Kengashi bilan kelishilganobyektlarda o‘tkaziladigan tuproq, oqova va yerusti suvlari hamda atmosfera havosiifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazishdanmaqsad,O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonunchilik talablariga rioya etilishi va ifloslantiruvchi moddalarni atrof-tabiiy muhitgabelgilangan me’yorlarda tashlanishi ustidan kuzatuv o‘tkazish, atrof-muhit ifloslanishi bazasini shakllantirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatishdan iboratdir.

Download 36,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish