Rotatsiya metodi
Bu metod mashg`ulot mavzusini har bir kichik guruh alihida – alihida qilib muhokama qilib chiqishi ,yozganlarini butun guruh jamoa bo`lib tahlil qilib ko`rishi uchun qo`llaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
--dars mavzusi bo`yicha nomerlangan topshiriqlar (masalan,rejadagi mavzuchalar)plakatlarga yozib doskaga osib qo`yiladi;
--topshirqlar soni nechta bo`lsa o`quvchilar ham shuncha guruhga ajratiladi va guruhlar nomerlanadi;
--kichik guruhlar o`zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma`lumotlar paketini oladi;
--kichik guruhlar o`zlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda o`rganib, topshiriqqa javoblarni yozishadi;
--javoblarni guruhdagi husnixati chiroyli o`quvchi yozadi;
--topshiriqlar yozilgab javoblar varag`I va ma’lumotlar paketi guruhlararo almashtiriladi, qo`shimchalar qilinadi , lekin javoblar takrorlanmaydi;
--javoblar qaysi gurhniki ekanligini farqlash uchun turli rangdagi flomasterlardan foydalanish yoki guruhlar o`zlarining nomeri ostiga javoblarni yozishi mumkin;
--javoblar yozilgan varaqlar doskadagi osig`liq plakatlarga yopishtiriladi, o`qituvhci ishtirokida muhokama qilinadi, umumlashtiriladi va to`g`ri javoblar daftarga yozib olinadi;
--to`g`ri va mukammal javoblar soniga qarab o`quvchilar baholanadi;
Bu metoddan mustahkamlash darslarida , shuningdek, matn bilan ishlashga ajratilgan mavzularda foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, 7-sinfda ismlarga doir mavzular yuzasidan mustahkamlash darsida quyidagicha qo`llash mumkin:
* Sinfga uchta topshiriq beriladi va sinf uchta guruhga ajratiladi;
*1-guruhga : tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi, ismlar atamasi , bizning ajdodlarimizning tasnifi haqida ma’lumotlar yog`ish;
*2-guruhga: ismlarning lug`aviy shakllariga doir ma’lumotlarni yig`ish, ularni ism bo`lmagan so`z turkumlari bilan qiyosan tahlil qilish;
* 3-guruhga : ismlarning munosabat shakllariga doir ma’lumotlarni yig`ish, ularni boshqa turkumlar bilan qiyosan tahlil qilish topshiriqlari beriladi.
O`quvchilar topshiriqlarni to`g`ri bajarishlari, ularni muhokama qila olishlari uchun bu mavzular o`tgan darslar davomida o`qituvchi tomonidan yaxshi tushuntirilgan bo`lishi kerak.
Bu metodning afzalligi shundaki, o`quvchi o`z fikrini ayta oladi, himoya qila oladi, darslar davomida bilimida yuzaga kelgan bo`shliqlarni to`ldiradi.
SINDIKAT METODI
Guruh uchta kichuk guruhga bo`linadi. Bunda taklif etilayotgan uch xil nuqtayi nazardan hal etilishi zarur.
Masalan, 8- sinfda soda gaplar tahliliga doir mavzularda foydalanish mumkin:
Biror gap beriladi, 1- guruhga gapni gap bo`laklari bo`yicha tahlil qilish topshiriladi. 2-guruh bosh bo`laklarning ishtirokiga ko`ra tahli qilsa, 3- guruh gapning lug`at tarkibi haqida ma’lumot beradi beradi. So`ngra javoblar o`qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinib , umumlashtiriladi.
GLOSSARIY
,,Gloss’’ lotincha so`zdan olingan bo`lib, ,,bilimlar majmuasi’’ ma’nosini anglatadi. Bu metodga ko`ra har bir mavzu bo`yicha lug`at shaklida kamida 15 tadan atama olinib, ushbu atamalar mazmuni yoritiladi. Bu metoddan deyarli har bir darsda , uy vazifasini so`rash, mustahkamlash, uyga vazifa qismlarida foydalanish mumkin. O`quvchilar shu asosda o`zlarining atamalar lug`ati daftarini ham shakllantirishlari mumkin.
T- JADVAL TEXNOLOGIYASI
Bu texnologiyada umumlashtiruvchi darslarda yoki darslarning mustahkamlash qismida foydalanish qulay.
Bunda bir muammoni turli qarama-qarshi nuqtayi nazarlardan qaraladi (ijobiy va salbiy, afzallik va kamchilik, to`g`ri va noto`gri)
Masalan o`qituvchi mavzu bo`yicha tuzilgan to`g`ri va noto`g`ri ma’lumotlarni aralashtirib ekranga chiqaradi , bir partada o`tirgan o`quvchilarga ularni hamkorlikda jadvalga ajratib yozishlarini, so`ngra yozilgan varaqlarni yondosh partadagi o`quvchilar bilan almashtirib qo`shimchalar qilishlarini taklif qiladi.
Ish yakunlangach , to`g`ri va noto`g`ri javoblarajratib yozilgan jadval ekranga chiqariladi, o`quvchila o`zlarining javoblarini ekrandagi jadval bilan taqqoslab kerakli xulosaga keladilar’
6- sinfda ,, Fe’l’’ mavzusi o`tilgach, darsning uy vazifasini so`rash yoki mustahkamlash qismida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
Fe’llar gapda turli gap bo`laklari vazifasida kelishi mumkin, fe’l yasovchi qo`shimchalar yordamida faqat otlardan fe’l yasash mumkin,-la qo`shimchasi yordamida olmoshdan fe’l yasash mumkin,yotmoq ko`makchi fe’li yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning tugallanganligini bildiradi, nisbat qo`shimchalari lug`aviy shakl yasovchi , fe’l mayllari fe’lning munosabat shaklini hosil qiladi,fe’llarda har bir shaxs alohida grammatik shaklga ega, fe’llarda kelishik shaklini qo`llash mumkin, ravishdoshlar fe’lning munosabat shaklidir, sifatdoshlar turg`un, barqaror belgini ifodalaydi, harakat nomi fe’lning barcha turkumlariga xoslangan shakli, shaxs- son shakli fe’lning munosabat shaklidir …
TO`GRI JAVOBLAR
|
NOTO`G`RI JAVOBLAR
|
1.Fe’llar turli gap bo`lakalari vazifasida kelishi mumkin.
2.-la qo`shimchasi yordamida olmoshdan fe’l yasash mumkin(senalmoq..)
3. Nisbat qo`shimchalari lug`viy shakl yasovchi.
4.Fe’l mayllari fe’lning munosabat shaklini hosil qiladi.
5.Fe’llarda kelishik shaklini qo`llash mumkin.
6. Shaxs- son shakli fe’lning munosabat shaklidir
|
1. Fe’l yasovchi qo`shimchalar yordamida faqat otlardan fe’l yasash mumkin.
2. Yotmoq ko`makchi fe’li yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning tugallanganligini bildiradi.
3. Fe’llarda har bir shaxs alohida garmmatik shaklga ega
4. Ravishdoshlar fe’lning munosabat shaklidir.
5. Sifatdoshlar turg`un, barqaror belgini ifodalaydi.
6. Harakat nomi fe’lning barcha turkumlariga xoslangan shakli
|
ASSOTSIATSIYALAR
O`quvchilarning har bir guruhiga bo`lajak mavzuni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan so`z yoki gap yozilgan plakat beriladi. Uning quyiga o`quvchilar ana shu so`z yoki gap ularning ko`zlari oldida gavdalantiradigan tasavvurlarini yozib qo`yadilar. Masalan: plakatda vertikal yo`nalish bo`yicha tanlangan mavzu bilan bog`liq bo`lgan tushuncha yoziladi. Ushbu so`zning har bir harfiga ishtirokchilar o`z tasavvurlarini bayon qiladilar va yozadilar. Masalan:
8-sinfda undalma mavzusi misolida ko`raylik:
U undamoq, umid, undov gap..
N ajot, notanish, neologizm…
D oston, davr, diydor…
L ison, lola, loqayd…
M alaka, muammo, masal…
A tama, aralash, attang..
Turli guruhlarda bo`lajak mavzuni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan har xil so`zlar bo`lgani maqsadga muvofiqdir. Barcha plakatlar ilib qo`yiladi, o`qib eshittiriladi, lekin izohlab berilmaydi.
Afzalliklari
Mulohaza yuritish jarayoniga barcha o`quvchilar fikrini jalb qilish, ishtirokchilarning emotsional holati.
So`zli tasavvurlar
Ta’rifi
O`rganilayotgan masala bilan bog`liq bo`lgan eng asosiy so`zni oling.
O`quvchilardan ular bu so`zni eshitganlarida xayollariga keladigan boshqa so`zlarni tez yozishini iltimos qiling. Bu atigi 2-3 daqiqa sarflanadigan juda qisqa mashq.
Bironta so`zni ham yozmaslik mumkinligi yuzasidan izoh bering. Natijada o`quvchilar dastlabki so`z bilan tasavvur qiladigan turli so`zlardan iborat “bir lahzalik surat” hosil bo`ladi.
Mavzu o`rganib bo`lingandan so`ng har bir o`quvchidan ular ushbu mavzu bo`yicha nima deb o`ylashi yoki his qilishini bir so’z yoki so’z birikmasi bilan ifodalashni iltimos qiling. Ushbu mavzuga tegishli bo`lgan so`zni misol keltirishni so`rang. Sinf aylanib, bunday so`zlarni yig`ib chiqing. Bir yoki ikki nafar o`quvchilardan ushbu so`zlarning ro`yxatini tuzishni iltimos qiling.
Foydalanish doiralari
Ushbu usul mavzuni o`rganish jarayonining boshida o`quvchilar mavzu bo`yicha nimalarni bilishlarini, hamda bu jarayon oxirida – o`quvchilar qanday yangiliklarni bilib olganlarini aniqlash maqsadida qo`llanilishi mumkin.
Afzalliklari
Bunday usul o`quvchilarga o`zlarining shaxsiy rivojini ko`rishga, sizga esa – siz berayotgan ta’lim sifatini baholashga yordam beradi.
Qiyinchiliklari
Mashq uchun ajratilgan vaqtga qat’iyan amal qilish lozim. Jarayonning cho`zilishi mashq mohiyatini o`zgartirishi mumkin.
Misol uchun, bu usuldan 8-sinf ona tili darsligidagi “Matn va lug’atlar bilan ishlash” mavzularida darsning mustahkamlash bosqichida foydalanish samaraliroq bo’ladi. Namuna: 36-dars, 88-mashq, 51-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |