Bog'liq Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazish
Namunalar olishdan oldin hududning aerodinamik parametrlari, atmosfera havosining harorati, bosimi va boshqa jihatlarini asbob-uskunalar bilan o‘lchovdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash;
Ifloslaniruvchi manba joylashgan sex yoki bo‘limning texnologik jarayoni ekologik nuqtai nazardan o‘rganishda chang-gaz tozalash qurilmalariga tortilgan aspiratsiya sistemalarini ko‘rib chiqish;
Chang-gaz tozalash qurilmalari bilan jihozlangan ifloslantiruvchi manbalarning chang-gaz tozalash qurilmalari samaradorligini baholash maqsadida changlarni qurilmaga kirish va chiqish joylaridan namunalar olishdan iborat bo‘ladi.
Oqova suv tozalash inshoatiga kelayotgan suvlarni haqiqiy miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;
Inshoatning texnologik qurilmalarining holati, kanalizatsiya nasos stansiyasi tarkibiga kiruvchi panjara qurilmasi holati, tozalash inshoatiga oqovalarni kirish joyida suv namuna-larini olish;
Qum tutgich qurilmasi, birlamchi va ikkilamchi tindirgilarni, aeratsiya hovuzlarining holatini o‘rganish va gidrobiologik tahlillar uchun namunalar olish;
Illarni to‘plash maydonchasida hosil bo‘ladigan sizindi suvlarni hovuz osti kuvurlari orqali nasos stansiyasiga qaytarilayotganligini aniqlash;
Xlorlash bo‘limida oqavalarni xlorlash holativa tozalangan oqova suvlardagi qoldiq xlor miqdorini inshoatning laboratoriyasida tahlil qilish yo‘li bilan belgilangan me’yorlarga mosligini aniqlash;
Suv tozalash inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suvlardan hamda tozalovdan o‘tganva ochiq suv havzasiga tashlanayotgan oqova suvni qo‘shilishidan so‘ng (quyi) suv namunalarini olishdan iboratdir.
Monitoring o‘tkaziladigan hududdagi tuproqning tashqi holatiga baho berish;
Tuproq namunasi olayotgan xududda yetishtirilayotgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarining nomlarini daftarda qayd qilish;
Tuproq ifloslanishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan kimyoviy tahlil uchun ikki usulda tuproq ifloslangan qismidan konvert usulida kompleks namunalar olish;
Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish dinamikasini o‘rganish uchun obyekt chegarasidan shamol yo‘nalishibo‘yicha aniq masofalardan tuproq namunalarini olish ;
Monitoring o‘tkazilayotgan obyektlardannamunalar olingandan so‘ng tegishli tartibda dalolatmoma tuzish, namuna olish jarayonida ishtirok etgan boshqarma xodimlari va monitoringda ishtirok etgan korxona xodim (lari) hamda rahbar tomonidan imzolanadi.