Mavzu: Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san'atidagi xarakterli xususiyatlar Reja



Download 34,5 Kb.
Sana12.08.2021
Hajmi34,5 Kb.
#146172
Bog'liq
refarat TADBIRKOR


Mavzu: Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san'atidagi xarakterli xususiyatlar

Reja:

  1. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar

  2. Moddiy-texnik sabablar

  3. Xo’jalik-tashkiliy sabablar

  4. Ijtimoiy-kasbiy sabablar

  5. Ijtimoiy-demografik sabablar

  6. Ijtimoiy-psixologik sabablar

  7. Xulosa

Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojarolar uchrabturadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natija-lari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilmasligi, mehnat-dan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu hollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.

Moddiy-texnik sabablar – mehnat vositalari bilan mehnat jarayonlari, shart￾sharoitlari o’rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskuna-lar, jihozlar eskiligi uchun mehnat sharoiti yomon, mehnat unumdor-ligi past va hokazo. Bular xodimlarga g’amxo’rlik qilishga to’siq, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasligiga sabab bo’ladi. Xo’jalik-tashkiliy sabablar – mehnat natijalarini to’g’ri baholamaslik, mehnatni to’g’ri taqsimlamaslik. Bular xodimlarda norozilik tug’diradi.

Ijtimoiy-kasbiy sabablar – xodimlarning bilimi, malakasi va kasb mahoratini nazar-pisand yetmaslik, xodimdan o’z o’rnida foydalanmaslik, mehnat qonunchiligiga amal qilmaslik. ijtimoiy-demografik sabablar – xodimlarning yoshi, jinsi, millati, ma’lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik. Ijtimoiy-psixologik sabablar – xodimlar faoliyatida yaqqol ko’zga tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri, his-tuyg’usi kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi, qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi.

Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib chiqishga sabab:

1) mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;

2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murak-kabligi;

3) jamoa a’zosining o’ziga xosligidir.

Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, tahlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir ziddiyatli hodisaga holisona, do’stona, samimiy munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri yechimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, yengiltaklik bilan baholasa, nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o’zini tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-madora qili-shi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija beradi.

Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni bartaraf etish yo’llari quyidagilardan iborat:

1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning o’tkirlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun chora-tadbirlar ko’rish.

2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash. Vaziyatni to’la idrok etish, o’zlashtirish – «ahvol»ning xo’jayini bo’lib olish va qat’iy chora ko’rish. Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi:

- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbat-lashishi;

- ularning maqsadi, qiziqishlari, hulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoitiva boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o’rganish;

- mojaroli vaziyatning sabablarini, jamoaning unga munosa-batini aniqlash;

- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solish-tirish;

- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil qilish;

- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini tanlash;

- tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan qiyoslab, taroziga solib ko’rish;

- tanlangan va tekshirilgan usulni qo’llab, mojaroni bartaraf etish;



- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;

- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni to’g’ri yo’lga boshlash va hokazo. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo’g’indagi tadbirkor shuni tushunib yetmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amho’rlik qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har bir a’zosi mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning zimmasidagi muqaddas vazifadir.
Download 34,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish