Mavzu. “Statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash” reja statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash



Download 19,08 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2022
Hajmi19,08 Kb.
#453847
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Maruza matni 1.
Iqtisodiy tahlil, Entry 1, 2. O’zbekistonda arxeologiya faniga hissa qo’shgan olimlar. Shah, ШАБАЛИНА ВАЛЕРИЯ, Ботиралиева Камола, ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari, Презентация1, Презентация1, имя прилагательное 1000, имя прилагательное 1000, имя прилагательное 1000, 1. Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish -fayllar.org, 1559257720 (1), Вазиятли масала 5, Вазиятли масала 5

Mavzu. “STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH VA GURUHLASH”


REJA
1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash
2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari



  1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash

Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan hodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli hodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. SHuning uchun navbatdagi vazifa-ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi.


Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va hokazo.
Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish.
Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi.
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi.
Markazlashtirilmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash engillashadi, xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi. Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi.
Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda Respublikamizda barcha statistika organlari mikro EHMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar yordamida olib boriladi.



Download 19,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti