Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Xalq xo`jaligini tarmoqlarga bo`lish, aholini sinflarga bo`lib o`rganish, qishloq xo`jaligini jamoa va ijara, shaxsiy xo`jaliklar miqyosida o`rganishlar tipologik guruhlashlarga misol bo`la oladi.
Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo`lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam tarkibi o`rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsik tarkibi, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |