Mavzu: Rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimi Reja : Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim— tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari



Download 1,18 Mb.
Sana28.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#589454
Bog'liq
kurs ishi boyboyova


7- Mavzu: Rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimi

Reja :

1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim— tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari.

2. AQShda ta’lim tizimining tuzili va o’ziga xos xususiyatlari.

3. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustakil. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o’zaro uygunlik masalalari.
4. Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi.

Tayanch iboralar: AQSh ta’lim tizimi, Xorijiy davlatlarda ta’lim, o’zaro uygunlik masalalari.

1. Jaxonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.


Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilғor pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina makolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy institutida bir qator kafedralar ish bilan shuғullanmoqdalar.
Chet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif kilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQShning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalkaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamғarmasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. Sh.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablaғ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to’q’risidagi g‘amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun ham AQShning sobiq Prezidenti R. Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shuғullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQShda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
80 - yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AKShdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik ғoyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv Dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora tuliqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmokda.
Fransiya boshlanғich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat, ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo’linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’quv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya» ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buok Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’quv dasguridagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirishdi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida q foiz o’quv soatlari ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. O’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlanғich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uch tabaqaga ajratib o’qitishnn afzal ko’radilar. Bular quyidagilar :
1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’quvchilar.
2. Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’quvchilar.
3. Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmokda.
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSh va Ғarbiy Yevropada o’zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 - yillarda AQSh o’quvchilarinig 50 - yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Fransiyada har uch litseychidan biri bu salbiy holatni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSh da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari ham safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi.
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarining ko’pchiliida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmokda. Ular o’quvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi Ғarbda 60 - yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar boғchalari ochilgan bo’lib, ularda 4-5 yoshli o’quvchilar maktab dasturida o’qitiladilar. AQShda «Merit» dasturi asosida har yil yuqori sinflar va kolleljlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular o’rtasida test sinovlari o’tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart - sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.
Lekin iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayotir.
70 - yillarda AQSh da kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg‘ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarni - har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish.
- o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.
- tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
- Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.
- Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini kayta tashkil etish.
- Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’quv muassasalarini (ham, talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.
- Yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarini ta’limdagi salmoqni oshirish, o’qituvchilar korpusida kompyuter ta’limini yo’lga qo’yish.
- Pedagogik ғoyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment — tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qo’llash yosh, mustaqil Resublikamizda o’quv — tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.
2. AQShda ta’lim tizimini tuzilishi va o’ziga xos xususiyatlari. Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilish quyidagicha:
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
- 1- 8 - sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
-9 - 12- sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSh da majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga xech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat boғchalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar boғchalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yonlash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlanғich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan - sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik darajasiga boglik. Boshlanғich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar, shovlar va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi vayuqori bosqilardan iborat. 9 - sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. Urta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb - kor asoslari berib boriladi.
1 - kasb-xunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat ta’limi, 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bookichda amalga oshiriladi.
1- kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirish mumkin, bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 - bosqich aspirantura, doktorantura. Maktablarda, ta’lim televidiniyasi, elektron til laboratoriyasi, vidioapparatura, kompyuter va hokozolarni qo’llash yo’lga qo’yilgan. Maktablar ta’til va­qtida ham ishlab turadi. To’garaklar, kayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo’nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish, 2 - talabaning mustakil ishlashini amalga oshirish. O’qituvchi yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intilektini mashq qildirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSh o’rta maktablarida o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarida bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda: qishloq xo’jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat, qurilish bo’yicha hunar, kasb~kor asoslari o’rgatiladi.
AQShda xar bir o’quvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida hujjat topshirgan o’quvchilar yuqori o’rta maktabning so’ngi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o’tkaziladi. O’g‘il - qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.
Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), ta’lim televidiniyasi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi.
Turli yo’nalishdagi asosiy maksadlar belgilangan mazkur dasgurda 2000 yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo’lishi, o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jaxonga o’z shktidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o’zlashtirishda jahonda eng oldingi o’rinlariga chiqishlari; xar bir voyaga yetmagan amerikalikning idtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish, o’qish uchun barcha shart - sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan.
Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.
Oliy o’quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha AQSh jaxon mamlakatlari orasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi, Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablaғning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, konsern, sindikatlardan undiriladi, kolganlarini oliy o’quv yurtlarining manbalarlari tashkil qilindi.
3. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o’zaro uyғunlik.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim – tarbiya va maktab haqida yuqorida bayon qilingan eng yaxshi tajribalarni o’z ta’lim tizimimizda joriy qilish Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin boshlandi.
Bu sohda bizga YuNISEF, YuNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, xorikiy davlatlarning O’zbekisgondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar. Respublikamizdagi ta’lim muassasalari ta’limni takomillashtirish bo’yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar.
RespublikamIZ Oliy majlisining 1 - chakiriq 1X-sesiyasida - ta’limga oid ikki muhim xujjat — «Ta’lim to’g‘risida»gi Qonun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nyang qabul qilinishi mmamlakat ta’limini jahon andozalariga, rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab saviyasiga olib chiqishda ulkan vokea bo’ldi.
Bizning maktabimiz jaxonda eng ilgor maktablar bo’lib qolishiga Respublika rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim tizimlarimiz ham jaxonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu tufayli ham AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar va mulokotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yukori baxo berildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi kunda eng muhim vazifa - mustakil O’zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilғr jixatlarni o’zlashtirish, yangi - yangi samarali o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari darajasiga olib chikishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi ilғor tajribalarni ta’lim tizimimizda qo’llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunonchi :
Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
a) bolani o’z kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
b) o’quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chikarish uchun kurash;
v) bolani kamsitmaslik, insoniy kadriyatlarni va ғururini yerga urmaslik;
g) o’quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo’naltirish;
d) Vataniga faxr va iftixor ruxida tarbiyalash va x.k
Yaponiya ta’limidagi:
a) bolyani maktabga puxta tayyorlash
b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
v) o’quvchilarni nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan e’tibor;
g) o’qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
d) yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi:
a) tabaqalashtirib o’kitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
b) o’quvchilarning mehnat, ta’limini mustahkamlash;
v) kasbga yo’naltirish.
Fransiya ta’limidagi:
a) maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish;
b) boshlanғich ta’limni uch boskichda puxta amalga oshirish;
v) o’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayottan katta e’tibor;
g) o’quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko’chsa, bizning pedagogakamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo’lar edi.
Albatta, ta’limga xar qanday yangilik, o’zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. «Zo’rlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib kolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadkshkotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib yonadigan bo’lmasa, «o’z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, balki mei davlat ravnaqi uchun nima qildim» degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak.

Anbar otin (1870-1915) o’zbek shoirasi va ma’rifatparvari, o’zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. U 1870 yil Qo’qonda farmonqul degan ilғor kishi oilasida tuғilgan. Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni o’rganadi, she’rlar yozadi. So’ng o’zi xam darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she’r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil kilish qoidalarini o’rgatadi. Uning butun hayoti sheriyat bilan boғliq. Ularda ma’rifiy ғoyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma’rifatgina shaxs erkinligini shakllantirishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul maktablarini ochish haqidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon xam tuzgan. Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o’zida mujassamlashtirgan asari - «Qarolar falsafasi»dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira o’zining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi.


Maxmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada o’kiydi. Lekin bitirmasdan mehnat faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayoxat kiladi. 1903-1904 yillari o’zbek va tojik tillarida «Muntaxabi jo’g‘rofiya» («Qisqacha umumiy geografiya») asarini, yangi usul maktablari uchun «Kitob ul-atfol» («Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom»(«Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom», «Aholi jo’g‘rofiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi»ni yozadi. Shakuriyning qishloғidagi yangi usul maktabini 1908 yil Samarqandga-o’z hovlisiga ko’chirib keladi. «Bexbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, darsliklar, «Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi»ni bosib chiqaradi. «Samarqand» gazetasi, «Oyina» jurnalini nashr etadi.


U xalqni ilm — ma’rifatni egallashga chakiradi, ayollarning ilm olish kerakligini ilgari suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni o’qitishni targ‘ib qiladi.
Bexbudiy 1918 yil «Musulmon ishchi va dehqon sho’rosi»ning maorif komissari qilib tayinlanadi. Shundan so’ng o’quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o’qituvchnlar kurslarini ochish ishlariga katnashadi, o’zi «Yangi xisob» darsligini tuzib nashr etadi.
1918 yil Toshkentga kelib, Turkistonda davlat tili haqidagi Dekret, milliy ishlar xalq komissarligining Nizomi loyixhalarini tayyorlovchi komissiyalar ishida qatnashadi. 1919 yil Buxoro amiri amaldorlari tomonidan Shaxrisabzda qamoqqa olinib qarshi shahrida qatl kilinadi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta‘lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi. Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi” (O’sha manba, 43-b).
“Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta‘lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta‘lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo’yishni anglatadi.
Muhammadi Rasululohning muborak xadislarida: “Beshikdan qabrgacha ilm izla!”, - deyilgan. Demak, buyuk ajdodlarimiz ham barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasi uzluksiz bo’lishi lozim deb hisoblashgan (Imom Ismoil Buxoriy. Hadis. 1- kitob. Toshkent, “Meros”, 1991. ....-b.)
Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta‘lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta‘sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta‘lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o’z ichiga oladi. Binobarin, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi va muallifi; davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy hodisa, kafolatchilar; uzluksiz ta‘lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi, ta‘lim turlari va standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini o’z ichiga oladi; fan – yuksak soviyali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi kuch; ishlab chiqarish - kadrlar tayyorlashga, ularning sifatiga qo’yiladigan talablar buyurtmachisidir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi
2 Reja: 1.AQSH va Yaponiyada ta’lim tizimi. 2.Janubiy Koreyada va Fransiyada ta’lim tizimi. 3.Germaniyada ta’lim tizimi.
3 22. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan: 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o’z ichiga oladi. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat. Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo’ladi. Mazkur Yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.
4 Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o’qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam bo’ldai. SHaxsiy maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.
5 Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo’ladi: SAT (Sxolastik aptityud test); AKT (Amerikan kollej test) sinovlari. SAT sinovlari murakkabroq bo’ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo’ladi. Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o’quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo’llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o’quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O’zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro’yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo’lajak olimlarga qaratishdir.
6 Yaponiyada ta’lim tizimi Majburiy ta’lim. Ta’limning pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlang’ich ta’lim va 3 yillik kichik o’rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo’lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlari mavjud. O’quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o’qiydilar. Yaponiyada o’quv yili 240 kun (AQSH 180). O’quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o’tiladi.
7 Dorilfununlarga katta o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo’lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda o’tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar. Bu sinovlardan o’tgan o’quvchilar universitetlarga yo’llanma oladilar va yana sinovdan o’tadilar. Xususiy universitetlarga esa to’g’ridan-to’g’ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o’zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog’chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o’qish muddatini cho’zish mumkin (4 yillik o’qish 5-6 yilgacha cho’zilib ketishi mumkin).
8 KOLLEJLAR: 1-kichik kollej;2-texnik kollej 3-maxsus kollejlarga bo’linadi. Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.
9 Janubiy Koreyada ta’lim tizimi Mamlakatda oliy o’quv yurtlarining ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Koreyada 104 ta oliy o’quv yurti bor, ularning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o’quv yurtlarida o’qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktablarni bitiruvchilarning 40 foizi o’qishga kiradi. Talabalar soni bo’yicha Koreya dunyoda birinchi o’rinda turadi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muammolar bor. Talab ehtiyojni qondira olmayapti. SHuning uchun 1982 yilda maktabgacha tarbiya haqida qonun qabul qilindi. Bu yerda tarbiyaga bolalar bog’chasida asos solinishini yaxshi tushunishadi. SHu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi kattadir. Boshlang’ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshlilar kelishadi) sinflarning tig’izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o’qiydi. Dars nagruzkalari ham ko’proq. Lekin o’yinlar dam olish o’quv dasturiga kiritilgan. SHuning uchun dam olishga imkoniyat bor.
10 Boshlang’ich maktabda dars 40 minut davom etadi. O’rta maktabda esa darslar 45 minut. Oliy maktabda darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga to’xtalib o’tish zarur. Oliy maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshirib kiriladi, o’qishlar pullik. Boshlang’ich maktabda 9 ta fan o’qitiladi. Koreys tilini o’rganishga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o’qitiladi. O’rta maktabda fanlar yana 4 taga ko’paytirilgan. 7- sinfdan boshlab chet tillar o’rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga e’tibor kuchli. Ko’pchilik bu tilda bemalol gaplasha oladi. CHet tillarni o’qitishga haftasiga 4—5 soat ajratilgan. Koreyslar yana bir tilni — klassik xitoy tilini majburiy ravishda o’rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi o’rganiladi.
11 Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45 foizi bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari yetishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari o’zlashtiriladi. SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta’lim haqidagi qonun talablaridan biri shudir. Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. So’nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko’rsatgan.
12 Fransiyada ta’lim tizimi Frantsiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o’zgartirishlar kiritilgan. Frantsiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo’ldi.
13 Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda: Davlat maktablari;Xususiy maktablar; Oraliq maktablari mavjud.
14 Fransiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o’rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo’lib, ularga Frantsiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda.
15 Boshlang’ich sinflarda o’qish uch bosqichda amalga oshiriladi: Tayyorlov bosqichi; Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); Chuqurlashtirilgan bosqich.
16 Dasturlarda o’quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohida-alohida talablar qo’yiladi. 1990 yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi. Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: Ikkinchi turkum: Uchinchi turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom etadi. o’qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi. o’qish 1—2 yil davom etadi.
17 Bu siklda:
18 Germaniyada ta’lim tizimi Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham bor.
19 Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki printsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor- o’qituvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq- ovqat harajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.
20 Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. CHerkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangelь cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferentsiyalar tashkil etadi.
21Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilьgelьm fon Gumbolьdt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy printsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. SHu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
XIX asrning 2 -yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi” mavzusi yuzasidan savol-javob 1. M. V. Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o’rni qanday? 2. L. N. Tolstoyning pedagogik qarashlariga o’z fikringizni bildiring. 3. K. D. Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosini baholang.

HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI Reja: 1. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. 2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. 3. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar. 4. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari. Asosiy tushunchalar: ta’lim tizimi, integratsiya, model, loyiha, Xalqaro loyihalar.


1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi; 4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim. Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi.

Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin: Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy Yevropani keltirish mumkin. Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida Osiyo. Tinch okeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.

Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar Lotin Amerikasi davlatlaridir. Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2, 1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2, 4 yil, Gveniyada – 2, 7 yil, Jibutida – 3, 4 yil. XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og’ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa davlatlari kiradi.

2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, yaponlarda “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli” gina bo’lib qolmay, “u insonlarni barkamollashtiradi”, degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan. Ta’limga g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilarning hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun ham AQShning sobiq Prezidenti R. Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M. Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F. Mitteran maktabni “Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan.

AQSh ta’lim tizimi Yaponiya ta’lim tizimi va uning o’ziga xosliklari. Germaniya ta’lim tizimi.

3. Ta’lim modellari



Amerika modeli: kichik o’rta maktab → katta o’rta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura. Fransiya modeli: onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura. Germaniya modeli: umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → doktorantura. Angliya modeli: birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab → kollej → universitet, magistratura, doktorantura. Rossiya modeli: umumta’lim maktabi → to’liq o’rta maktab, gimnaziya va litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → magistratura → doktorantura. Qozog’iston modeli: to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.

XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendentsiyalar ajratib ko’rsatildi: 1) ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi; 2) shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim olishi); 3) ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pulli-shartnoma asosida tahsil olish);

4) xilma-xil qiziqish va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining ortib borishi; 5) ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi; 6) oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining o’zgarishi; 7) ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash; 8) rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy obyektga aylanishi; 9) ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash; 10) “o’rtacha o’zlashtirish”ga yo’nalganlikdan, har bir o’quvchining o’ziga xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi; 11) rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun qo’shimcha resurslarni izlab topish.

4. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari. Jahon ta’limi muammolarini hal etishda turli ta’lim tizimlari ishtiroki zaruriyatini talab etadigan yirik xalqaro dastur va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilar kiradi: • ERAZMUS – maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarinin mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda o’qishga borishlari kerak). • LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o’rganish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.

• EVRIKA – ushbu loyihaning maqsadi Sharqiy Yevropa davlatlari bilan amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarni uyg’g’unlashtirish. • ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab etuvchi loyiha. • EIPDAS — arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur. • TEMPUS – Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturi. • IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishgga yo’naltirilgan loyihalar tizimi.


Topshiriq. “Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi” mavzusidagi kontseptual jadvalni to’ldiring. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlar Amerika Qo’shma Shtatlari Germaniya Yaponiya Ta’lim tizimi Maktabgacha Umumiy o’rta O’rta maxsus ta’lim Oliy ta’lim
Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish