Reja: - 1.Qadimgi Rim tarixi manbalari va tarixnavisligi.
- 2. Rim tarixini davrlashtirish.
- 3. Italiyaning geografik o’rni va
- tabiiy sharoitlari. Aholisi.
- 4. Qadimgi Etrusklar. Ularning ijtimoiy tuzumi va madaniyati.
I.Qadimgi Rim tarixi manbalari va tarixnavisligi. - Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi 753- yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining qulashi 476- yil bilan tugallanadi.
- Rim tarixini o’rganishda turli xil manbalar:
- Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Manbalari - Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
- Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etdi.
- Rim respublikasini so’ngi davridagi yirik siyosiy arboblar Sitseron va Sezarning asarlari.
- ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi.
- eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.
- Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ” nomli 20 kitoblik Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442-yilgacha bo’lgan voqealar bayon qilinadi.
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. - Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
- II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi to’plamlarni ko’rsatish mumkin.
- So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378 yiligacha bayon qilingan.
- Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.
- Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |