Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. - Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz.
Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lingan - Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya),
- O’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy)
- Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).
Aterna daryosining so’l qirg’og’ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha mamlakatni shimoli-g’arbidagi ligurlar eng qadimgi tub joy aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy g’arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Er. avv. I ming yillikda yarim orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo’lgan italiklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi. - Aterna daryosining so’l qirg’og’ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha mamlakatni shimoli-g’arbidagi ligurlar eng qadimgi tub joy aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy g’arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Er. avv. I ming yillikda yarim orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo’lgan italiklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |