Mavzu: parmalash dastgohlarini tipik detallarini ishlab chiqarish



Download 400,08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2022
Hajmi400,08 Kb.
#561760
Bog'liq
8-amaliy mashgulot



8-AMALIY MASHG‘ULOT 
MAVZU: PARMALASH DASTGOHLARINI TIPIK DETALLARINI 
ISHLAB CHIQARISH. 
1.
 
Umumiy ma’lumotlar 
1.1.
Ishdan maqsad: 
Parmalash dastgohlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan tipik detal turlarini va 
tuzilishini o‘rganish. 
2. KERAKLI MA’LUMOTLAR VA KO‘RSATMALAR 
Parmalash dastgohlari metallarda teshiklarni hosil qilishda hamda oldindan 
hosil qilingan teshiklarga mexanik ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Parmalash 
dastgohlarida asosan parmalash, yo‘nib kengaytirish, zenkerlash, razvyortkalash
zenkovkalash va sekovkalash texnologik jarayonlari bajariladi. 
Parmalash dastgohlari tipik detallari turlariga staninalar, yo‘naltiruvchilar, 
vallar va o‘qlar, vallar va o‘qlar tayachlari, mexanik uzatmalar, muftalar va boshqa 
detallar yoki mexanizmlar misol bo‘la oladi.
Stanina – metall qirquvchi dastgohlarning asosiy detallaridan biridir. 
Staninalar dastgoh tanasiga biriktirilib, bir nechta uzellarni biriktirishga xizmat 
qiladi.
Staninaga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
• 
bikrlik – kuch yuklanishlarining ta’siri ostida deformatsiyaga qarshi tura 
olish qobiliyati; 
• 
turg‘unlik – o‘z vaziflarini bajarishda uchraydigan turli titrashlarda o‘z 
holatini yo‘qotmasdan ishlash qobiliyati; 
• 
mustahkamlik – tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasda ishlash qobiliyati; 
• 
texnologiklik – ishlab chiqarishning tannarxi arzonligi, ekspluatatsiya qilishi 
qulayligi va ta’mirbopligi. 


9.1-rasm. 
Vertikal 
parmalash 
dastgohi umumiy ko‘rinishi 
Yo‘naltiruvchi – dastgohlarda ikkita ilashuvchi yuzalarning bir-biriga 
birlashtirish, dastgoh qismlarini to‘g‘ri va aylana chiziq bo‘ylab harakatlantirib 
beruvchi dastgohning bir qismidir. 
Yo‘naltiruvchilarni tayyorlashda quyidagi talablar qo‘yiladi: 
• 
Yuqori geometrik aniqlik; 
• 
Yuqori bikrlik; 
• 
Yuqori eyilishga chidamlilik; 
• 
Ishlash davomida kichik kuchlar ta’sirida o‘z holatini yo‘qotmaslik. 
Yo‘naltiruvchilar ishlash turlariga qarab sirpanuvchi yo‘naltiruvchilar va 
dumalab ishlovchi yo‘naltiruvchilarga bo‘linadi.
Sirpanuvchi yo‘naltiruvchilar - moy yoki moylovchi suyuqliklar yordamida 
ishqalanib ishlovchi yo‘naltiruvchilardir.
Dumalovchi yo‘naltiruvchilar – roliklar va shariklar yordamida dumalab 
ishlovchi yshnaltiruvchilardir. 


9.2-rasm. Sirpanuvchi yo‘naltirgichlar. 
a-to‘g‘ri burchakli; b,v-uchburchakli (nosimmetrik va simmetrik); g-qaldirg‘och 
dumli; d-silindrik; e-ochiq; j-yopiq 
9.3-rasm. Dumalovchi yo‘naltirgichlar. 
Vallar va o‘qlar. 
O‘q – mashina va mexanizmlarda aylanuvchi qismlarni tutib turuvchi, faqat 
egilishga ishlovchi silindrik detaldir. O‘qlar ishlash turiga qarab aylanuvchi va 
qo‘zg‘almas turlarga bo‘linadi.
Val – shkiv, tishli g‘ildirak va shu kabi aylanuvchi detallarning burovchi 
momentlarini uzatib berishga hizmat qiluvchi silindrik detaldir. Vallar mashina va 


mexanizmlarga podshipniklar yordamida tayanchlarga o‘rnatiladi. 
Vallar qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1.
Uzatuvchi vallar – tishli g‘ildirak, shkiv, yulduzcha, mufta shu kabi 
detallarda harakatni uzatishga xizmat qiladi. 
2.
Tirsakli vallar – mashinalarda harkatni uzatuvchi va asosiy detal bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Vallar tuzilishi va o‘qining geometrik joylashuviga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi.
1.
To‘g‘ri vallar (to‘g‘ri yoki pog‘onali; 9.4.a,b-rasm) 
2.
Tirsakli vallar (9.4.v-rasm) 
3.
Egilgan vallar (o‘q shaklining o‘zgarishi bilan).
9.4-rasm. Vallarning turlari. a-tekis; b-pog‘onali; v-tirsakli 

Download 400,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish