1
MAVZU:
O'ZBEKISTONDA DONLI EKINLAR YETISHTRISHNING
MINTAQVIY XUSUSIYATLARI
Reja:
KIRISH……………………………………………………………………….…2-4
I. BOB O’ZBEKISTON DONLI EKINLAR GEOGRAFIYASI……….…..5-12
1.1. O’zbekistonda tarqalgan donli ekinlar………………………………….….5-12
1.2. Tog’ va tog’ oldi hududlarida tarqalgan donli ekinlar………………….…13-17
1.3. Respublikada donli ekinlarning iqtisoslashgan tarmoqlari……………...…13-17
II. BOB O’ZBEKISTONDA DONLI EKINLARNING ISTIQBOLLARI
..18-22
2.1. Yurtimizda eng ko’p tarqalgan donli ekinlar……………………………..18-22
2.2. Istiqbolli tarmoqlarni aniqlash va ularni rivojlanatirish………………..…23-24
2.3. O’zbekistonda donchilik va donli ekinlar rivojlantirishda
amalga oshirilgan
ishlar va islohatlar……………………………………………………….……25-27
XULOSA. VA TAKLIFLAR…………………………………………..…...28-30
FODALANADIGAN ADABIYOTLAR…………………………….…….30-31
ILOVLAR……………
……………………………………………….…….32-34
2
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi
:
Don ekinlari, donli ekinlar —
don uchun
ekiladigan ent muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning
asosiy oziq-ovqat mahsuloti; sanoatning koʻpgina tarmoklari uchun xom ashyo,
shuningdek, chorva mollari uchun yem. Donining tarkibi va mahsuloti isteʼmol
qilinishi jihatdan gʻalladoshlarga mansub gʻalla ekinlari (bugʻdoy, javdar, arpa,
iyuli, suli, makkajoʻxori, joʻxori va boshqalar), shu
jumladan yormabop ekinlar
(tariq, joʻxori va marjumak va boshqalar), dukkakdoshlarga mansub dukkakli don
ekinlari (loviya, noʻxat, soya, vika va boshqalar) boʻlinadi. Don ekinlari ichida gʻalla
ekinlari yetakchi rol oʻynaydi. Botanik shakli xilma-xilligiga karamay, ular kupgina
umumiy morfologik xususiyatlarga ega. Poyasi — havol poxolpoya (bugʻdoy, sholi,
suli) yoki yumshoq toʻqimalar bilan toʻlgan (makkajoʻxori, joʻxori). Bargi qin
hamda tasmasimon shakldagi barg plastinkasidan iborat. Qinning barg plastinkasi
bilan tutash joyida ingichka tilcha boʻlib, u poxolpoya bilan tutashgan boʻladi.
Tilchaning har ikkala tomonida quloqchalar joylashadi, ammo ayrim gʻalla ekinlari
(suli, sholi) da quloqchalar boʻlmaydi. Toʻpguli boshoq (bugʻdoy, javdar, arpa) yoki
roʻvak (suli, tariq, sholi, joʻxori). Gʻalla ekinlari toʻpguli bir qancha boshoqlardan
tashkil topadi, ular boshoq doʻngchalarida yoki roʻvakning markaziy va yon
shoxchalarida joylashadi.
Gullari ikki jinsli, makkajoʻxorida ayrim jinsli. Mevasi
doncha. Gʻalla ekinlari doni tarkibida uglevodlar (quruq moddaga nisbatan 60—
80%), oqsil (quruq moddaga nisbatan 7—20%), fermentlar, vitaminlar V,, RR va
provitamin A kup. Vegetatsiya davriga qarab Don ekinlari
kuzgi hamda bahorgi
(ertagi va kechki) ga boʻlinadi.
Don ekinlari dunyoning dehqonchilik qilinadigan jami mintaqalarida
tarqalgan. Uning jan. va shim. tarqalish chegaralari dehqonchilik chegaralari bilan
mos keladi. Bugʻdoy barcha qitʼalarda ekiladi, sholi Osiyoda, makkajoʻxori
Shimoliy
Amerikada, javdar Yevropada, suli Shimoliy Amerikada va Yevropada,
tariq va sorgo Osiyo va Afrikada eng kup maydonlarni egallaydi. Jahon boʻyicha
Don ekinlarining jami maydoni 679983 ming ga, yalpi hosil 2064178 ming t,
3
xreildorlik 30,3 s/ga ni tashkil etadi. Jumladan, bugʻdoy 215272 ming ga, yalpi xreil
583624 ming t, hosildorlik 27,1 s/ga, makkajoʻxori 139214 ming ga,
yalpi hosil
600418 ming t, xreildorlik 43,13 s/ga, arpa 56410 ming ga, yalpi hosil 130064 ming
t, hosildorlik 23,06 s/ga, sholi 155128 ming ga, yalpi hosil 596485 ming t,
hosildorlik 38,4 s/ga (1999). Oʻzbekistonning sugʻoriladigan sharoitida 20-asrning
90-yillaridan boshlab Don ekinlari dan bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi gʻoʻza-
gʻalla-beda almashlab ekishda asosiy ekin sifatida ekiladi. Respublikada don
ekinlari maydoni 1611,9 ming ga, shu jumladan bugʻdoy 1354,8 ming ga, sholi
129,8 ming ga maydonga ekildi (2000).
Yalpi xreil jami don ekinlari boʻyicha 3915,7 ming t, hosildorlik 26,9 s/ga,
shu jumladan bugʻdoy boʻyicha tegishlicha 3521,7 ming t, 27,5 s/ga, sholi — 154,8
ming t, 23,9 s/ga, makkajoʻxori (don uchun) — 131,4 ming t, 31,6 s/ga boʻldi. Don
ekinlari oʻtmishdoshi gʻoʻza va unga yoʻldosh ekinlar hisoblanadi. Sugʻorish
sharoitida Don ekinlari dan yuqori hosil olishning asosiy shartlari: serhosil navlarni
ekish, oʻgʻitni ilmiy asoslangan meʼyorda solish, oʻz vaqtida sugʻorish,
begona
oʻtlarni yoʻqotish, oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish,
almashib ekish qoidalariga rioya qilish. Oʻzbekistonda Don ekinlarini yetishtirish
boʻyicha asosiy ishlar (tuproqqa ishlov berish, ekish, hosilni yigʻib
olish va
boshqalar) toʻla mexanizatsiyalashgan.