Mavzu: nutq madaniyati va adabiy me’yor



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.05.2023
Hajmi0,77 Mb.
#941585
  1   2   3
Bog'liq
nutq madaniyati



Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat
Pedagogika Universitutining Sirtqi bo’limi
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 509-guruh 
talabasi Meliyeva Durdonaning TF 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining nutq
madaniyati fanidan tayyorlagan taqdimoti
MAVZU: NUTQ MADANIYATI VA ADABIY ME’YOR


NUTQ MADANIYATI VA ADABIY ME’YOR
REJA:

1.Me’yor tushunchasi.

2.O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari.

3.Nutq jarayonida me’yorning buzilishi va ularni tuzatish yo’llari.

4.O’zbek tilining hozirgi me’yoriy holati uning madaniylik
mezoni ekanligi.




Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq
jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat
ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni
o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal
qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik
dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, 
uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga
olmaslik ham aslo mumkin bo’lmagan.

Demak me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar
davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi
an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy
jarayondir.

Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til
madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor
masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas



Afsuski, tildagi me’yoriy
muammolarni
, qiyinchiliklarni qisqa muddatlar ichida hal
qilishning imkoni yo’q. Agar buning aksini aytsak, tilimizning amalda bo’lish
qonunlariga, bugungi real ijtimoiy hayotimizga zid fikr bo’lishi mumkin edi. Bir
tarixiy holatni eslaylik. 1989 yilda «O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida» 
qabul qilingan Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq
etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va
tezlikda bajarishning imkoni bo’lmadi. O’sha paytda qonuniy bo’lmasa-da, 
amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o’zbek millatiga mansub
kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham 
bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi
ana shunday tabiiy to’siqlardan bo’lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat
muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli darajadagi
anjumanlarni o’tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o’z
kuchini saqlab turdi. To’g’risini aytganda, oradan o’n to’rt yildan ortiq vaqt o’tsa
ham bu nuqsonlardan to’laligicha qutila olgan emasmiz. O’zbek tilidan
foydalanishdagi qiyinchiliklarning ko’plari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid
masalalarning bosqichma-bosqich hal bo’lib borayotganini ham kuzatamiz. 
Harqalay o’tgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani
isbotladi - til me’yoriy muammolarining ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga
ham bog’liqligi ma’lum bo’ldi.




Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari
tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. 
Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum - tilning amalda bo’lish holatlariga tazyiq
o’tkazib bo’lmaydi. Lekin tegishli yo’l-yo’riqlar, ko’rsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi
zarur.

Ammo o’zbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar
darajasida emas. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish uchun adabiy til me’yorini
belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shug’ullanishimiz kerak. Xo’sh, me’yorni
belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til
elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi tahlil qilinadi, 
lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yo’llari
tavsiya qilinadi. Ma’lum ma’noda bu ham ularning me’yorni belgilash va til
birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir.

Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar o’zlarining to’g’ri maslahatlarini, tavsiyalarini
berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari ko’p, 
albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, 
har bir til elementining me’yor holiga kelgunicha ma’lum vaqt o’tishi ham lozim bo’lib
qoladi.



Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so’zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, 
bu qoidalarni lug’atlar
shaklida mustahkamlash
, har bir sohada, jumladan huquq
sohasida ham tildan foydalanish me’yorlarini belgilash bugunning dolzarb
vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yanada
yuksaltirish masalasi ham muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol g’oyasi
yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga
aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, yangicha fikrlashga o’rgatishni maqsad qilib qo’yar
ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo’lmaydi.

Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo’lgan bir qolipga
keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati sohasining
xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu sohaning
tadqiqot obyekti bo’lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda
keltirilgan til birliklarining nutqda qo’llanish shart- sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy
jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham 
qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning
eng ma’qul yo’llari ko’rsatib turiladi. «Nutq madaniyati keng miqyosidagi til tarbiyasini
va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so’zlovchi va yozuvchi omma
orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o’z oldiga vazifa
qilib qo’yadi»
5
.




Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o’rtasida 
kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularning o’rniga 
kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular 
teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi bilangina o’rnini bo’shatib 
berishi mumkin.

Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi me’yoriy 
ko’rinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O’zbek milliy 
adabiy tili garchi umumxalq tilidan o’sib chiqqan bo’lsa ham, unda mavjud bo’lgan 
dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so’zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan 
ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o’zbek tilida uchraydigan barcha 
elementlarni o’z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo’ladi. Adabiy til esa undan 
o’zbek millati uchun tushunarli bo’lgan va foydalanishda qulay deb topilgan 
variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya 
etadi.



Garchi umumxalq tilining hamma ko’rinishlarida, barcha til jamoalarida o’ziga xos
tarzda amal qiladigan me’yorlar mavjud bo’lsa ham kodifikasiyalashtirilgan, ya’ni
ma’lum qoidalarga kiritilgan me’yorlar faqat adabiy tilga xos xususiyatdir. «Faqat
adabiy tildagina, - deydi V.A. Iskovich, - qanday gapirish va qanday gapirmaslik; 
me’yoriy grammatikalarda, lug’atlarda, ma’lumotnomalarda qayd etilgan; 
maktablarda o’rganiladigan qoida va ko’rsatmalar amal qiladi»
6
. Shuning uchun
ham adabiy tilning umumxalq tilidan farq qiluvchi tomoni unda yagona me’yorning
qat’iy amal qilishi hisoblanadi.

Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi
xalq hisoblansa ham
, uning taraqqiyotida
olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, 
huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati
ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. 
Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va
jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli
tilshunoslikning ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha qat’iy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz
rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv
va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi ko’pgina
munozarali masalalar o’zining nazariy asosiga qo’yildi.



Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham 
alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa
ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. 
Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. Yaratilgan birliklar o’sha matnning
o’zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan o’rin olmasligi, bir so’z
bilan aytganda, tilda me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishini sharoit, 
vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.

Ammo bir narsa ravshanki, bu birliklar o’zi qo’llangan matnda badiiyat uchun, 
obrazli tasvir va ifoda uchun xizmat qiladi. Shunday ekan ularni bir uslub doirasida
me’yoriy deb hisoblashga asosimiz bo’ladi. Adabiy asarlardan namunalar
keltiramiz:

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish