Mavzu: nutq madaniyati va adabiy me’yor



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.05.2023
Hajmi0,77 Mb.
#941585
1   2   3
Bog'liq
nutq madaniyati

Shovillaydi tun bo’yi shamol. Qaldirg’ochlar uchun l a r z a k o 
r
(A.Oripov. Shovilladi tun.),
Lekin faqirga eng ulug’ tuyulgan fazilatlari - Hazrat
Mirning i s t ye ‘ d o d sh u n o s l i k l a r i - yu, z a k o v a t p a r v a r l i k l a r i
edi
(P.Qodirov. Yulduzli tunlar),
Ammo samo o’g’li ya sh i n v o r, Tashlanmasdan
ohuga yovqur, Changalidan ketgandi mador, Ko’zlarida so’ngan edi nur
(O. 
Matjon. Aks-sado) kabi.




Rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o’zimiz sezmagan holda
o’z so’zlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik.
O’nta sigir, o’nta
qo’y
deyish mumkin bo’lgani holda
o’n bosh qo’y, o’n bosh sigir, o’n bosh 
qoramol
deb ishlata boshladik. Bu ruscha matnlardagi «desyat golov oves», «desyat
golov korova» degan birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib
yetdikki, tilimizdagi oddiy
sovliq, qora mol, uloq
so’zlarini unuta boshladik. Ularni rus
tilidan kalkalab,
ona qo’y (ovsematok), ona tovuq, ona cho’chqa, ona quyon, ona
biya, yirik shoxli qoramol (krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy 
skot)
tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo’ldiki, oddiy o’zbek
chorvadorlarimizning, cho’ponu molboqarlarimizning o’zlari ham gazeta yoki
radiodan muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan bo’ldilar.

O’zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me’yorlashish sabablarini shu tarzda
anglaydigan bo’lsak, uning lug’at tarkibidagi grekcha- yunoncha, mo’g’ulcha, 
ayniqsa, arabcha so’zlarining paydo bo’lish omillarini ham to’g’ri tushunamiz. 
Xayriyatki, mustaqilligimizni qo’lga kiritib, biz bu kamchiliklardan qutuldik. Hyech
bo’lmaganda, asta-sekinlik bilan qutulib borayapmiz. Buni yuqorida tanqid
qilganimiz chorvachilik sohasida atamalar ishlatishdagi o’zgarishlarda ham 
kuzatamiz. Masalan, Samarqand qishloq xo’jalik institutining 70 yilligiga bag’ishlab
nashr etilgan «Qishloq xo’jalik korxonalari rahbarlari va fermerlar uchun amaliy
qo’llanma va tavsiyalar» (Samarqand, 1999) kitobining «Chorvachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limida yuqorida keltirilgan atamalar
o’rnida
qoramol, sigir, buzoq, tana, g’unajin, buqa, qo’y, qo’chqor, sovliq, qo’zi, 
echki, uloq
so’zlari qo’llanganini kuzatamiz
7
.




Har qanday til me’yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo’lib 
o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi:

Me’yorga nisbatan qo’llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat 
doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan 
tushunchalardir. Shu ma’noda o’zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini 
umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy 
me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.

Shunday qilib, bir tomondan, o’zbek tiliga tegishli bo’lgan barcha me’yorlar yig’indisini 
umumiy me’yor deb tushunamiz.
Ikkinchi tomondan esa
, qo’llanish doirasi 
chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy 
uslublar uchun baravar bo’lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma 
tushunchasi o’zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko’rinishlari, nutq tiplari va 
uslublari uchun mushtarak bo’lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi»
8
.



«O’zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste’moldagi so’zlarning barcha so’z 
turkumlarida uchrashi qayd qilib o’tilgan. Masalan otlarda –
daryo, suv, osmon, yer, 
tosh, tog’, bog’, daraxt, uy, devor, ko’cha, vodiy, sahro, qum
kabi; sifatlarda –
oq, 
qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno
kabi; 
sonlarda –
bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, 
oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million
kabi; olmoshlarda –
u, bu, shu, 
ana, mana, siz, biz
kabi; fe’llarda –
bor, kel, ket, yur, tur, o’tir, uxla, yot, ayt, qo’y, 
o’t
kabi; ravishlarda –
tez, sekin, oz, kam, ko’p
kabi; bog’lovchilarda –
va, ham, 
ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki
kabi; yuklamalarda – -
u, -ku, -da, -yu
kabi; 
undovlarda –
oh, voh, voy, dod, uh, ura
kabi
9
.

Keltirilgan so’zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili doirasida 
qaraladigan lahja va so’zlashuv nutqida ham qo’llanilaveradi. Bu esa ana shu til 
vositalarini bir tilning umumiy me’yorlari qurshovida qarashga asos bo’ladi.

Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, 
yuqorida sanab o’tilgan o’zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy 
tarmoqlarining me’yori xususiy me’yor sanaladi. Xususiy me’yorlarni yanada aniqroq 
tasavvur qiladigan bo’lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o’zbek 
tilida mavjud bo’lgan beshta – rasmiy, ilmiy, ommabop, badiiy, so’zlashuv uslublari 
doirasida amal qiladigan me’yorlarni ham xususiy me’yorlar deb tushunishimizga 
to’g’ri keladi.




Nutq jarayonidagi odat va ko’nikmalarni ana shunday bosqichlar deb tushunsak
to’g’ri bo’ladi. Chunki ma’lum predmet yoki tushunchaning ifodasi, atamasi
bo’lgan birlik tilda paydo bo’lar ekan, undan foydalanishga til vakillari dastlab
o’rganishi, odatlanishi lozim. Bu birliklarni qanday talaffuz qilishdan tortib, u 
anglatgan ma’noni fahmlash, anglab yetishgacha bo’lgan jarayon yuz berishi
kerak. Shunday ekan, kishi ongi va amaliyotida til birligi me’yorlashishining birinchi
bosqichi odatlanish bo’lib hisoblanadi. Bu elementlar tinimsiz, takror-takror
ishlatilaverishi oqibatida jamoa orasida ko’nikma hosil bo’ladi. Ko’nikmalar esa
me’yorlashishni bir qadar mustahkamlaydi, deb bemalol aytish mumkin. Ana 
shuning uchun ham tanlash imkoniyati tilning amalda bo’lishining keyingi
davrlariga – til ham shaklan, ham mazmunan boyigan, adabiylik darajasiga
ko’tarilgan paytlarga to’g’ri keladi.

Ungacha esa til, olimlar ta’biri bilan aytganda, «sodda til», «xom til», «ishlanmagan
til» ko’rinishlarida bo’ladi. Tilning sheva va lahjaviy shakllarini ana shu ko’rinishlar
sifatida baholashimiz mumkin. Shunday qilib, o’zbek adabiy tili me’yorining
quyidagi ko’rinishlari mavjudligini ta’kidlaymiz:

Umumiy tarzda: yozma adabiy til me’yori va og’zaki adabiy til me’yori. Aniq
tarzda: imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy me’yorlar.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish