Mavzu: Kesimlik kategoriyasi



Download 75,12 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi75,12 Kb.
#212698
Bog'liq
kesimlik kategoriyasi

Mavzu:Kesimlik kategoriyasi

Reja: 1.Fe’lning kesimlik kategoriyasi 2.Mayl va zamon kategoriyalarining munosabati. 3.Mayl kategoriyasi 4.Zamon kategoriyasining umumiy ma’nosi va uning shakllari 5.Shaxs va son kategoriyalarining umumiy ma’nosi 6.Shaxs-son kategoriyasi shakllarining mazmuni va qo’llanilishi

Fel asoslariga qo’shilib,gapda kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning munosabat shakllari hisoblanadi.Fe’llarning zamon,shaxs-son,mayl qo’shimchalari munosabat shakllari sanaladi.Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida qo’llaniladi.

Fe’lda ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar,buyruq-istak,shart,maqsad ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllari sanaladi.Harakat-holatning voqelikka munosabatini ko’rsatuvchi grammatik kategoriya mayl kategoriyasi deyiladi. 1.Xabar mayli (ijro mayli) 2.Buyruq-istak mayli 3.Shart mayli

Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini ifodalovchi shakllar zamon shakllari deyiladi. Fe’lda anglashilgan harakat-holatning nutq momentiga munosabati zamon kategoriyasi sanaladi. Fe’l 3ta zamon shakliga ega: 1.O’tgan zamon 2.Hozirgi zamon 3.Kelasi zamon

1.Xabar mayli(ijro mayli) Harakat-holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabarni,darakni bildiruvchi fe’l shakli xabar mayli shakli sanaladi.Bu mayl fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish orqali ifodalanadi.Xabar mayli o’z qo’shimchalariga ega emas. Fe’l asosi+shaxs-son+zamon=xabar mayli Masalan:gulla+gan,o’yna+yap+man

2.Buyruq-istak mayli Harakat-holatning bajarish yoki bajarilmaslik haqidagi buyruq,istak,iltimos,maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak mayli shakli sanaladi.Fe’lning buyruq-istak mayli so’zlovchining harakatni bajarishga buyurishi,qistashi,undashini anglatadi. Buyruq-istak maylidagi fe’llar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1.Sof buyruq:Zudlik bilan idoraga yetib kel 2.Nasihat:Yaxshiga yondash,yomondan qoch. 3.Maslahat:Ahvoling yomon,shifokorga ko’rin. 4.Chaqiriq,da’vat:Yo’l harakati qoidalariga rioya qiling. 5.Iltimos.Meni kuzatib qo’ying 6.Istak,xohish: Bas,endi biroz dam olay.

3.Shart mayli Boshqa bir harakat-holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat holatni,shuningdek,istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shart mayli shakli hisoblanadi.Shart mayli fe’l asosiga –sa qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi.

1.O’tgan zamon Harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin soodir bo’lganini anglatuvchi fe’l shakli o’tgan zamon shakli deyiladi.O’tgan zamon shakllari fe’l asosiga –di,-ib(-b),-gan(-kan,-qan) kabi qo’shimchalarni va ulardan so’ng shaxs-son shakllarini qo’shish bilan hosil qilinadi

2.Hozirgi zamon Harakat-holatning gap aytilayotgan paytda sodir bo’layotganini ifodalovchi fe’l shakli hozirgi zamon shakli deyiladi.Hozirgi zamon shakli fe’l asosiga –moqda,-yotir(-ayotir),-yap,-yotib(-ayotib) kabi qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil qilinadi. DIQQAT!!! O’zbek tilidagi to’rtta fe’l(yot,tur,o’tir,yur) –b(-ib) o’tgan zamon qo’shimchasi bilan qo’llansa ham hozirgi zamon davom ma’nosini ifodalashi mumkin. Masalan:Tashqarida kimdr yuribdi. Ikki kishi ko’chada turibdi.

3.Kelasi zamon. Harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan keyin sodir bo’lishini ifodalovchi fe’l shakli kelasi zamon shakli deyiladi. Bu zamon shakllari fe’l asosiga –a(-y),-ar(-r),-ur(-r),-moqchi,-ajak(-yajak),-gay,-gu qo’shimchalarini va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi.

Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning bajaruvchisini ko’rsatuvchi shakllar shaxs-son shakllari deyiladi.Fe’lda ifodalangan harakat holatning bajaruvchi shaxsni ,bu shaxsning bitta yoki ko’p ekanligini bildiruvchi shakllar shaxs-son shakllari deyiladi.


Download 75,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish