Ixtiyoriy muskullar biz xohlagan harakatlarni bajarish uchun o’z xohishimiz bilan qisqarish hosil qila oladi. Barcha skelet muskullari odam ixtiyoriga bo’sunadi. Ular somatik harakatlantiruvchi nervlar bilan innervatsiya qilinadi



Download 15,78 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi15,78 Kb.
#284311
Bog'liq
Skelet muskuli


Skelet muskuli

Kirish


Muskul hujayralari nerv hujayralariga o’xshab qo’zaluvchan to’qima hisoblanadi. Ya’ni ximik, mexanik yoki elektrik stimul ta’sirida harakat potensiali(HP) hosil bo’ladi. Bundan tashqari, muskul bu mexanik energiyaga aylanishi mumkin bo’lgan kimyoviy energiyaga ega qisqaruvchan to’qimadir.

Odam tanasida 3 xil muskul bor: skelet muskullari, yurak muskullari va silliq muskul. O’ziga xos muayyan xususiyatlariga ko’ra muskullarni quyidagicha guruhlash mumkin:

Ko’ndalang – targ’il yoki ko’ndalang targ’liigi yo’q muskullar .

Ko’ndalang-targ’il muskul hujayralari ma’lum vaqt oralig’ida yorug’lik mikroskopida ko’rilganda ko’p sonli ko’ndalang chiziqlar ko’rinadi. Skelet va yurak muskullari shunday tuzilgan.

Ko’ndalang-targ’illigi yo’q mushaklarda esa hech qanday ko’ndalang chiziqlar ko’rinmaydi. Silliq muskullar yoki oddiy ko’ndalang-targ’ilsiz muskullar deyiladi.

Ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz muskullar. Ixtiyoriy muskullar biz xohlagan harakatlarni bajarish uchun o’z xohishimiz bilan qisqarish hosil qila oladi. Barcha skelet muskullari odam ixtiyoriga bo’sunadi. Ular somatik harakatlantiruvchi nervlar bilan innervatsiya qilinadi.



Ixtiyorsiz muskullarning harakati odam ixtiyoriga bo’ysunmaydi. Yurak va silliq muskullar ixtiyorsiz muskullardir. Bu muskullar avtonom nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi.

Skelet muskullari.

Skelet muskullari nomidan ma’lumki , tanadagi skeletga suyakka birikkan bo’lib , bu muskullarning qisqarishi tufayli tana harakatga keladi. Skelet muskullari butun tana massasining 40% ini tashkil etadi.

Funksional anatomiyasi va tarkibi

Muskullarning struktur birligi

Skelet muskullari ko’p sonli muskul tolalaridan iborat bo’lib , biriktiruvchi to’qima quyidagi ketma-ketlikda tuzilgan(2.3-1 va 2.3-2-rasm):

• har bir muskul tolasi endomiziy deb nomlangan yupqa biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan bo’lib, bu to’qima tarkibida uzunasiga yo’nalgan ko’p miqdordagi elastik tolalar mavjud.

muskul tolalari fastsikuli deb nomlangan bir necha tutamlarga birlashtirilgan. Bu tutamlar perimiziy deb ataladigan mustahkamroq biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan.

• barcha muskul tutamlari birlashib muskul qorinchasini hosil qiladi. Butun bir muskul qorinchasini o’rab turuvchi biriktiruvchi to’qima epimiziyum deb ataladi.

• muskulning pay bilan tutashgan joyida endomiziy, peromiziy va epimiziy tolalari pay tolalari bilan uzluksiz ulanib ketgan bo’ladi.

Paylar bu muskullarning tolalali uchlari, ya’ni paylar kollagen tolalardan iborat.

Muskul tolasining strukturasi

Har bir muskul tolasi asosan uzunchoq (1-40 mm) , slindrsimon (diametri 10-100 µm), ko’p yadroli hujayradir . Bu hujayralaning hujayra qobig’I sarkolemma deb ataladi, sitoplazmasi esa sarkoplazma deyiladi. Boshqa hujayralar singari , sarkoplazmada ham bir qancha strukturalar joylashgan , yadro, Golji apparati, mitoxondriya, sarkoplazmatik retikulum, ribosomalar, hamda glikogen va ba’zida lipid tomchilarini uchratamiz. Bundan tashqari, sarkoplazmada mushak tolasining asosiy tuzilishini tashkil etuvchi bir qator miofibrillar mavjud. Sarkolemma sarkoplazmatik retikulum bilan birga sarkotubulyar tizimni hosil qiladi.

Miofibril

Har bir muskul tolasi bir -biriga parallel joylashgan va muskul tolasining butun uzunligi bo'ylab o'tadigan ko'p sonli miofibrillalardan iborat.

Har bir miofibril qisqaruvchan oqsillardan tashkil topgan juda ko'p qalin va ingichka filamentlardan (miofilamentlar) iborat. Yorug'lik mikroskopi ostida ko'rilganda, bu miofilamentlarning qorong'i va yorug’ tasmalari(chiziqlari) navbatma-navbat ko'rinishi, ularning o’ziga xos joylashganligidan darak beradi.

Muskul tolasining chiziqlari

Qorong’u va yorug’ liniyalar muskul tolasi qismlarining har xil nur sindirish xususiyatiga bog’liq. Ularning tartibi quyidagicha(2.3-2D rasm):



• Qorong'i liniya A liniya deb ataladi (anizometropik polarizatsiyalangan

yorug'lik). Minimal uzunligi - 1,5 mikron. A liniya hududida qalin (miyozin) tolalar ingichka tolalar bilan bir qatorga joylashadi.
Download 15,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish