Mavzu: kaspiy psixalogiyaning amaliy asoslari reja: kaspiy psixalogiya. Kaspiy psixalogiya ya’sir ko’rsatish



Download 23,98 Kb.
bet1/2
Sana18.10.2022
Hajmi23,98 Kb.
#853822
  1   2
Bog'liq
kaspiy psxalogiya




Mavzu: KASPIY PSIXALOGIYANING AMALIY ASOSLARI

REJA:
1.KASPIY PSIXALOGIYA.
2.KASPIY PSIXALOGIYA YA’SIR KO’RSATISH.
3.KASBIY PSIXOLOGIYANING MUHIM VA XARAKTERLI MUAMMOLARI

Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish davomida mutaxassislar mehnat jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning psixologik mexanizmlarini anglash umuman olganda shaxslararo munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng oʻrganishga erishadilar. Kasbiy psixologiya fani oʻquvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy koʻnikma va malakalarni hosil qilishi lozim. Buning uchun kasblarga doir qoʻllanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, toʻsiqlarni oldini olgan holda oʻquvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yoʻllash imkoniga ega. Ijtimoiy taraqqiyotni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga koʻtarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, oʻz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga ogʻishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon – e’tiqodli insonlar boʻlib voyaga yetishsin. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha oʻquv yurti talabalari ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga yoʻllash kerak. Talabalarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb – hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri tanlashlariga erishish uchun maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak boʻlishi, fan asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, toʻgarak va qoʻshimcha yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb – hunar toʻgʻrisida ma’ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb – hunar fotokoʻrgazmalarini tashkil qilishlari zarur. Kasbiy psixologiya fani 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. 2 - jahon urushidan buyon psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi natijalarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining soʻnggi prezidenti E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan Kasbiy psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan soʻngi yillarda qoʻlga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili boʻla oladi. Ma’lumki, keyingi oʻn yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan oʻzgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda: Kasbiy psixologiya – psixologiya ilmining tarmogʻi sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim – tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti – harakatlarining psixologik qonuniyatlarini oʻrganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan oʻrin egallagandir. Kasbiy psixologiyaning predmeti bilim, koʻnikma va malakalarning egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir boʻladigan individual tafovutlarni, oʻquvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, Kasbiy psixologiya ta’lim – tarbiyaning ta’siri oqibatida oʻquvchilar psixikasida sodir boʻladigan oʻzgarishlar, oʻquv materiallari oʻquvchilarning yosh davrlariga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, oʻquv qurollari, asbob – uskunalar va oʻquv ishlarining tartibiga nisbatan boʻlgan psixologik talablar kabi muammolarni ham Kasbiy psixologiya oʻrganadi. Hozirgi vaqtda Kasbiy psixologiya muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bu hol yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati bilan bogʻliqdir. Kasbiy psixologiya shu bilan birga talabalar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning talabalarga koʻrsatadigan ta’sirini oʻrganadi hamda talabalarning oʻz – oʻzini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Shuningdek, “Kasbiy psixologiya” ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi boʻlgan oʻqituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham oʻrganadi. Bunda oʻqituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlariga urgʻu berish bilan birga, uning bilim, koʻnikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi. Kasbiy psixologiya umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini oʻrganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi. Shu bois pedagogik psixologiya fanini oʻrganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada toʻplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, oʻzgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Respublikamiz aholisining aksariyati agar xoʻjalik sohasi bilan shugʻullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat koʻnikmalari va malakalari bilan boʻlgʻusi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Boʻlgʻusi agronom-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qoʻyiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha oʻrganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning oqilona yoʻllari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning oʻzgarishiga oʻxshash muammolar qariyb oʻrganilmagan. Quyidagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi. Inson-tabiat munosabatini oʻzida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz boʻlib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarni tayyorlash uchun texnik oliy ta’lim muassasalari intilmoqlari lozim. Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari Inson psixologiyasi tabiatini tushuntirish va psixik jarayonlarini taqozo qiladi va olimlar fe’l atvor uchun xulq atvorni oʻzgartirishda xavfli qiyinchiiklar boʻlishini isbotlagan. Koʻpgina psixologik jarayonlarni izohlash uchun qayta qidirishni ishonchni ta’minlaydi ammo inson psixologiyasining boshqa nazariyalari muammolarining yechimi oʻta murakkab boʻladi va buni tushunish judayam e’tiborga molik. Bu koʻpgina murakkab jarayonlar uchun toʻgʻri ya’ni tez tez psixoterapiyaning manbasi sifatida qayd etiladi. Koʻpgina asosiy psixologik fenomenlarning tafsilotlarini tavsiflash katta hajmda qabul qilingan, lekin bu yerda postdoktoral psixologiya assosatsiyasi hamda hamkorlik markaziga doir talab qilingan soha savollari boʻyicha qat’iy pozitsiyasida qoldi va psixologik markazga hujjat taqdim etish jarayonida ularning nazariy orientatsiyasi hamda qay darajada uning konsepsiyasi va amaliyotida ta’sirini soʻraydi. Talabalarning bu judayam muhim tanlov haqida tajribalari yetarli emas. 1 1) Ulardagi ichki jihatlar farqlanishiga qaramay, asosiy darsliklar butunlay muqovasigacha hayratlanarli ravishda bir xil edi. Fakt shuki, mana shu darsliklarning umumiy katta hajmini yakka talaba yoki talabalar guruhining oʻziga xos qiziqishlari va ehtiyojlaridagi biron-bir kitobga maxsuslashtirishni qiyin qilib qoʻydi. Judayam koʻpincha darslik sotib olish faqatgina ma’lum bir qismlarini chindan oʻqishni xohlaydigan yakshanba kunidagi ulkan gazetani sotib olishga oʻxshaydi. Shu kabi sotuvdagi ta’lim psixologiyasi darsliklari odatda siz shu sohada har qachongidan-da bilishni xohlaydigan yoki muhtoj boʻlgan ma’lumotlaringizdan koʻproq ma’lumot beradi. Kitob formatiga keladigan boʻlsak, darslik individualizatsiyaga yoʻl qoʻymaydi. 2) Ta’lim psixologiyasi darsliklari doimo qimmat boʻlgan, ayniqsa kitoblar koʻp ishlab chiqariladigan Qoʻshma shtatlarda koʻp yillar davomida ularning narxi inflyatsiyadan tez oʻsgan. Hozirda ta’lim psixologiyasi haqidagi har bir asosiy matn $ 100 AQSh dollaridan koʻproqqa sotilmoqda. Bu narxning eng yaxshi holatlarida esa bu talabalar byudjetiga yuklama boʻladi. Narxning eng yomon holatlarida, ta’lim psixologiyasi darsliklari koʻplab erishib boʻlmaydigan holatga keltirib qoʻyadi. Narx bilan bogʻliq muammo butun dunyo boʻylab tasavvur qilganda yanada yaqqol koʻzga tashlanadi; ba’zi davlatlarda bir dona darslikning narxi fuqarolarning oʻrtacha yillik daromadiga deyarli yaqin boʻladi. 3) Ta’lim psixologiyasi darsliklarini sotish raqobatida, muallif va noshirlar ta’limiy qiymatdagi ma’lumotlarsiz bosqichma-bosqich xususiyatlar qoʻshib kitoblarning narxini oshirishadilar. Ta’lim psixologiyasi noshirlari oʻziga xos ravishda illyustratsiya va rasmlarning miqdorini oshiradilar, toʻliqrangli nashrlarga e’tibor qaratadilar, oʻquv qoʻllanma va yordamchi tahrirlarning miqdori va qiyinligini oshiradilar hamda faqatgina oʻzlarining kitoblari xaridorlari uchun foydali xususiy vebsaytlar yaratadilar. Bu xususiyatlar ba’zida jalb etuvchan boʻladi. Mening oʻqitish tajribam shuni koʻrsatadiki, talabalarni ta’lim psixologiyasi haqida asosiy gʻoyalarga oʻrgatishdan chalgʻitishga qaramay, koʻpincha ular talabalarga oʻqishga yordam beradi. Mana shu darslikni onlayn koʻrinishdagi Global darslik loyihasi bilan birgalikda tahrir qilishda yuqoridagi muammolarni yechadigan chora-tadbirlarni qabul qildim. Muallimlar va talabalarning oʻzlari foydali deb topgan va kerak boʻlgan joylariga istaganlaricha murojaat etishlari mumkin. Bunda ularning yumushlarining qiymati minimaldir. Pedagogik jihatlar amalda mavjud, lekin minimal miqdorda saqlangan va kitob formatga keltirilishi internetga kirgan har qanday insonning undan onson va bepul foydalanishiga imkoniyat tugʻdiradi. Kelajakda kitobni toʻldirish va oʻzgartirishni amalga oshirish nisbatan onson va tez boʻladi. Men ishonamanki, mana shular har kim uchun istalgan natija boʻladi!1 Har qaysimiz kundalik hayotda odamlar bilan uchrashib, ular bilan gaplashamiz, gapga hayajon bilan yoki xotirjamlik bilan javob beramiz, bir odamlar bizga yoqimli boʻladi, boshqalar ....... uncha yoqimli boʻlmaydi. Odamning nomunosib hulq-atvorini koʻrar ekanmiz, achchigʻlanamiz va gʻazablanamiz, uni tanqid qilamiz; fidokorona ish, koʻrsatilgan mehribonlik bizni quvontiradi. Hilma-xil narsalarni koʻrar ekanmiz ularni koʻzdan kechiramiz bir xil narsani esda tutamiz va aksincha, bir xil narsaga diqqat qilmaymiz boshqa bir narsani payqamay qolamiz. Yaxshi kitob, yoqimli kuy, rassomlik san’atining goʻzal asari har qaysimizga rohat bagʻishlaydi. Bularning hammasi koʻpdan-koʻp boshqa narsalar psixik hayotimizning, ya’ni ruhiy dunyomiz (ruhiyatimizning) xilma xil namoyon boʻlishidir. Bizning turmushimizdagi har bir jaryon, faoliyat- bu psixologiyadir. Kasbiy psixologiyada psixikani oʻrganishning muayyan ilmiy vazifalariga, oʻzining aniq tadqiqot mavzuiga egadir.
Psixologiya ta’sir koʻrsatuvchi ob’yektlari boʻlgan sub’yektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirlar natijasida roʻy beradigan oʻzgarishlar jarayoni qanday kechishini oʻrganadi. Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng maqbul yechimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variantlarini hayoldan oʻtkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan oʻzini aks ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini izlash, tanlash, solishtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxs faoliyatining zarur jihati hisoblanadi. Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantlarini tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi. Biologik evolyutsiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati sifatida paydo boʻlib, sifat jihatdan oʻzgarib ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar boʻlib yetishadi, ularning har birida ularni voyaga yetkazgan tarixiy sharoitning izlari saqlanib qolgan boʻladi. Aslini olganda, kishining xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb etadi. Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda kasbiy psixologiya fanida yuqorida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixologiya voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir boʻluvchi psixik faktlar, qonuniyatlar va faoliyat mexanizmlari toʻgʻrisidagi fandir. Psixikaning odamga xos boʻlgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli boʻlib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Ongning tuzilishiga berilgan birinchi ta’rif uning nomidan kelib chiqqan, ya’ni ong anglash deganidir. Ikkinchi ta’rif – «Men» va «Men emas» degan tushunchalarni anglash. Uchinchi ta’rifi: odamning maqsadni koʻzlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Toʻrtinchi ta’rifi: uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ongning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha oʻziga xos jihatlari shakllanishi va namoyon boʻlishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishining oʻzini tuta olmaydigan qilib qoʻyadigan ta’sirlar bilan bogʻliq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yigʻindisidir. Ongsizlikda anglanishdan farqli oʻlaroq, kishi oʻzi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham amri mahol. Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush koʻrish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir koʻrsatadigan qoʻzgʻatuvchilarga «subsensor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat boʻlib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga koʻra endilikda anglanilmaydigan boʻlib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida roʻy beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni – alahlash, yoʻq narsalarning koʻzga koʻrinishi va shu kabilarni ham kiritish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixiksiga tenglashtirish notoʻgʻri boʻlar edi. Ongsizlik – kishining xuddi ong kabi oʻziga xos psixik koʻrinishi. U kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil boʻlmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bogʻliq holda paydo boʻlgan. 1 Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo boʻlgani, rivojlangani, evolyutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday oʻzgarib borgani, kishi ongi qanday paydo boʻlgani va shakllanganini tushunib olgandan keyingina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin boʻladi. Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani psixikaning paydo boʻlishi, psixik jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadi. Odamning psixik hayoti murakkab va koʻp qirralidir. U faqat tashqi muhitning ta’sirlarigagina bogʻliq boʻlib qolmay, balki yuksak nerv faoliyatidagi miya ishining murakkab nerv-fiziologik qonuniyatlariga ham boʻysunadi. Psixik jarayonlar va shaxsning xususiyatlari oʻzaro chambarchas bogʻlangan boʻlib, hamisha bir-biri bilan turlicha bogʻlangan va bir-biriga bogʻliq holda namoyon boʻladi. Muayyan bir vaqtda hech qachon faqat bittagina psixik jarayon roʻy bermaydi yoki shaxsning faqat bittagina xususiyati namoyon boʻlib qolmaydi. Masalan: idrok etish, sezgi, hayol, tafakkur va xotira jarayonlari bilan ham chambarchas bogʻlangan boʻladi (oʻqishi qiyin boʻlgan xat). Psixologiya fani bundan 2500 yilcha ilgari Qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Aristotel oʻzining “Jon” haqidagi kitobida “Insonning ruhi uning tanasini boshqarib turadi, ya’ni tana bizning ruhimizga boʻysunadi” degan gʻoyalari bilan psixologiya faning mavjudligini va fan sifatida falsafadan ajratib oʻrganish kerakligini asoslab bergan. Ibn Sino oʻzining “Tib qonunlari” asarida kishilarning mijoziga qarab muomala qilishda, bemorga nisbatan ham uning individual tipologik xususiyatlarini bilgan holda kasalini qaysi koʻrinishda ekanligini aytishda psixologik bilimlarning ahamiyati haqida gapirilgan. Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi mutaxassisning psixik faoliyati qonuniyatlarini oʻrganishdir.

Download 23,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish