Mavzu: kaspiy psixalogiyaning amaliy asoslari reja: kaspiy psixalogiya. Kaspiy psixalogiya ya’sir ko’rsatish


Kasbiy Psixologiyaning Muhim Va Xarakterli Muammolari



Download 23,98 Kb.
bet2/2
Sana18.10.2022
Hajmi23,98 Kb.
#853822
1   2
Bog'liq
kaspiy psxalogiya

Kasbiy Psixologiyaning Muhim Va Xarakterli Muammolari Kasbiy psixologiya psixik hodisalarning odam hayoti va faoliyatining ob’yektiv shart-sharoitlariga bogʻliq ekanligini: masalan, hayot va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan oʻsmir xarakterining qanday vujudga kelishini, unda mehnatsevarlik, oʻqishga vijdonan yondoshish va shu kabilarning qanday tarkib topishini oʻrganib boradi. Hozirgi zamon psixologiyasi yetishib kelayotgan yosh avlodda keng dunyoqarashni va milliy qadriyatlarimizni tashkil topishini va ularni psixologik bilimlar bilan mustahkamlashni ta’minlaydi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida inson psixikasi oʻzgarib, takomillashib boradi, buning natijasida u bilan bogʻliq qonun va qonuniyatlar ham zamon talabi, taqozosi tufayli oʻziga xos ma’no, mohiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlar koʻlamining kengayishi, shaxslararo muomala maromining yangi muloqot shakllari paydo boʻlishi, tabiat, jamiyatga nisbatan insoniyatning yaqinlashuvi darajasi kuchayishi yangicha qarashlarini vujudga keltiradi. Ijtimoiy ong darajasining yuksalishi, mukammallashuvi narsa va hodisalarga boʻlgan kishi munosabatining yangilanishiga olib keladi, qolaversa mezonlar, munosabatlar, ularning baholanishi asta-sekin sifat jihatdan, oʻzgarib boradi. Bu ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik jarayonga mafkura oʻz ta’sirini oʻtkazadi, buning oqibatida ichki (sub’yektiv) va tashqi (ob’yektiv) omillarning ijobiy yoki salbiy ta’siri ortadi. Shuning uchun muayyan davr oʻtishi bilan psixikaning oldingi qonun va qonuniyatlari oʻz ahamiyatini yoʻqota boradi. Ijtimoiy taraqqiyot bu asnoda yetakchi vazifani bajaradi, yangilanishlarning ustuvor negizini tashkil qiladi. XXI asrga kelib, psixikaning ob’yektiv qonuniyatlarining kompleks masalalarini yaxlit holda tadqiq etishni taqozo etadi va quyidagilarni talab qiladi: a) ularning metodologik, nazariy, eksperimental jihatdan oʻrganish; b) ularga oid nazariy-tadbiqiy jabhalarini amaliyotda sinab koʻrish; v) natijalarning ishonchliligi, validliligi va reprezentativligini tekshirish. Shuning uchun psixologiya fanining markaziy masalasi psixikaning ob’yektiv qonunlari mohiyatini chuqur va atroflicha ochish hamda tavsiflashdan iborat. Ushbu muammo bilan shugʻullangan B.F.Lomovning fikricha, qonun moddiy hodisalar, sifatlar, munosabatlar oʻrtasida barqaror aloqani (bogʻliqlikni) oʻzida gavdalantiradi. Qonunni bunday tushunish inson psixikasidagi, jamiyatdagi, tabiatdagi barcha ob’yektiv qonunlarga bevosita daxldordir. B.F.Lomovning ta’biricha, qonunni bilish hodisalar mohiyatini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi, uning mohiyatini tadqiq qilish esa qonun harakatini bilishga, uni toʻgʻriroq ochishga, tavsiflashga imkoniyat beradi. B.F.Lomovning bayon qilishicha, sistemali yondashuv qonun tabiatini ochishga, toʻlaroq tushunishga sharoit tugʻdiradi, undan foydalanish esa uning mohiyatini tushunishga imkonni vujudga keltiradi. Uning ta’biricha, qonun har qanday sistemaning ob’yektiv tavsifi sifatida mujassamlashadi. Qonunda boshqa sistemalar boshqariluvining zaro ta’siri va oʻzini oʻzi boshqariluvining imkoniyatlari aks ettiriladi. Qonun oʻz ehtiyojlariga muvofiq tarzda oʻzaro munosabat va oʻzaro ta’sirning boshqacha shakllarida namoyon boʻladi hamda oʻzaro harakatni amalga oshiradi. Agar ehtiyojlar qondirilmasa, unda qonun oʻz funksiyasi va nimaga yoʻnaltirilganini bajarmagan boʻladi. Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, odatda psixika oʻzida oʻziga xos sistemani mujassamlashtiradi. Shuning uchun psixika tadqiq etishning oʻta qiyin, murakkab, dinamik xususiyatga ega boʻlgan sistemasi hisoblanadi. Psixikaning mustaqil hukm surishi boshqa sistemalarni mutlaqo alohida yashashini bildirmaydi, chunki u sistemalararo munosabatlar ichida mavjuddir. Psixologiya fanida metodolog psixologlarining aksariyati "qonun" va "qonuniyat" tushunchalarini farqlashga harakat qiladilar, bizningcha, bunday tabaqalanish ma’lum ma’noda shartli hisoblanadi. Umumlashma ta’kid va tavsiflarga koʻra, "qonun" sistemaning barqarorligi daqiqalarini aks ettiradi, "qonuniyat" atamasi esa sistemaning dinamikligini, uni rivojlanish davrini, uning qaytatan yangilanishi hamda oʻzgarishini oʻzida aks ettiradi. Holbuki shunday ekan, qonuniyatning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi, barqarorlashuvi, takomillashuvi toʻgʻrisida mulohaza yuritish mumkin. Qomusiy lugʻatlarda berilishicha, psixikaning fiziologik funksional holatlarga bogʻliqligi va oʻzaro aloqadorligi toʻgʻrisidagi voqelikni oʻzida mujassamlashtiruvchi qonunlar boʻlsa, uning boshqasi esa ijtimoiy-psixologik munosabatlarni aniqlashga xizmat qiluvchi qonunlar turkumini tashkil kiladi. Psixologiyaning mukammal manbalarida mujassamlashgan psixikaning qonunlari quyidagi koʻrinishga ega: 1. Harakat ta’siriga munosib psixik aks ettirishning adekvatligi. 2. Jamiyat va inson maqsadi, ehtiyojlari, tashqi va ichki sharoitlarga mutanosib tarzda faollikning amalga oshishi, yechimning optimalligi. 3. Sistema sifatida psixik aks ettirishning tanlovchanligi. 4. Psixik aks ettirish shaklining sub’yektivligi. 5. Psixik aks ettirishning betakrorligi va noyobligi. 6. Psixik hodisalar shakllanishi va rivojlanishining muayyan izchillikka ega ekanligi. 7. Alohida shaxslarning, ijtimoiy birlashmalar va guruhlar psixikasi rivojlanishining xilma-xilligi. 8. Psixikaning ontogenetik rivojlanishida davrlarga asoslanib aks ettirish. 9. Psixikaning rivojlanishida fenomenal psixik holatlarining sistema yaratuvchanlik roli. 10. Psixikaning ijtimoiylik va individuallik birligi. 11. Shaxs psixikasining shakllanishida ijtimoiy munosabatlarning ustuvorligi roli. 12. Inson faoliyati bilan psixikasi funksiyasiga ta’sir etuvchi qonunning uygʻunligi. Psixologiya fanida umumiy va xususiy qonunlar mavjud ekanligi ta’kidlab oʻtiladi, chunonchi: 1. Qonunning tarixiy shartlanganligi. 2. Ijtimoiy psixikaning rivojlanishida vorislik qonuni. 3. Ijtimoiy rivojlanishda psixika rolini ortib borish qonuni. Psixikaning ayrim umumiy qonunlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qilish bilan birga, ba’zi eng muhim qonuniyatlar yuzasidan shaxsiy mulohazalarimizni bildiramiz, chunki ular psixikani bundan keyin tadqiq etishga negiz boʻlib xizmat qiladi. 1. Optimal qaror qabul qilishda, axborotlarni ishlab chiqishda, ularni egallashda psixik jarayonlar, fiziologik organlar imkoniyatining kuchayishi. 2. Psixikaning ijtimoiylashuvi ortishi. 3. Yaxlit psixik faoliyatda konstruktorlik va ilmiy tadqiqot faoliyatlari vaznining koʻpayishi. 4. Bolalarda psixik rivojlanishning tezlashuvi va uning negizida ularda ijtimoiy etuklikning jadallashuvi. 5. Inson ontogenezida yakka shaxs psixikasida dinamik oʻzgarishlarning vazni, koʻlami kengayishi. 6. Ijtimoiy turmush sharoiti madaniy va moddiy jihatlar yaxshilanishi natijasida aholining ruhiy umrboqiyligi va faoliyat faolligi koʻtarilishi. 7. Ijtimoiy tizimda inson rivojlanishining sistema yaratuvchi omil sifatida jamoa rolining ortib borishi. 8. Alohida odamlar psixikasi rivojlanish yoʻnalishida ijtimoiy-psixologik mexa- nizm sifatida ijtimoiy fikr rolining kuchayishi. 9. Ongning ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirishda siyosiy va mafkuraviy qadriyatlar rolining ortishi. 10. Rahbarlik faoliyati samaradorligini orttirish maqsadida rahbarga jamoaning ijtimoiy-psixologik ta’sir oʻtkazish rolining mukammallashuvi. 11. Qadimgi an’analar, rasm-rusumlar rolining pasayishi tufayli yangilarining roli yuksalishi. 12. Odamlar xulq-atvorini boshqaruvning ijtimoiy-psixologik mexanizmi tarzida shaxsiy namuna (ibrat) va avtoritet (obroʻ) rolining kuchayib borishi. Yuqoridagi psixikaning qonuniyatlari yaxlit sistema sifatida uning barcha qirralari va rang-barangligini tavsiflash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun psixikaning qonun va qonuniyatlarini tadqiq etishda eng muhim muammo sifatida uni ta’sir oʻtkazish harakati mexanizmlarini oʻrganishni ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Download 23,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish