Mavzu: gaz molekulalarining tezliklari



Download 1,49 Mb.
bet1/6
Sana14.07.2022
Hajmi1,49 Mb.
#796173
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-MAVZU 3-MOM


6-MAVZU: GAZ MOLEKULALARINING TEZLIKLARI. BAROMETRIK FORMULA
(6-ma’ruza, 2020-2021- o’quv yili mashg’uloti)
Reja

  1. Molekulalarning tezliklar bo’yicha (Maksvell) taqsimoti

2. Maksvellning taqsimot qonunini keltirib chiqarish
3. Bolsman doimiysi va bitta molekulaning kinetik energiyasi
4. Molekulalarning o’rtacha to’qnashishlari soni va o’rtacha erkin yugurish yo’li

5. Bolsman taqsimoti. Barometrik formula


Molekulalarning tezliklar bo’yicha (Maksvell) taqsimoti

Biz gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasini qaraganimizda gaz molekulalarining kvadratik o’rtacha tezligi bilan yaqindan tanishgan edik. Ammo gaz molekulalari har xil tezliklar bilan harakatlanishi mumkin. Chunki ular tartibsiz harakatda bo’ladi. Shuning uchun aniq bir tezlik bilan harakatlanuvchi molekulalar sonini aniqlab bo’lmaydi, balki ma’lum bir tezliklar oralig’ida (intervalida) harakatlanuvchi molekulalar sonini aniqlash mumkin bo’ladi. Bu masala bilan birinchi marta Maksvell shug’ullandi, shuning uchun uni Maksvellning tezliklar taqsimoti qonuni deyiladi. Maksvell gaz molekulalarining harakat tezliklarini o’rganib, kvadratik o’rtacha tezlikdan tashqari ular o’rtacha arifmetik tezlikka



va eng katta ehtimolli tezlik

bilan harakatlanishi aniqlangan.
Maksvell ehtimollar nazariyasidan foydalanib, υ hamda υ+Δυ tezliklar oralig’idagi tezlik bilan harakatlanuvchi molekulalar soni ΔN ni hisoblab topdi.
O’zining tezliklar taqsimoti qonunini esa nisbiy tezlik asosida keltirib chiqargan. Nisbiy tezlik deb molekulaning harakat tezligini eng katta ehtimolli tezlikka bo’lgan nisbatiga aytiladi.

Bu vaqtda tezlik intervali u+Δu nisbiy tezliklar intervali bilan almashib, bu intervalda harakatlanuvchi molekulalar soni
(1)
orqali ifodalaniladi. Absissa o’qiga nisbiy tezlik u ni, ordinata o’qiga Maksvellning taqsimot funksiyasi ni qo’yganimizda ular orasidagi quyidagi grafik (1-rasm) hosil bo’ladi. Grafikning maksimum nuqtasi nisbiy tezlik bilan birga teng bo’lgan holga tog’ri keladi. Bu esa molekulalarni eng ko’p qismi eng katta ehtimolli tezlikka yaqin tezlik bilan harakatlanayotganini ko’rsatadi. Egrilik bilan absissa o’qi orasidagi yuza umumiy harakatlanayotgan, ya’ni kuzatilayotgan molekulalar soni (N) ni ifodalaydi. Shtrixlangan yuza Δu nisbiy tezlik bilan harakatlanuvchi molekulalar nisbiy soni ni ifodalaydi.

1-rasm. 2-rasm.

Biz yuqorida ko’rib o’tgan gaz molekulalarining:


,


,



tezliklarini taqqoslaganimizda son qiymati jihatidan eng kattasi kvadratik o’rtacha tezlik, eng kichigi esa eng katta ehtimolli tezlik ekanligni ko’ramiz. Uni garfikda ifodalasak, 2-rasmdagi grafik hosil bo’ladi. Ammo bu tezliklar bilan bir xil intervalda harakatlanuvchi molekulalar sonini qaraganimizda, eng ko’p molekulalar ehtimolli tezlikka yaqin tezlik bilan harakatlanadi.
Bu, 1-rasmda ifodalangan to’rtburchakning yuzalarini bir-biriga teng emasligidan ham ko’rinadi. Gaz molekulalarining hamma tezliklari (nisbiy tezlikdan boshqa) ga mutanosib holda ortadi. Shuning uchun harorat ortishi bilan taqsimot egriligining maksimumi o’ng tomonga siljiydi (3-rasm).

3-rasm.

Bu harorat ortishi bilan kichik tezlikdagi molekulalar tezliklarining ortishi va natijada katta tezlik bilan harakatlanuvchi molekulalar sonining ko’payishi, kichik tezlik bilan harakatlanuvchi molekulalar sonining kamayishini ko’rsatadi. Ammo umumiy molekulalar soni o’zgarmaydi. Shuning uchun hamma egrilik cho’zilishi bilan u egri chiziq bilan absissa o’qi orasidagi yuza o’zgarmaydi.



Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish