NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI LINGVISTIKA : O`ZBEK TILI I KURS AU-GURUH MAGISTRANTI ZEBO INAMOVANING “MATN TILSHUNOSLIGI” FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu: Matn va uslubiyat
Reja:
- Matn tushunchasi haqidagi qarashlar.
- Uslub tushunchasi va uslubiyat.
- Nutq uslublari turlari.
- Xulosa.
Tayanch tushunchalar.
Matn, tekst, uslub, uslubiyat, qolip, aniqlik, mantiqiylik, izchillik, obyektivlik, qisqalik, fonetik vosita, leksik vosita, grammatik vosita.
Matn so`zi lotinchadan “to`qima” degan ma’noni anglatadi.
O`zbek tilining izohli lug`atida “matn” so`zi arabchadan o`zlashganligi, eskirgan kitobiy so`z ekanligi va aynan tekst so`zi anglatgan ma`noga tengligi ishora qilinadi.
Matn – gapdan ko`ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan nutq ko`rinishidir.
Tekst – yozilgan, ko`chirilgan yoki bosilgan ilmiy asar, nutq, hujjat…
Matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog`lanishlilik va yaxlitlikka alohida e’tibor beriladi. Ular gaplar o`rtasida va gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. G`arb tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma ket bog`lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela olmasligi muntazam ta’kidlanadi.
Tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bog`liq vazifalariga ko`ra ajratilishi. Kishilar faoliyatining barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko`rinishlarining paydo bo`lishiga olib keladi.
Uslub
Tilshunoslik fanining bir bo`limi bo`lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo`llanish yo`llari, fonetik, lug`aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo`llanish xususiyatlari o`rganiladi.
Uslubiyat
O`zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va tildan tashqari bo`lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A. Baskakov, A. Sulaymonov, A. Shomaqsudovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo`lib, ularda asosan beshta uslub e’tirof etiladi.
Nutq uslublari
So`zlashuv uslubi
Badiiy uslub
Ilmiy uslub
Rasmiy uslub
Ommabop uslub
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Ular uch guruhga bo`linadi:
- Leksik vositalar:
Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko`p ma’nolilik, sifatlash, o`xshatish, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so`zlar, kasb-hunar so`zlari, mubolag`a, arxeak va tarixiy so`zlar, atamalar.
2. Fonetik vositalar:
Nutq tovushlari, ohang, urg`u.
3. Grammatik vositalar:
- morfologik: har bir so`z turkumi;
- Sintaktik vositalar: gap bo`laklari, ritorik so`roq gaplar, undalma, kirish so`z, kirish birikma, sodda va qo`shma gaplar, ko`chirma va o`zlashma gaplar.
Nutq vositalarining har biri ma’lum sohada ishlatiladi. Ushbu vosita matn uslubi hisoblanadi.
Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi.
Bu uslubning o‘z me`yorlari mavjud. Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnlarda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi kerak:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 173-sonli qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to’g’ridan to`g`ri amalga oshiriladigan holatlar kengaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |