Eslatib o`tamiz: diplomni nostrifikatsiya qilish bo`yicha arizalar Davlat ximatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‘ziga xos usul ekanligi, obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchillik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turini shakllanishida, binobarin, nutqiy me'yorning o‘ziga xos turinig yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.
Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza, taqriz, referat singarilar ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi.
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar:
1. Aniqlik.
2. Obyektivlik
3. Mantiqiy izchillik.
4. Qisqalik.
Stenografiya – og`zaki nutqni yozuvda qayd etishni maksimal darajada tezlashtirish maqsadida yaratilgan maxsus yozuv sistemasi. Stenografik yozuvning tezligi odatiy yozuv tezligidan 6-7 marta ortiq. Stenografik yozuvni dastlab greklar yaratgan.
Ommabop uslubda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobgarligi, ularning axborot hamda targ‘ibot-tashviqot xarakterda bo‘lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy, siyosiy terminologiyaning qo`llanilishi va tilimizda m’yorlashishga sabab bo‘ladi.
X asrning mashhur olimi, jarrohlik ilmining otasi sanalmish Qosim al-Zahraviy bugungi kunda ham jarrohlik amaliyotlarida qo`llanib kelayotgan bir qancha anjomlar ixtiro qildi. Bu asboblar qatorida skalpel, jarrohlik qaychisi va ignasi bor edi. Bundan tashqari u tibbiyotda ketgut – tanada so`rilib ketadigan tikuv ipini ham kashf qilgan. (t/me: onalar kanali)
Ommabop uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor qo‘llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlar qo‘llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publitsistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy, siyosiy terminologiyaning qo‘llanilishi bilan ilmiy uslubga o‘xshaydi. Ifodadagi qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo‘yadi.
Badiiy uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos mavega ega bo‘lib, ayni paytda o‘zining alohida me'yorlarga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga badiiy estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati sanaladi.
Shuningdek, badiiy uslubda, xususan poztik nutqda hozirgi adabiy orfografik me'yor talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so‘zlar ham ishlatilaveradi.
Bu uslubda metafora, metonimiya, sinekdoxa, mubolag‘a singari badiiy vositalardan foydalaniladi.
Kechqurun to`y! Bu shodiyonadan hamma xursand, men ham yig`ilgan bolalarga qo`shilib shov-shuv ko`taraman, dam shotutga o`rmalab, kaptar uyalaridan tuxum qidiraman… To`satdan miraterakka chirmashib o`sgan aymoqli tok orasidan buvimning boshi ko`rinadi. U meni imlab chaqiradi, qo`lidagi ro`molidan do`ppimga ikki-uch bosh chillaki uum soladi:
– Bor mehmonxonaga eltib ber. Tog`ang bilan kelinoying… tatib ko`rishsin. (O.Yoqubov)
So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy, norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma'lum ma'noda tildagi boshqa uslublarga qarshi qo‘yish mumkin. Bu uslubning o‘ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |