Fanlarni yaxshi o'qitishga bog'liq dolzarb masalalar
Qoraxonov Saloxiddin Xudayberdiyevich
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 16-maktab “Matematika va informatika” fanlari o’qituvchisi, e-mail: qoraxonovs@mail.ru
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: “Eskicha ishlashdan, qarash va fikrlashdan voz kechib, yangicha ishlash davri keldi”.
Shuning uchun “Matematika va Informatika” fanini o'qitishga bog'liq masalalarni birgalikda maslahatlashib, o’zimizni qiynayotgan savollarni va muammolarni, shu yerda ochiq-oydin ko’rib chiqishimiz va tahlil etishimiz, takliflar bo’lsa uni ko’rib chiqishimiz va vazifalarni belgilab olishimiz kerak.
Zero “Tinchlikni saqlash”, “Ogohlik” eng ustuvor masaladir.
Quyida mavzu bo’yicha savollar keltirilgan. Ushbu savollarni taxlil qilib ta’limni rivojlantirishimiz mumkin.
Demak:
Qanday qilsak, nima qilsak fanni yanada yaxshi o’qitamiz?.
Birinchidan, o’quvchilar davomad masalasi;
Ikkinchidan, darsda jimlikning holati masalasi;
Uchinchidan, Yondashish masalasi, ya’ni: “Matematika va Informatika fanini o’qitish”da o’quvchilarning ahvoli, bilim darajasi va saviyasi, dunyo qarashi masalasi;
To’rtinchidan, o’quvchining fanni o’zlashtirishga bog’liq muammolari nima?, nima qiynaydi?.
Beshinchidan, Bizlar ya’ni o’qituvchilar qanday bo’lishimiz kerak?. Yurish-turish, kiyinish, odob axloqimiz, birgalikda o’zaro hurmat hamjihat ruhimiz qanday?.
Oltinchidan, o’qituvchining bilim saviya masalasi; qiynayotgan muammo va kamchilliklari nimalardan iborat?, kasbingiz bo’yicha qanday sharoit bo’lishini hohlardingiz?.
Yettinchidan, tadbir masalasi; darsga qiziqtirish bo’yicha qanday tadbir ishlab chiqdik, darsga halaqit qiladigan qanday muammolar mavjud?. Masalan qo’ng’iroqning ishlash prinsipi masalasi yoki binoning xonalari fan kesimi bo’yicha yetarlimi?. Tanaffus qoniqtiradimi?.
Sakkizinchidan, internet masalasi, hamda rahbarlar bilan o’qituvchi o’rtasida qanday munosabat bor?. Birgalikda hamjihat bo’lib ishlayaptimi?.
To’qqizinchidan, ish yuritish, qonun hujjatlari masalasi bo’yicha qanchalik darajada bilamiz?, o’z ustimizda ishlayapmizmi?, Qanday to’siqlar bor?.
O’ninchidan, kasbingizni sevasizmi?.
Taomlanish bo’yicha maktabingizda buffet, yoki oshxona mavjudmi?.
Ta’limni rivojlantirish bo’yicha maktab yoki Respublikamiz miqyosida qanday ishlar qilishga qodirsiz, bu bo’yicha rahbariyatdan qanday sharoit yaratishini hohlardingiz?.
Xalq ta’limi vazirligi telegram kanaliga yangi XTVga_takliflar bot yoki gruppa ochishimiz zarur. Qanday qilsak, nima qilsak fanni yanada yaxshi o’qitamiz?. Mavzusidagi ushbu botga yoki gruppaga takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
Fanni yanada yaxshi o’qitish hech qachon tinchlikni saqlash kabi dolzarbligini yo’qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |