Ma’ruza№1 Informatika va at fanining maqsad va vazifalari. Zamonaviy axborot texnologiyalar haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi



Download 288.88 Kb.
bet4/4
Sana22.01.2017
Hajmi288.88 Kb.
1   2   3   4


Asosiy menyu Microsoft ilovalaridagi kabi ochilib-yopiluvchi qism menyularidan iborat qatordan tashkil topgan.

U quyidagi asosiy buyruqlardan iborat:




  1. File (fayl)

  2. Edit (Tahrirlash)

  3. View (Ko‘rinish)

  4. Project (Loyiha)

  5. Format (Format)

  6. Debug (Rostlash)

  7. Run (Ishga tushirish)

  8. Query (So‘rov)

  9. Diagram (Diagramma)

  10. Tools (Servis)

  11. Add-Ins (Sozlash)

  12. Window (Oyna)

  13. Help(Yordam)

Asosiy menyuning ko‘pchilik buyruqlari Windows ilovalarida ishlatiladi (masalan, Microsoft Word yoki Microsoft Excel). Shu sababdan ular alohida ko‘rib chiqilmaydi. Zarur bo‘lgan tushintirishlar materiallarni yetqazib berish jarayonida beriladi.

Menyu pastida joylashgan, ko‘piroq ishlatiladigan buyruqlar menyu standart asboblar panelida kichik rasmchali tugmalar shaklida tasvirlangan.


Standart asbob-uskunalar paneli


Standart asboblar paneli asossiy menyu ostida joylashgan. Asboblarning standart panelida ko‘p ishlatiladigan menyu buyruqlarini chaqirish uchun tugmachalar joylashgan.

Standart asboblar panelining ko‘pchilik tugmachalari tavsiyalari boshqa Windows ilovalari tavsiyalari bilan mos keladi. Qator tugmachalar visual dasturlash muhitining o‘ziga xos maxsus funksiyalarni bajaradi (masalan, Menyu Editor (Tahrirlagich menyusi) yoki Toolbox (Boshqarish elementlari paneli)). Quyida standart panelning tugmachalarining tavsiyalari jadvali keltirilgan.



Asbob-uskunalar standart panelining tugmachalari


Tugma

Nomi

Tavsiya qilinishi



Add Standard EXE Project (Standart loyiha qo‘shish)

Standart exe-loyiha qo‘shadi



Add Form (Forma qo‘shish)

Loyihaga formani qo‘shadi



Menu Editor (Tahrirlash menyusi)

Tahrirlash menyusini chaqiradi






Start (Ishga tushirish)

Dasturni ishga tushiradi



End (Yakunlash)

Dastur bajarilishini yakunlaydi



Break (To‘xtatish)

Dastur bajarilishini to‘xtadadi



Project Explorer (Loyihalar sharhlovchisi)

Loyihalar sharhlovchisining oynasini ochadi



Properties Window (Xususiyatlar oynasi)

Xususiyatlar oynasini ochadi



Form Layout Window (Forma maketi oynasi)

Forma maketi oynasini ochadi



Object Browse1.2.3. r (Ob’yektlar brauzeri)

Ob’yektlar brauzeri oynasini ochadi



Toolbox (Boshqarish elementlari paneli)

Boshqarish elementlari panelini ochadi



Data View Window (Ma’lumotlarni ko‘rish oynasi)

Ma’lumotlarni ko‘rish oynasi ochadi



Visual Component Manager (Vizual komponentlarini boshqarish)

Visual Component Manager vizual komponentlarini boshqarish oynasini ochadi

Forma konstruktori oynasi

Ilovalarni vizual loyihalashda forma konstruktori oynasi asosiy ishchi oyna hisoblanadi (5-rasm). Bu oynani chaqirish uchun asosiy menyuning View (Ko‘rinish) menyusidagi Object (Ob’yekt) buyrug‘i yoki loyihalar sharxining Forms guruhidagi ob’yektning kontekst menyusining View Object buyrug‘i tanlanadi.

Formalar konstruktori oynasidagi barcha formalar va ilova ob’yektlari ishlab chiqiladi. Formadagi ob’yektlarning aniq pozitsiyalarini anishga imkon beradigan to‘r hosil bo‘ladi.

Formaning va sichqonchaning ajratgich markerinidan foydalanib oynadagi formaning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Formaning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini markerga o‘rnatish kerak, u ikki yo‘nalishli strelka ko‘rinishiga ega bo‘lganda uni talab etilgan o‘lchanlargacha siljitiladi.

Boshqarish elementlari paneli

Boshqarish elementlari paneli – bu ilova formasini visual ishlab-chiqishda asosiy ishchi asbobi hisoblanadi (6-rasm). Boshqarish elementlari paneli View (Ko‘rinish) menyusidagi Toolbox buyrug‘ini tanlash orqali chaqiriladi. Bu panelni chaqirishning yana bir usuli standart asboblar panelining Toolbox tugmasi bosiladi.

Boshqarish elementlar paneli tarkibiga formani boshqarishning asosiy elementlari – belgilar, matnli maydonlar, tugmalar, ro‘yxatlar va forma maketini tezroq visual loyihalash uchun boshqa elementlar kiradi.

Boshqarish elementlari paneli tugmalari



Tugma

Nomi

Tavsiya etilishi



Pointer (Ko‘rsatkich)

Sichqoncha markerini (ko‘rsatkichini) pozitsiyalash uchun ishlatiladi



PictureBox (Grafik oyna)

Guruhga elementlarni birlashtirish uchun, unga grafik tasvirlarni, matnni, grafik elementlarni va animatsiyani chiqarish uchun mo‘ljallangan grafik oynani formaga joylashtiradi.



Label (Belgi)

Formaga matnli axborotlarni, yozuvlarni va eslatmalrni chiqarish uchun mo‘ljallangan ob’yektlarni joylashtiradi.



TextBox (Matnli maydon)

Formaga matnli axborotlarni, sonlarni va vaqtlarni kiritish uchun foydalaniladigan matnli maydonlarni joylashtiradi.



Frame (Ramka)

Ob’yektlarni mantiqiy guruhga oladigan sarlavhali ramkani formaga joylashtiradi.



CommandButton (Boshqarish tugmasi)

Formaga initsiyatsiya qilish, buyruqlarni bajarish, dasturni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan boshqarish tugmalarini joylashtiradi.



CheckBox (Bayroqcha)

Dasturning bajarilishi uchun shartlarni shakllantirish yoki “ha/yo‘q” tamoyilida ishlovchi qandaydir sozlashlar uchun bayroqchalarni formaga joylashtiradi.



OptionBufrton (O‘chirib-yondirg‘ich)

Ishlash rejimini tanlash yoki dasturning bajarilishini sozlash uchun o‘chirib-yondirg‘ichlarni formaga joylashtiradi.



ComboBox ( Ro‘yxatli maydon)

Formada bir vaqtning o‘zida kiritish maydonidan va ochilib-yopiluvchi ro‘yxatdan tashkil topgan ob’yektni yaratadi.



ListBox (Ro‘yxat)

Formada tavsiya etilgan ro‘yxat qiymatlarining bittasini yoki birnechtasini tanlash uchun mo‘ljallangan ro‘yxat yaratadi.



HScrollBar (Gorizantal chizg‘ich)

Formaga berilgan diapazondagi qiymatni tanlash uchun siljitgich sifatida ishlatiladigan gorizontal kesmani joylashtiradi.



VScrollBar (Vertikal chizg‘ich)

Formaga berilgan diapazondagi qiymatni tanlash uchun siljitgich sifatida ishlatiladigan vertical kesmani joylashtiradi.



Timer (Taymer)

Formaga taymerni joylashtiradi.



DriveListBox (Qurilmalar ro‘yxati)

Formada qurilmalar ro‘yxatini yaratadi.



DirListBox (Papkalar ro‘yxati)

Formada papkalarning daraxt ko‘rinishini yaratadi.



FileListBox (Fayllar ro‘yxati)

Formada fayllar ro‘yxatini yaratadi.



Shape (Shakl)

Formada geometrik shakllarni – to‘g‘riburchaklik, kvadrat, aylana, ellips, doira, aylana burchakli to‘g‘riburchaklik va kvadrat yaratadi.



Line (Chiziq)

Chiziqlar yaratadi.



Image (Tasvir)

Formaga grafik tasvirlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan maydon yaratadi.



Data (Ma’lumotlar)

Formada yozuvlar bo‘yicha siljishlar va navigatsiya natijasini tasvirlash uchun ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni boshqarish elmentlarini yaratadi.

Xossalar oynasi

Xossalar oynasi (Properties) forma va unga joylashtirilgan ob’yektlarning xossalarini sozlash va tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Unga, masalan, belgilab olingan ob’yekt xossasi formadagi joylashgan pozitsiyasi, balandligi, kengligi, rangidan tashkil topgan

Xossalar oynasidagi Caption xossasiga «Yozuv matnini o‘zgartirish» tugmasining sarlavhasini kiriting. Sarlavhani bosish jarayonida & bеlgi maxsus qiymatga ega va aks ettirilmaydi. ALT tugmasi va tagi chizilgan bеlgi yordamida siz ob’yеktni sichqonchasiz tanlash imkoniga ega bo‘lasiz. Bu tugmalarning ekvivalеnt kombinatsiyasi dеyiladi.

Mavzu yuzasidan savollar:



  1. VBA dasturining interfeysi haqida gapiring.

  2. VBA dasturi elementlarini izohlang.

  3. VBA dasturi bilan ishlash jarayonini izohlang.

A d a b i y o t l a r

  1. Karimov I.A. ”Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,Ozbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari.- .-T.O`zbekiston. 2009y.

  2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.-Prezident I.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so`zi,30.01.2010.

  3. KarimovI.A.”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.-T.Ma’naviyat.2008y.

  4. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatinibarpo etish-ustuvor maqsadmizdir.- Prezident I.Karimovning O`zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so`zi,2010 yil 28 yanvar.

  5. A.Abduqodirov, A. Xaitov, R.Shodiyev. Axborot texnologiyalari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.- Toshkent.: O’zbekiston, 2001 y.

  6. U.Yu.Yuldashev, R.R. Boqiyev, F.M Zokirova. Informatika. Toshkent- 2002 y.

  7. M.Aripov va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari. Toshkent- 2004 y.

  8. T.X.Xolmatov. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. Toshkent- 2000 y.

  9. N.V.Makarova. Informatika. Darslik. Toshkent- 2005 y

  10. S.Qosimov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Toshkent-2005 y.

  11. A.Sattorov. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi Access (Windows 9x/2006). Toshkent-2006 y.

  12. F.Zokirova va boshqalar. Informatika va AT. Toshkent. Aloqachi-2007 y.

Q o’ sh i m ch a a d a b i y o t l a r

  1. Eshqobilov S.L. “Internet- axborot qidiruvi”. T.:”Fan”.2006.

  2. T.N. Nishonboyev “Windows, Word va Internet tizimlarida ishlash” .T.: “Akademiya”.2002y.

  3. Компьютерные сети. Учебный курс: Официальное пособие Microsoft для самостоятельной подготовки. Пер. С. Англ-е изд., испр. И доп.- М; «Русская редакция», 1999 -586-стр.

  4. С.Симонович, Г.Евсеев, А.Алексеев. Специальная информатика – учебное пособие. М.: Аст-Пресс: Инфорком-Пресс, 1999 г.

  5. Ш.Назиров. Дастурлаш тиллари. Тошкент – 2007 й.

  6. П.В.Храмсов. Основы Web технологии. Курс лекций. М. 2003. Интернет.

  7. А.Саратовская, Л.Набиулина. Основы HTML. Ташкент. Алокачи. 2007 г.

  8. Е.А.Роганова, Н.А. Рогановой. Практическая информатика. Часть I, II. http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html

  9. E.А.Роганова. Основы информатики и программирования. http://www.ctc.msiu.ru/materials/CSBook/A5book.tgz




Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 288.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik