Ma’ruza№1 Informatika va at fanining maqsad va vazifalari. Zamonaviy axborot texnologiyalar haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi



Download 288,88 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2017
Hajmi288,88 Kb.
#882
  1   2   3   4
Ma’ruza№ 1

Informatika va AT fanining maqsad va vazifalari. Zamonaviy axborot texnologiyalar haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi

Reja:


  1. Informatika va AT fanining maqsad va vazifalari

  2. Zamonaviy axborot texnologiyalar haqida umumiy tushuncha

  3. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi

Tayanch tushunchalar:Axborot texnologiyalari, tushunchasi va ularning turlari. Vatanimizda informatika faning holati va rivojlanish istiqbollari. Informatikaning tuzilmasi. Axborotni o’lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantic va pragmatic o’lchovlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy-mantiqiy asoslari. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi. Kompyuterlarning rivojlanish yo’nalishlari
1, Insoniyatning tabiatni o`zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to’plashi axborotni o`zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo’lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo’lishi axborotni o’rganish bilan bog`liq ekan.

Axborot lotincha “informatio” so’zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma'lumot ma'nosini anglatadi.

Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:

a) axborotning reprezentativligi — ob'ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.

b) axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.

v) axborotning yetarliligi (to’laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, lekin etarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya'ni etarli bo`lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo`lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.

g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.

d) axborotning o’z vaqtidaligi — uning avvaldan belgilab qo`yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.

e) axborotning aniqligi — olinayotgan axborotning ob'ekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.

j) axborotning ishonarliligi — axborotning real mavjud ob'ektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.




Сиз учун мухим булгна ахборотнинг сифат курсатикичини аникланг




z) axborotning barqarorligi — axborotning asos qilib olingan ma'lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta'sir qilishga qodirligini aks ettiradi.

Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, o`nga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo`lgani uchun axborotlarning tasnifi ham o’ziga xosdir. Jumladan, informatikada analogli va raqamli axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a'zolari analogli (uzluksiz) axborot bilan ish ko’rishga moslashgan bo`lsa, xisoblash texnikasi asosan raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.

Informatika deganda har bir odam so’z qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsa, hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, uning xususiyatlari va boshqalar haqida borishligini xayoliga keltiradi. Lekin bu axborot qanday olingan? U qaerda va qanday saqlanadi? O`nga qanday yo’l topish mumkin? — degan savollarning paydo bo’lishi o’rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o’zgarishiga, uning fan-texnika sohasidagi taraqqiyotiga qarab o’zgarib turadi.

Informatika atamasi lotincha informatio so’zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.

Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob'ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o’zgartiruvchi, o`zaro bog`liq ma'lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Shuning uchun informatikaga qo`yidagicha ta'rif berish mumkin.

Informatika — axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, o`nga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.

Ushbu ta'rifdan ko`rinib turibdiki, informatika qo`yidagi savollarga javob beradi:

I. Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerak?

II. Axborotga qanday ishlov berish va qanday qilib inson uchun qo’lay ko’rinishga keltirish kerak?

III. Axborot texnologiyalarini yuqori samara bilan qanday ishlatish mumkin?

IV. Yangi axborot texnologiyalari vositalarini yaratish uchun boshqa fan yutuqlaridan qanday foydalanish kerak?

V. Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday boshqarish kerak? 

Kompyuter (inglizcha kompyuter – “hisoblovchi” ma’nosini bildiradi)ning yaratilishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o’zgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy hisoblash texnikasidan unumli foydalanishga va informatika fanini mukammal o’rganishga chorlaydi.

IBM PC kompyuterning asosiy

qurilmalari

Dastlabki EHM larning yratilishi davrida, mashxur matematik Jon fon Neyman 1945 yildayoq kompyuter qurilmalari ma`lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda unversial va maqbul bo`lishi kerakligi aytib o`tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman prinsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur prinsp asosida ishlaydi. Fon Neyman prinsipiga ko`ra kompyuter quyidagi qurillmalardan tashkil topgan bo`lishi lozim(1-rasm):



  • Arifmetik-mantiqiy qurilma - arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.

  • Boshqarish qurilmasi – dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi.

  • Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma`lumot yoki dasturlarni o`zida saqlaydi.

  • Tashqi qurilmalar – ma`lumotlarni kiritish va chiqarishni ta`minlaydi.

IBM PC kompyuteri quyidagi uchta asosiy qismidan:

Monitor (displey) – matnli yoki grafik ko`rinishidagi ma`lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi;

Klaviatura – belgilarni kompyuterga kiritishda ishlatiladi;

Tizimli qism–kompyuterishini boshqarishni ta`minlaydigan asosiy qism hisoblanadi;

Tizimli qism tarkibiga quyidagilar kiradi:

Mikroprotsessor – kompyuterning “miya”si. Kompyuterga kiritiluvchi buyruqlar majmuasini, ma`lumotlar almashinuvini ta`minlash va hisoblashni bajaradi.

Joriy xotira – kiritiluvchi ma`lumot va dasturlarni xotirada saqlaydi.

Qattiq magnitli disk (vinchester) yoki yupqa disket jamlovchilarni ma`lumotlarni o`qish va yozishni ta`milaydi.

Monitor (displey) – matnli yoki grafik ko`rinishdagi ma`lumotlarni ekranga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilma hisoblanadi.

Monitor bevosita videodaptapter qurilmasi boshqaruv asosida matnli yoki grafikli rejimida ishlaydi.

Matnli rejimda kompyuter ekrani 25 satr va 80 ustunga bo`linadi. Hozirgi paytga kelib satrlar soni ekranda 50 taga oshirilishi mumkin. Grafikli rejimda esa ekran televizor ekrani kabi u yoki bu rangga ega bo`lgan nuqtalar majmuasi (mozaika) gab o`yaladi. Bu nuqtalar soni va rang-baranglik darajasi kompyuterda ishlatilayotgan adapterlarning turiga bog`liq bo`ladi. Ayni vaqtda EGA (Enhanced Graplic Adapter – imkoniyatni keng grafikli adapter), VGA (Video Graphic Array – videografik matritsa), SVGA (Super VGA) turli rangli monitorlar nihoyatda keng tarqalgan. Bu adapterlar yordamida ekranda 256 xil rangli 800x1300 tagacha bo`lgan nuqtalarni hosil qilishimiz mumkin.

Klaviatura – kompyuterga har xil belgilarni kiritishni ta`minlaydi va foydalanuvchi kompyuter ishini boshqarishda ishlatiladi. Klaviatura tugmalari oddiy, boshqaruvchili va vazifali bo`ladi. Oddiy tugmalar faqat bir belgili xotiraga kiritish uchun xizmat qiladi. Vazifali (F1-F12) tugmalar joriy dastur muhitiga muvofiq ravishda vazifasi turlicha bo`lishi mumkin. Boshqaruvchi (Alt, Shift, Ctrl) tugmalar klaviatura tugmalari vazifasini qozgartiradi.

Qo`shimcha qurilmalar

Kompyuterning funksional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida uning tizimli qismiga ayrim qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.

Bunday qurilmalar tarkibiga quydagilar kiradi:


  • Printer (bosmaga chiqarish qurilmasi) – matnli yokigrafik ko`rinishdagi ma`lumotlarni qog`ozga chiqarish uchun mo`ljallangan.

  • Sichqoncha” – ma`lumotlarni kompyuterga kiritishni yengillashtiradi.

  • Modem telefontarmoqlari orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lumotlar almashinishda ishlatiladi.

Kompakt disk uchun disk yurituvchi (diskovod) – ma`lumotlarni kompakt disklardan o`qish yoki unga yozish imkonini beradi.

Skayner – grafik, chizma va rasm ko`rinishdagi ma`lumotlarni kompyuter ekraniga tasviriy ravishda ko`cherish imkonini beradi.

Strimer – ma`lumotlarni magnit lentalarida saqlash uchun xizmat qiladi.

Ovozli xarita – ovoz (musiqa, ovoz va h.k.) yozish va eshitishni ta`minlaydi.

Ayrim qo`shimcha qurilmalar hususida keyinchalik batafsilroq ma`lumotlar keltiriladi.

Kompyuterga ulanadigan qurilmalar

Kompyuterning imkoniyatlari nafaqat ma`lumotlarni qayta ishlash, kiritish yoki chop qilish bilan chegaralanadi, balki ma`lumotlarni saqlash, qidirish-chiqarish va qayta ishlashda turli xil ulanadigan qurilma ishlatilganda yaqqol seziladi. Xususan, kompyuterdan foydalanuvchi ko`pchilik zamonaviy dasturlarda ishlash (MS WORD, Excel2000, Paint v boshqa dasturlarda) jarayonida “sichqoncha” dan foydalanishi ish jarayonini o`ta osonlashtiradi. Ayrim kompyuterlarda “sichqoncha” o`rniga trekbol,trekpoynt kabi qurilmalar ishlatiladi. Ularning funksiyasi “sichqoncha” kabi bo`lib, ularni ham ishlatish foydalanuvchi zimmasida qoladi.

Kompyuterga ulanadigan qurilmalardan yana biri yumshoq disk yurituvchilari (diskovod) bo`lib, u deyarli barcha kompyuterlarda (tarmoqlarda ishlaydiganlari bundan mustasno) hech bo`lmaganda bitta o`rnatilgan bo`ladi. Disk yurituvchi disketlardagi ma`lumotlarni o`qish va unga yozishda ishlatiladi. Keng tarqalgan disketlar odatda 3,5 yoki 5,25 dyuym hajmda bo`lib, mos holda uch dyuymlik va besh dyuymlik disketlar deb yuritiladi.

Disketlar ularga yoziladigan ma`lumotlarning hajmi bilan bir-biridan farqlanadi. Odatda uch dyuymlik disklarga 1,44 Mbayt hajmli, besh dyuymlik disketga 360 Kbayt va undan ko`p hajmli ma`lumotlar yozish mumkin. .

Monitorlar rangli yoki rangsiz (monoxron) bo`lib, ular bir-biridan o`lchovi bo`yicha farqlanadi. Monitorlarda tasvirlar gorizontal va vertikal bo`yicha 640x480 nuqtadan 1600x1280 nuqtagacha bo`lishi mumkin.

Qattiq disk (Vinchester) – kompyuterda ishlash jarayonida ishlatiladigan ma`lumotlarni doimiy xotirada saqlash uchun ishlatiladi.

Kompakt disk uchun disk yurituvchilar kompakt diskdan maxsus ma`lumotlarni, ovozli xotiralarni, o`yinlarni, ma`lumotlarni o`qish uchun mo`ljallangan. Kompakt disk hajmi 640 Mbaytgacha bo`lib, unga ma`lumotlar oldindan yozilgan bo`ladi.

Strimer – magnitli lentalar kassetaga ma`lumotlarni yozish qurilmasi.

Qattiq diskdagi ma`lumotlar nusxasini olib qo`yish uchun strimer keng ishlatiladi. Strimerlar bir-biridan hajmi bilan farq qiladi, ya`ni bitta kassetada hajmi 20 Mbaytdan 40 Gbaytgacha ma`lumot yozish mumkin.

Printer (chop etish qurilmasi) – har xil (matnli, grafik yoki rasm) ma`lumotlarni qog`ozga (zarur hollarda plyonkaga) chop qilish uchun xizmat qiladi. Printer qurilmasida ma`lumotlarni oq-qora rangda yoki rangli tarzda chop qilish mumkin. Shu bois printerlar bir-biridan farq qiladi. Printerlarning yuzlab turlari mavjud bo`lib, ularning odatda matritsali (nuqtali matritsa), purkagichli (struyniy) va lazerli turlari keng tarqalgan.

IBM PC kompyuteri uchun matritsali printerlar chop etiladigan ma`lumotlarni nuqtalardan yasaydi, shu bois uning chop qilish sifatida zikr etilgan boshqa turdagi printerlarga nisbatan past bo`ladi.

Purkagichli printerlarda ma`lumotlar maxsus siyohdonlar yordamida siyoh tomchilarini purkash orqali chop qilinadi.

Lazerli printerlar chop qilish sifatida yuqori bo`lgan ma`lumotlarni maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki ayrimlarini rangli chop qilish imkoniyatiga ega.

Modem telefon tarmog`I orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lum almashish imkonini beruvchi maxsus qurilmadir.

Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo`lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma`lumotlarni kompyuterlarari almashish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko`pchilik modemlar fak-modemlar bo`lib, ularning ayrimlari, ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki (electron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo`lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma`lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma`lumotni uzatish imkoniyatiga ega.

Multimedia – tasvirli ma`lumotlar bilan ishlashga qodir bo`lgan vosita hisoblanadi. “multimedia” so`zi lotincha media so`zidan olingan bo`lib, “ma`lumot tashuvchi vosita” degan ma`noni anglatadi. Multemediali kompyuterlar so`z, musiqa va boshqa ovozli ma`lumotlar, video ma`lumotlar qabul qiladi va ular ustida ishlaydi.

Multimediali kompyuterlar albatta kompakt disklar uchun maxsus disk yurituvchilar, ovozli xaritalarga ega bo`lishi kamida Pentium (75Mgts yoki 486Sx) 25Gts tezlikdagi mikroprotsessor, joriy xotirasi 4Mbayt va qattiq disk hajmi 160 Mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizimga ega bo`lishi kerak.

Nazorat savollari:


  1. Informatika qanday fan?

  2. Axborot haqida ma’lumot bering?

  3. Shaxsiy komyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalariga izoh bering.



Ma’ruza№ 2

Kompyuterning sistemaviy dasturiy ta’minoti. Operatsion sistema va uning turlari. Windows-zamonaviy axborot texnologiyalarining operatsion sistemasi.
Reja:

  1. Kompyuterning sistemaviy dasturiy ta’minoti. Operatsion sistema va uning turlari.

  2. Windows-zamonaviy axborot texnologiyalarining operatsion sistemasi.


Tayanch tushunchalar: dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari. Dasturiy mahsulotlar,ularning asosiy tavsiflari va klassifikatsiyasi. Operatsion sistema nima? Windows operatsion sistemasi va uning turlari ( Windows 3.1, Windows 97, Windows 98, Windows NT va boshqalar)

Kompyuter dasturlari

Kompyuterda mavjud dasturlarni uchta turga bo`lish mumkin.

a) amaliy dastur – foydalanuvchi bevosita ishlashi uchun mo`ljallangan dasturlar, masalan, matn va rasm muharrirlari va h.k.;

b) tizimli dasturlar – kompyuter qurilmalarining ishchi holatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar;

v) instrumental qismlar – kompyuter uchun yangi dasturlar tuzishni ta`minlah tizimi.

IBM PC kompyuteri uchun yuz minglab har xil maqsadda ishlatiladigan amaliy dasturlar yaratilgan va ulardan samarali foydalanib kelinmoqda. Xususan, matn muharrirlari (WORD, LEXICON, WD, ChiWriter), jadvalli ma`lumotlarni qayta ishlash (Super Cslc, Excel va h.k.), ma`lumotlar bazasini yaratish (KAPAT, dBASE, Acess va h.k.), ko`rgazmali qurollar tayyorlash (slayd-shou) dasturlari, moliya-iqtisod maqsadida ishlatiladigan dasturlar (C – 1 ish haqini hisoblash dasturlari), multifilm va videofilmlar yaratish uchun ishlatiladigan dasturlar, avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlari (Avto cad, Paint – inshoot qismlarini chizish va loyihalash), kompyuter o`yinlari, o`qituvchi dasturlar, ma`lumot tizimlari va h.k. maqsadda ishlatiladigan dasturlar mavjud.

Tizimli dasturlarning keng sinfi qobiq dasturlar bo`lib, u foydalanuvchining kompyuter bilan qulay va yaqqol muloqotini ta`minlaydi. Xususan, Noton Commander qobiq dasturi, Windows 3.1 va Windows 95, Windows 98 uchun qulay qobiq dasturlari shular jumlasidandir.

Tizimli dasturlarning asosiy sinfi bu drayverlar bo`lib, u operatsion tizim bilan, xususan tashqi yoki ichki qurilmalar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Tizimli dasturlar tarkibiga yordamchi ayrim dasturlarni, masalan, antivirus, arxivator, kompyuterni diagnostika qilish, diskka joylarni maqbullashtirish dasturlari ham kiradi.

2. Windows operatsion tizimi Microsoft firmasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar turidagi kompyuterlar uchun maxsus yaratilgan dastur bo’lib, uning foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan imkoniyatlari mavjud. Tizim ko’magida NC dasturi kabi fayl va katalog yaratish, nusxa olish, qayta nomlash, o’chirish, matnli fayllarni chop qilish, bir vaqtda bir nechta katalog va fayllar majmuasi bilan yaqqol grafik rejimida ishlash mumkin.

Windows qobig’i oldingi qobiqlardan o’zining yaratilgan imkoniyatlari bilan farq qiladi. Windows so’zi oyna ma’nosini anglatadi. Hozirgi paytdagi Pentium rusumli kompyuterlar to’g’ridan-to’g’ri Windows qobig’i yuklatilgan bo’lib, kompyuter yoqilishi bilan bevosita ishga tushadi. Dasturdan chiqish uchun Пуск tugmasining Завершеные работы bandiga kirib, u erda kompyuterni o’chirish, qaytadan ishga tushirish yoki kompyuter ishlashini vaqtincha to’xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. «Alt-F4» tugmachalarni birgalikda bosib dasturdan chiqish ham mumkin, bunda chiqish haqidagi kompyuter so’roviga OК ni sichqoncha ko’rsatgichi bilan tanlab javob berish lozim.

Windows ish stoli va uning yorliqlari.

Dastur yuklangandan keyin ekranda Windows dasturining ta’minlash darchasi «Ish stoli» hosil bo’ladi Ish stolida tizim va amaliy dasturlarga mos keluvchi yorliqlarning turli ko’rinishlari hosil bo’ladi:

Mening kompyuterim (Мой компьютер) – disklar bilan ishlash, kompyuterni va tashqi qurilmalarni sozlash kabi vazifalarni bajaradi.

Mening hujjatlarim (Мои документы) - foydalanuvchining amaliy dasturlarda ishlangan hujjatlari jamlanadi.

Boshlovchi (Проводniк) – fayl va kataloglar ustida amallar, fayllarni izlash va ishga tushirish kabi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.

Портфель- Internet tizimida foydalanish uchun tanlangan hujjatlar saqlanadi.

Корзина – keraksiz dasturlar, fayllar va kataloglar uzil-kesil yo’qotilishi oldidan vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan dastur.

Ish stoliga yangi jild yoki yorliqlarni qo’shish uchun sichqonchaning o’ng tugmasi biror bo’sh joyda bosiladi va hosil bo’lgan muloqot darchasidan «Создать» bandi faollashtiriladi. Natijada hosil bo’lgan ikkilamchi muloqot darchasidan kerakli bo’limi tanlab olinib, tizim ko’rgazmasi bo’yicha yangi yorliq yoki jild ish stolida hosil qilinadi. So’ngra jildlarda fayllar ustida amallar bajarish, yoriqlar orqali kerakli vazifani amalga oshirish mumkin.


Nazorat savollari:

  1. Windowsning ish stoli haqida ma’lumot bering?

  2. yorliq qanday yaratiladi?

  3. korzina nima?

  4. «мой компьютер» ilovasi haqida ma’lumot bering?

Ma’ruza№ 3

Arxivlashtirish dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar.

Reja:


  1. Windows tizimida fayllarni arxivlash.

  2. Arxivlash dasturlari: Winrar, Winzip

  3. Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish.

  4. Virusga qarshi dasturlar. Kaspersky Anti-Virus, Norton Anti-Virus.


Tayanch tushunchalar: Chuvalchang dasturi, troya dasturi, mutantlar, makrovirus, tarmoq chuvalchangi, global tarmoq, operasiyaviy tizim, algoritmining ishlash xususiyatlari, faylli virus, yuklanuvchi virus, faylli parazit turi, makrotil, antivirus skanerlari, o`zgarish taftishchilari
1. Kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan ma’lumotlar hajmi ko`payishi boshlangan. Shu sababli yoki kompyuter xotirasini ko`paytirish yoki ma’lumotlar hajmini kamaytirish extiyoji paydo bulgan.

Arxivator dasturlar - bu kompyuterdagi ma’lumotlar hajmini o’zgartirib maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar. Ular hajmni o’zgartirish tezligi va sikish xolatlari bilan ajratiladi. Eng taniqli arxivator dasturlar bu ARJ, RAR va ZIP - UNZIP. Hajmi o’zgargan ma’lumotlar saklovchi fayl - arxiv deb nomlanadi. Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat bo`ladi. Uning turi esa asosan 3 harfdan iborat bo’lib, uqaysi dasturda yaratilganligini kursadi. Masalan: kitob.arj yoki dastur.rar.

Arxiv fayldagi ma’lumotlarni ko’rish va ishga tushirish uchun biz shu arxivni arxivator dasturi yordamida ochishimiz zarur. Ammo shunday arxivator dasturlar haqida mavjud, ular arxivlardagi ma’lumotlar bilan arxivni ochmasdan ishlash imkoniyatini yarata oladilar (ZIPMAGIC dasturi).

Birinchi bo’lib eng tanikli ARJ arxivator dasturi bilan tanishamiz. Ush bu arxivator bita fayldan iborat - ARJ.EXE . ARJ arxivatorni umumiy ko`rinishi:

ARJ komanda -rejim arxiv fayl nomi fayl nomi

Bu yerda arxiv fayl nomi - ma’lumotlar hajmi o’zgartirilib joylanishi kerak bulgan arxiv faylgacha tulik yul yoki agar fayl shu papkada bulsa u xolda arxiv fayl nomi. Fayl nomi esa - hajmi o’zgarishi kerak bulgan fayl yoki fayllar nomlari. Agar ko`rsatilgan nomli arxiv fayl topilmasa, u xolda yangi arxiv fayl yaratiladi. Komanda va rejim - bu lotin harflar, ular ma’nosi qo`yidagi jadvalda ko`rsatilgan:




buyruqlar:

A - arxivlash (arxivga fayl nusxasini qo`shish).

E -arxivdan tiklash

L -arxivdagi fayllar haqida ma’lumot kursatish

T -arxivni tekshirish

D - arxiv ichida o`chirish

X -arxivdan tulik yo`l bilan tiklash

Rejimlar:

D - arxivga (nusxasini emas) ko`chirib olish

JYO - Hamma fayllarni arxivdan tiklash

R - katalog va podkataloglar bilan arxivlash.

N - faqat yangi fayllarni arxivga qo`shish

VV hajm - ko`p kismli arxiv yaratish

V - ko`p qismli arxivni tiklash

G parol - parol bilan arxivlash

U - faqat o’zgarilgan fayllarni arxivlash


Buyruqlar satrida * va ? belgilar bilan foydalanishiz mumkin. SHunda * - bir nechta no’malum harf va belgilar uchun, ? - esa bitta no’malum harf yoki belgi uchun qo`yilishi mumkin.

Misol : ARJ A -R MYGAME.ARJ *.*

Shu katalogdagi barcha fayl va pakalarni MYGAME.ARJ arxivga qo`shish

Misol : ARJ E -R MYGAME.ARJ

Shu MYGAME.ARJ arxivdagi barcha fayl va pakalarni shu arxiv fayl papkaga ochib chiqarish.

Endi boshqa tanikli arxivator dasturi ZIP bilan tanishamiz. Ushbu arxivator ikkita fayldan iborat bo’lib ulardan biri ZIP - arxivlarni yaratadi, ikkinchisi esa UNZIP - arxiv fayllarni ochadi. ZIP arxivatorni umumiy ko`rinishi:

ZIP - rejim arxiv fayl nomi fayl nomi

UNZIP - rejim arxiv fayl nomi

Rejimlar:

M -arxivlash (arxivga kuchirib olish).

O - arxivdan Hamma fayllarni tiklash.

N - o’zgargan fayllarni faqat

RP - katalog va podkataloglar bilan

Yuqorida ko`rsatilgan dasturlar MS-DOS operatsion tizim uchun mo`ljallangan bo’lib ularda ishlash juda murakkab. Ammo ush bu dasturlarning Windows operatsion tizim uchun mo`ljallangan versiyalari haqida mavjud. Ular oson va bir xil foydalanuvchi interfeysi va yangi imkoniyatlari bilan farklanadi. Ush bu dasturlar nomi haqida arxivatorni ko’rsatib turadi. Masalan WINZIP, WINRAR, WINARJ yoki ZIPMAGIC. Arxiv fayl nomi esa endi 8ta harfdan oshirilishi mumkin.

Windows uchun yaratilgan arxivator dasturlanning biri bilan tanishaylik. Ushbu dastur nomi WINRAR bo’lib, u yordamida siz RAR haqidada ZIP formatli arxivlarni yarata olamiz va ular bilan ishla olamiz. WINRAR dasturini ishga tushirish uchun Pusk menyusining Programmы bulimida WINRAR guruhini tanlab uning ichida WINRAR programmasini ishga tushiramiz.

Natijada shu dastur oynasi hosil kilinadi. Ushbu oyna har bir WINDOWS oynasiga uxshab standart interfeysga ega : NOM SATRI (dastur va arxiv fayl nomlari haqidada oynaning asosiy 3 tugmalari kursatiladi), MENYU SATRI (dasturning Hamma buyruqlari joylashgan menyu satri), ASBOBLAR PANELI (asosiy buyruqlani bajarish uchun mo`ljallangan tugmalar), ISH SOHASI (ishchi papka va u ichidagi ma’lumotlar), YORDACHI MA’LUMOTLAR SATRI (arxidagi fayllar soni va ular haqida ma’lumot).

Ushbu dasturda ishlash uchun biz asboblar panelidagi yordamchi tugmalar bilan ishlashni bilishimiz kerak. Yordamchi tugmalar asosiy buyruqlarni bajarish uchun mo`ljallangan bo’lib qo`yidagilardan tashkil topgan.

Dastur yordamchi tugmalari



Add добавить Tanlangan fayllarni arxiv-faylga qo`shish. Agar yangi nom kursatilsa u xolda yangi arxif-fayl yaratiladi

View просмотр Arxiv-fayldan tiklamasdan tezkor holatda u ichidagi ma’lumotlarni ko’rish

Delete удалить Arxiv-fayl ichidagi tanlangan faylni o`chirish

Repair исправить Bгzuй yoki xatoli arxiv faylni to’zatish.

оценить Qaysi arxivator va qaysiholatda arxiv fayl hajmi minimal bo’lishini kursatish.

Extract извлечь в Tanlangan fayllarni arxiv-fayldan ko`rsatilgan papkaga chiqarish (tiklash)

Test тест Arxiv-fayldagi fayllarni xatolarga tekshirish

Find найти Arxiv faylni qidirish

Info инфо Tanlangan fayl haqida ma’lumotlarni ko’rish

Master мастер Arxivlash yordamchisini ishga tushirish

Dastur menyusi 5 bo’limdan iborat bo’lib ular Файл, Команды, Избранное, Параметры va Справка. Ushbu bo’limlar yordamida biz kerakli amallarni bajarishimiz mumkin.

Fayl menyusi

Открыт архив (CTRL + O) - Arxiv faylni ochish

Выбрать диск (CTRL + D) - Asosiy diskni o’zgartirish

Выбрать папку (CTRL + T) - Asosiy papkani o’zgartirish

Пароль (CTRL + P) - Arxiv faylga parol o`rnatish

Скопировать файлы в буфер (CTRL + C) - Tanlangan fayllarni xotiraga olish

Вставить файлы из буфера (CTRL + V) - Xotirada joylashgan fayllarni chiqarish

Выделить все (CTRL + A) - Ekrandagi barcha ma’lumotlarni tanlash

Выделить группу (+) - Ekrandagi ma’lumotlarni shart bo`yicha guruhga olish

Снять выделение ( -) - Tanlangan ma’lumotlardan shart bo`yicha guruhdan chiqarish

Инвертировать выделение (*) - Guruhdagi fayllarni guruhdan chiqarib, tanlanmagan fayllarni guruhga olish

выходь - Dasturdan chiqish

Команды menyusi

Добавить файлы в архив (ALT+A) - Tanlangan ma’lumotlrni fayllarni arxivga qo`shish

Извлечь в указанную папку (ALT+E) - Arxiv fayldagi ma’lumotlarni ko`rsatilgan papkaga ochish

Протестировать файлы в архиве (ALT+T) - Arxiv fayldagi ma’lumotlarni xatolarga tekshirish

Просмотреть файл (ALT+V) - Arxiv fayl ichini ko’rish

Удалить файл (DEL) - Fayllarni o`chirish

Переименовать файл (F2) - Fayllarni qayta nomlash

Преобразовать архивы (ALT+Q) - Arxivlash usulini o’zgartirish

Найти файлы (F3) - Fayllarni qidirish

Мастер - Arxivlash yordamchisini ishga tushirish

Показать информацию (ALT+1) - Fayl haqida ma’lumotni ko’rish

Восстановить архив (ALT+R) - Arxiv xatolarini to`g`irlash

Извлечь без подтверждения (ALT+W) - Arxivdagi Hamma fayllarni chiqarish

Добавить архивный коментарий (ALT+M) - Arxivga izox qo`shish

Добавить информацию для восстановления (ALT+P) - Arxivga izox qo`shish

Заблокировать архив (ALT+L) - Arxivga izoh qo`shish

Преобразовать архив в СФХ (ALT+X) - Arxivni SFX (avtomatlashgan) holatiga o’tkazish

Избранное menyusi

Добавить к избранному (CTRL + F) - Избранное guruhiga qo`shish

Упорядочить Избранное - Избранное guruhni saralash

Параметры menyusi

Установки (CTRL + S) - Dastur ishlash xolatlarini va xususiyatlarini o’zgartirish

Импорт/экспорт - Ko`rsatilgan faylning ishlash xolatlarini va xususiyatlarini saklash yoki kursatilagn faylga ularni kullash

Список файлов - Ekrandagi fayllar ro`yxatining ko`rinishini o’zgartirish

Просмотр протокола (CTRL + L) - Arxivlash protokolini ko’rish

Очистка протокола - Arxivlash protokolini tozalash



Download 288,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish