Jadvallar – ma’lumotlar bazasining asosiy obyekti hisoblanadi. Ularda ma’lumotlar saqlanadi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish uning jadvalini tuzish bilan boshlanadi. Jadval tuzish uchun oldin uning tarkibini aniqlash kerak bo’ladi. Jadval tarkibini tuzish uchun qanday maydonlar ishlatilishi aniqlanadi.
Masalan, talabalar to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi MB jadvalini tuzish uchun dastlab, uning tarkibi, ya’ni qanday maydonlar kerakligi aniqlanadi: – tartib raqami;
familiyasi;
ismi;
guruhi;
tug’ilgan yili;
yashash joyi;
telefoni
elektron manzili.
Jadval tarkibini tuzish uchun quyidagi buyruqlar ketma-ket bajariladi: