Laboratoriya ishini bajarish uchun namuna



Download 1,87 Mb.
Sana03.07.2022
Hajmi1,87 Mb.
#737319
Bog'liq
3D max


2-laboratoriya ishi. 3 D STUDIO MAX DASTURIDA OBYEKTLAR USTIDA BAJARILADIGAN OPERATSIYALAR VA BUYRUQLAR BILAN ISHLASH


LABORATORIYA ISHINI BAJARISH UCHUN NAMUNA:

1-topshiriq. Command panel oynasidagi standart geometrik figuralardan foydalanib, 3 o‘lchovli daraxt rasmini yaratish.


Bajarish tartibi:
1. Buyruqlar panelidan Geometry shakl belgilanadi va undan Standard Primitives bo‘limi tanlanadi. Bundan so‘ng, GeoSphere bandini belgilanadi va sichqoncha tugmasi orqali loyiha oynasida geometrik figura hosil qilinadi. Hosil qilingan geometrik figuraning parameters xossasini Radius katagiga 75 raqami kiritiladi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi (1-rasm):

1-rasm.
2. Modify bo‘limiga o‘tiladi va uning Modifier list ro‘yxatidan Noise (Shovqin) bandi tanlanadi. Uning parameters xossasining Strength bandidan koordinatalari o‘zgartiriladi (X=Y=Z=50). Seed bandiga 5 qiymati kiritilib, quyidagi shakl hosil qilinadi (2-rasm):



2-rasm.

3. Hosil bo‘lgan shakl belgilanib, Modifier list ro‘yxatidan Lattice (panjara) bandi tanlanadi va uning parameters xossasidagi Joints Only from Vertices (faqat tugunlar) faollashtiriladi. Bundan so‘ng Struts bandiga kerakli qiymatlar kiritiladi (Masalan: Radius=10). Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi (3-rasm):



3-rasm.
4. Hosil bo‘lgan daraxt shoxlariga tana hosil qilish uchun Create bo‘limiga o‘tilib, Cylinder bandi tanlanadi. Uning parameters xossasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi: Radius=35; Height=120; Height Segments= 10. Ushbu kattaliklar kiritilgandan so‘ng, sichqoncha tugmasidan foydalanib, ishchi oynada slinder hosil qilinadi (Daraxtning tanasi).
5. Hosil qilingan daraxt tanasi bilan shoxlari sichqoncha tugmasi yordamida birlashtiriladi. Bundan so‘ng, daraxt tanasi sichqoncha tugmasi yordamida va Modifier list ro‘yxatidan Stretch=1.0 va Amplify=1.0 sozlamalar tanlanadi. Natijada, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi (4-rasm):



4-rasm.

Ushbu hosil qilingan daraxtni Modifier list ro‘yxatidan foydalanib, ko‘rinishini turli shakllarga o‘tgazish hamda ranglarini o‘zgartirish imkoniyati mavjud.


LABORATORIYA ISHINI BAJARISH UCHUN NAMUNA:




1-topshiriq. Ko‘z shakli modelini hosil qilish.
Bajarish tartibi:
1.Ko‘z qorachig’i shaklini hosil qilish uchun buyruqlar panelining Geometry bo‘limidan Standard Primitives bandi tanlanadi. Bundan so‘ng, Torus bandi belgilanadi va sichqoncha tugmasi orqali loyiha oynasida geometrik figura hosil qilinadi. Bundan so‘ng, Modify bo‘limining parameters xossasidan quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi: radius 1 – 3; radius 2 – 8; Rotation – 0; twist – 0, Segments – 40; Sides – 30 kiritiladi(1-rasm):

1-rasm.


2. Undan so’ng Modify bo‘limiga o‘tiladi, uning Modifier list ro‘yxatidan Smooth bandi tanlanadi va Auto Smooth bo‘limiga bayroqcha belgisi o‘rnatiladi. Yuqorida keltirilgan amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi(2-rasm):



2-rasm.
3. Ko’z shaklini hosil qilish uchun buyruqlar panelining Geometry bo‘limidan Standard Primitives bandi tanlanadi. Bundan so‘ng, Torus bandi belgilanadi va sichqoncha tugmasi orqali loyiha oynasida geometrik figura hosil qilinadi. Hosil qilingan geometrik figuraning parameters xossasini radius 1 – 18; radius 2 – 13; Rotation – 0; twist – 0, Segments – 40; Sides – 30 kiritiladi. Undan so’ng Modify bo‘limiga o‘tiladi, Modifier list ro‘yxatidan Smooth bandi tanlanadi va Auto Smooth bo‘limiga bayroqcha belgisi o‘rnatiladi. Natijada, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi (3-rasm):



3-rasm.

4. Ko’z qobig’i hosil qilish uchun buyruqlar panelining Geometry bo‘limidan Standard Primitives bandi tanlanadi. Bundan so‘ng, Torus bandi belgilanadi va sichqoncha tugmasi orqali loyiha oynasida geometrik figura hosil qilinadi. Hosil qilingan geometrik figuraning parameters xossasini radius 1 – 38; radius 2 – 5; Rotation – 0; twist – 0, Segments – 40; Sides – 30 kiritiladi. Undan so’ng Modify bo‘limiga o‘tiladi va uning Modifier list ro‘yxatidan Smooth bandi tanlanib, Auto Smooth bo‘limiga bayroqcha belgisi o‘rnatiladi. Hosil bo’lgan shaklga Modify bo‘limiga o‘tiladi, uning Modifier list ro‘yxatidan Taper bandi tanlanadi va unga quyidagi parametrlarni o‘rnatiladi: Amount- 1,15; Curve – 0; Taper Axis parametrining Primary bandidan -Z, va Effect bandidan -X faolashtiriladi hamda Symmetry bo‘limiga bayroqcha belgisi o‘rnatiladi (4-rasm):


.
4-rasm.

5. Yuqorida keltirilgan ko‘z qobig’ini tahrirlash uchun Modify bo‘limiga o‘tiladi, uning Modifier list ro‘yxatidan Spherify bandi tanlanadi va Percent-0 parametriga o‘zgartiriladi (5-rasm):



5-rasm.

6. Tayyor bo’lgan shaklga 2 va 3-rasmda hosil qilingan shakllar birlashtiriladi. Ushbu shakllarni birlashtirish uchun sichqoncha tugmasidan foydalanilanib, quyidagilar hosil qilinadi (7-rasm):



7-rasm.
Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish