19-74 guruh talabasi adhamov inbrohimjonning sharq allomalari ilmiy merosi fanidan tayyorlagan mustaqil ish reja - 1. Mahmud az-zamxshariy hayoti va ijoid
- 2. Uning bolalik yillari va lgan bilim ko’nikmalaari
- 3. Yaratgan asarlari ga qisqacha tasnif
- 4. Mahmud –az zzamxshariyning hikmatlaridan parchalar 5.
- 5. xulosa
Mahmud –az Zamxshariy
Ilmiy meroslari
Yaratgan salmoqli asarlari
- Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag'dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san' atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o'rganishiga sabab bo'ldi. U
- mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlarni to'playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag'ishlangan "Al-Mufassal”, Qur'oni karim tafsiriga oid "Al-Kashshof asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy "Arab va g'ayri arablar ustozi”, "Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan.
- U ko'p asarlarini Makkada yozganligi uchun "Jorulloh” All ohning qo' shnisi”) degan sharafli nomga muyassar bo'ladi. Qohiradagi dunyoga dong'i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham "Al-Kashshof asosida Qur'oni karimni o'rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko'p tilli lug'at arabcha-forscha-turkiy lug' atning asoschisi bo'lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O'zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi keng nishonlandi.
Davomiy qism sifatida - Uning to’liq ismi Abul Qosim ibn Umar az-Zamahshariy 19 mart 1075 yili Xorazmning Izmiqshir qishlog’ida tug’ilgan, bolaligida varrak uchrayotganida tomdan yiqilib oyog’ini sindirgan va bir umirga nogiron (bir oyog’i singan edi) bo’lib qolgan. qvodor va dindor ayollardan bo’lgan. Uning arab grammatikasiga bag’ishlangan “Al Mufassal” kitobi o’zining darajasiga ko’ra arab olimi Sibavvaxning kitobidan keyin turadi. Hayotligidayoq uni “Butun olimlarning ustodi”, “Butun arablar va ajamning (arab bo’lmaganlar) ustodi”, “Jorulloh-Ollohning qo’shnisi”, “Xorazmning sharafi” va boshqa laqablar bilan ulug’lashgan.
- Boshlang’ich ta’limni o’z qishlog’ida olgan Mahmud keyinchalik Gurganch va Buxoro madrasalarida tahsilni davom qildirgan. Madrasani tugatganidan so’ng mustaqil mutolaa bilan shug’ullandi. U o’qishi davomida Abumuzar ibn Jarir Zabbiyo Isfaxoniy, Nosir Hosiriy, Abusa’d Zakoniy, Abulxattob ibn Abulbatir singari o’z zamonasining mashhur olimlari bilan yaqin muloqotda bo’ldi va ulardan ta’lim oldi.
- Mahmud hattotlikni puxta o’zlashtirib olib odamlarga kitoblar ko’chirib berib tirikchilik qilgan. Ilmga tashnaligidan bir joyda o’tirmas edi, doimo izlanishda bo’lgan. U o’zining nogironligiga qaramay ilm izlab Isfaxon, Xuroson, Bog’dod, Hijozda, ikki marta Makkada safarda bo’lgan. Bir necha yil Iroq va Arabiston yarim orolida yashab, yirik tilshunos olim sifatida “Asos ul-balog’a” (“Chechanlik poydevori”), “Alfoiq fi g’aribil-hadis”), (“Hadisdagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi”) kabi ajoyib asarlar yaratib arab tilshunoslik fanining rivojiga munosib hissa qo’shdi. Zamahshariy o’zining “Al-jilob valamkina valmiey” yoki “Kitobu asmo il-adviya val-jibol”, (“Tog’, manzil va suvlar” yoki “Dori-darmon va tog’larni ismlari kitobi”) kabi toponomik asarlarini yaratdi. Uning “Muqaddamat ul-arab”, (“Adabiyot muqaddimasi”), “Al-mustaqso fi amsol il arab”, (“Arab maqolalarini nihoyasiga etkazuvchi”), “Navobig ul-kalim”, (“Hikmatli so’zlar”, “Maqomat az Zamahshariy” (“Zamahshariy maqomlari”), “Atvoq uz-zaxab fil ma’vo’iz val-xutab” (“O’git va nasihatlarning oltin munchoqlari”) asari bilan adabiyotshunoslik fanini rivojlantirdi. Ayniqsa, uning keyingi asari badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi. Zamahshariyning arabcha devoni ham bo’lib, lirik, falsafiy she’rlar qasida, faxriya, marsiya va nazmiy maktublardan iborat.
- Zamahshariy umri davomida arab tili, adabiyot, tarix, geografiya, falsafa va boshqa fanlarga doir 80 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan bo’lsa-da, bizgacha faqat 50 tasi etib kelgan. Zamahshariyning “Devon ur-rasoil” (“Risolalar to’plami”), “Devonu xutab” (“Xutbalar to’plami”), “Devon ut-tamsil” (“Matal va maqollar to’plami”), “Devonu tasliyat iz-Zarip”, “Devonu risolat il-asror”, “Devonu risolat in-nosixa”, “Devonu savoir il-amsol”, “Devonu risolat il - mas’ala” va boshqa asarlarining nomlarinigina bilamiz. Uning bizgacha etib kelgan badiiy asarlaridan biri “Devon az-Zamahshariy” bo’lib ushbu devonning nodir qo’lyozma nusxasi Misr kutubxonasida saqlanadi. Zamahshariyning Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari musulmon olamida ayniqsa mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong’i ketgan “Al-Azhar” diniy universitetida talabalar Qur’onni “Al-Kashshof” asari orqali o’rganadilar. Musulmon dunyosi ulamolari Zamahshariyning “Al-Kashshof” asarini “Qur’onni ochqichi” deb ta’riflashadi va agarda ushbu asar bo’lmaganida Quronning juda ko’p sirlari ochilmagan bo’lardi deb ta’riflashadi..
- Olim oila tashvishlari ijodga halaqit beradi, deb dunyodan toq o’tgan, ammo ko’plab shogirdlari va asarlarini o’z farzandlaridek bilgan. Zamahshariy 1144 yilda 69 yoshida Xorazmda vafot qildi. 1333 yilda Xorazmni ziyorat qilgan arab sayyohi Ibn Batuta (1304-1377) Zamahshariyning maqbarasini Ko’hna Urganch yaqinida ko’rganini va uning ustiga qubba o’rnatilganini yozib qoldirgan.
- Zamahshariy ijodini o’rganishda hamda o’zbek tiliga tarjima qilishda professor A. Rustamov hamda sharqshunos U.Uvatovlarning xizmatlari kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |