Lekin shunday bo`lsada,Mahmud Az-Zamaxshariyning hayoti tarix sahifalarida, buyuk asarlari bilan o`chmas iz qoldirdi. Kelajak avlodga haqiqiy olim qanday bo`lishi kerakligini, o`zining sa’y-harakatlari bilan, ilm yo`lidagi chekkan mashaqqatlari bilan, o`z yurtidan ayro bo`lsa ham maqsadlari tomon olg`a qadam bosishi bilan ko`rsatib bera oldi. - Lekin shunday bo`lsada,Mahmud Az-Zamaxshariyning hayoti tarix sahifalarida, buyuk asarlari bilan o`chmas iz qoldirdi. Kelajak avlodga haqiqiy olim qanday bo`lishi kerakligini, o`zining sa’y-harakatlari bilan, ilm yo`lidagi chekkan mashaqqatlari bilan, o`z yurtidan ayro bo`lsa ham maqsadlari tomon olg`a qadam bosishi bilan ko`rsatib bera oldi.
- 1333- yilda Xorazmga safar qilgan, mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304-1377) “Ar-Rixla”, ya’ni “Sayohatnoma” asarida, Zamaxshariyning ustida qubbasi bo`lgan maqbarasini ko`rganligi haqida yozadi.
- Buyuk mutafakkir olim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari arab tili grammatikasi, lug`atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga doir ellikdan ortiq asarlar yozgan. Ammo ushbu asarlardan kam sonlisi bizning davrgacha yetib kelgan. Zamaxshariy hazratlari “Al-Mufassal” asarini 1121- yilda Makka shahrida istiqomat qilgan paytlari, bir yarim yil mobaynida yozib tugatgan.
- Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari xorazmshohlardan bo`lgan Alouddin Abdulmuzaffar Otsizga bag`ishlab, “Muqaddamat ul-adab” asarini yozadi. Xorazmshohlar davrida mintaqada ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiyotga erishgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa Otsiz olim, shoiru adiblarga ancha hurmat bilan qarar, o`zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotning chin ixlosmandlaridan edi. U yashagan davrda ilm-fan yuqori darajaga yetganidan bo`lsa kerak, Zamaxshariy hazratlari “Muqaddamat ul-adab” asarini unga bag`ishlab yozdi.
- Muqaddamat ul-adab” kitobi besh katta qismga bo`lingan bo`lib, o`z ichiga otlar, fe’llar, bog`lovchilar, ot o`zgarishlari va fe’l o`zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni oladi. Asar 1137- yilda yozib tugallangan.
- Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari o`z asarlarida o`sha davrdagi arab tilida iste’molda bo`lgan barcha so`zlar, iboralarni keng ochib berishga harakat qilgan. So`zlarning etimologiyasiga katta e’tibor qaratadi. Shu boisdan, Zamaxshariyning ushbu asarini, mazkur yo`nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga to`la haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy, mo`g`uliy lug`atlar kiritilgan nusxalari ham mavjud.
- Alloma Makka amiri, olim va adib Abul Hasan ibn Hamza ibn Vaxxos As-Sulaymoniy bilan do`st edi. Ibn Vaxxosdan olgan ma’lumotlariga asoslanib, Hijozga qilgan safari davomida “Kitob ul-jibol val-amkina val-miyoh”, ya’ni “Tog`lar, joylar va suvlar haqida kitob” nomli asar yozib, unda joylar, tog`lar va dengizlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
- Olim adabiyot, tafsir, hadis, fiqhga doir mukammal asarlar yaratdi.
- Allomaning “Asos ul-balog`a”, ya’ni “Balog`at asoslari” asari, asosan lug`atshunoslikka bag`ishlanadi. Ushbu asarda arab tilining mukammalligi, fasoxati borasida so`z boradi. Fikrni chiroyli tarzda ifodalash, so`z boyligidan to`g`ri foydalanish uchun kishida fasoxat, balog`at ilmlari bo`lishi kerak. Buning uchun so`zni o`z o`rnida ishlata bilish va qoidalarga muvofiq yozish ham kerak bo`lgan. Bu asarda badiiylikning asosiy qismi frazeologik so`z birikmalari va ularni amalda tatbiq etish yo`llari chuqur tahlil qiling
- Zamaxshariy hazratlarining “Robi ul-abror va nusus ul-axyor”,ya’ni “ Yaxshilar bahori va fozillar axbori” asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qo`lyozma nusxasi Toshkentda, O`zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Bundan tashqari, Leydin, Berlin kutubxonalarida ham qo`lyozmalari mavjud.
- Mahmud Az-Zamaxshariyning g`oyatda keng tarqalgan mashhur “Kashshof an xaqoiq it-tanzil va uyun laqovil fiy vujuh it-tavil”,ya’ni “Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so`zlar ko`zlarini ochish” asari Qur’on tafsiriga bag`ishlangan. “Kashshof” asarini Mahmud Az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida 1132 - yildan boshlab, 1134 - yilgacha yozib tugatadi.
- Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimiz Az-Zamaxshariy hazratlari chin ma’noda, bizlar uchun katta ibrat maktabini yaratdi. Minglab o`zbek yoshlarining qalbida ilmga bo`lgan intilishini yanada jonlantirishiga turtki bo`ladigan, benazir ilmiy meros qoldirdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ko`p allomalar qatori Az-Zamaxshariy hazratlarining nomlari ham abadiylashtirildi. U zotning yozgan asarlarini o`rganish bugungi kunimizda ham davom etmoqda.
- Nukus Muhammad ibn Ahmad al Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi Qarchiyev Oybek
Do'stlaringiz bilan baham: |