Al Xorazmiy va Al Farģoniylarning ilmiy meros
Reja:
Muso al-Xorazmiyning hayoti va ilmiy merosi.
Ahmad al-Farg’oniy hayoti, faoliyati va ilmiy merosi.
Imom al-Buxoriy va Imomning ilmiy merosi.
MUSO AL-XORAZMIY
(783-850)
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi.
Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo‘ldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni yanada taraqqiy ettirish uchun astronomiya, geodeziya, geometriya kabi fanlarni rivojlantirish za-ruriyati tug`ildi. O`sha davrning ilg`or olimlari bu fanlarning amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lib, Muhammad al-Xorazmiy esa shu olimlarning peshqadami va yo‘lboshchisi edi.
Xorazmiy dunyo faniga g`oyat katta hissa qo‘shdi. U algebra fanining asoschisi bo‘ldi. "Algebra" so‘zining o‘zi esa uning "Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala" nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozistion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Ovro‘poda tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning "al-Xorazmiy" nomi esa "algoritm" shaklida fanda abadiy o‘rnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida o‘nlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Xorazmiyning "Zij"i Ovro‘poda ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yo‘lini ko‘rsatib berdi. Lekin afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan, "o‘z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri" (J. Sarton) bo‘lgan bunday siymoning hayoti haqida ma‘lumotlar deyarli saqlanmagan.
Xorazmiy Xorazm o‘lkasida tug`ilib, o‘sdi. Adabiyotlarda 783 yil uning tug`ilgan yili deb qabul etilgan. U dastlabki ma‘lumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o‘z yurtida, Markaziy Osiyo sha-harlarida ko‘pgina ustozlardan olgan, deb bilmoq mumkin.
Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va al-Qutrubbuliy degan atamalar ham qo‘shib aytiladi. Bularning birinchisi olim Xorazmning asli mahalliy aholisidan, yani otashparastlar (arabcha – "majus" – otashparast degani) oilasidan, balki shu otashparastlik dinining kohinlari oilasidan kelib chiqqanligini, shu 15
bilan birga olimning o‘zi yoki otasi majusiy bo‘lib, ular islomni keyin qabul qilganligini ko‘rsatadi. Xorazmda majusiylar islomdan keyin ham uzoq muddat o‘z diniy urf-odatlarini saqlab kelgan. Bu haqda Beruniy o‘zining "Osori boqiya" asarida gu-vohlik beradi. Keltirilgan ismlarning ikkinchisi, Xorazmiy mo‘ysafidlik yillarini Bag`dod yaqinida Dajla bo‘yidagi al-Qutrubbul dahasida o‘tkazganligini ko‘rsatadi. Odatda arablar biror kishining xarakterli xususiyatlari, hunarlari, sevimli odatlari yoki yashash joylariga qarab, unga bir necha xil ism – "nisbalar" beradilar. Xorazmiyning al-Kutrubbuliy ismi ham shu tariqa paydo bo‘lgan.
Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrdayoq Ispaniyada se-viliyalik Ioann tomonidan qayta ishlangan. Keyinchalik to yangi davrgacha Ovro‘po olimlari Xorazmiy risolasini qayta-qayta ish-laganlar, u asosida darsliklar yozganlar. Bu qayta ishlangan nusxalar va darsliklarning nomida "Algorizm kitobi" degan ibora bo‘lgan.
Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozistion hisoblash sistemasining Ovro‘poda, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Ovro‘poga hind raqamlari arablar orqali o‘tganligi uchun ular "arab raqamlari" deb ataladi va hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda. Ovro‘poliklar uzoq vaqtgacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini "algorizmi" deb atab keldilar. Faqat XVI asr o‘rtalaridagina bu nom "arifmetika" iborasi bilan almashtiriladi. Shundan keyin to hozirgi kungacha "algorizm" yoki "algoritm" deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan bo‘ldi. Bu ibora bilan al-Xorazmiyning nomi fanga abadiy kirib qoldi.
Xorazmiyning algebraik risolasining to‘liq nomi – "Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala". Risolaning nomidagi "al-jabr" va "al-muqobala" so‘zlari "to‘ldirish" va "ro‘para qo‘yish" – o‘rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. "Aljabr" so‘zi lotincha transkripstiyada "algebra" bo‘lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi. Xorazmiy-ning algebraik risolasi uch qismdan iborat: 1) algebraik qism, buning oxirida kichik bir bo‘lim – savdo muomalasidagi bob keltiriladi; 2) geometrik qism, algebraik usul qo‘llanib o‘lchash xaqida; 3) vasiyatlar haqidagi qism. Xorazmiy uni alohida nom bilan "Va-siyatlar kitobi" deb atagan. Xorazmiy o‘z risolasida hech qanday belgi keltirmaydi va mazmunni butunlay so‘z bilan bayon etadi va shakllar keltiradi.
Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning "Zij"idir. Olim bu asarini 830 yil atrofida yozgan.
Xorazmiyning "Zij"i 37 bob, 116 jadvaddan iborat. Asarning avvalgi besh bobi xronologiyaga bag`ishlangan bo‘lib, "to‘fon", "is-kandar", "safar" va xristian eralaridagi sanalarni xijriy eraga ko‘chirish qoidalari keltiriladi. 6-bobda aylana – 12 burjga, burj – 30 darajaga, daraja – 60 daqiqaga, daqiqa – 60 soniyaga va hokazo mayda bo‘laklarga bo‘linishi bayon etiladi. 7–22-boblar Kuyosh, Oy va besh sayyoraning harakatlari masalasiga bag`ishlangan. Bu bob-larda Xorazmiy qadimgi va ilk o‘rta asr hind astronomik ma‘lu-motlaridan, Eron va Yunon ma‘lumotlaridan mohirona foydalan-gan 20
holda Ptolemeyning geomarkaz sistemasiga asoslanib, planetalar harakatini bayon etgan. 23-bob trigonometriyaga bag`ishlangan. Al Xorazmiy va Ahmad Farg’oniylarning ilm fanga qo’shgan hissalari.Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o’rin tutadi. Olim o’zining «Hisob aljabr val Muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o’nlik hisoblash sistemasining Evropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Allomaning «al- Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko’plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan. Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro’pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanishi yo’llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining VIII-IX asrlarga oid tarixini to’laqonli yoritishda muhim qo’llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi - Bag’doddagi Ma’mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste’dodining eng barq urgan paytlari bo’ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat ko’rsatdi. O’rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg’oniy (797-865) nomi alohida ko’zga tashlanib turadi. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy bo’lib, aslida Farg’onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo’lida zahmat chekib ko’p yurtlarni kezgan. Umrining ko’p qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida o’tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yo’liga bag’ishlangan. Ahmad al-Farg’oniy etuk astronom, matematik va geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko’plab fundamental asarlarning muallifi, Bag’doddagi Baytul Hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir. Al-Farg’oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo’lgan «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Asturlub yasash haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Oyning Er ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Etti iqlimni hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. U G’arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
3. Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi, o‟lkada mustamlakachilik boshqaruvining shakllana boshlashi (1865-yil, general Chernyayev, Mulla Alimqul- “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”). 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidan chiqa olmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatgatushdi. 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan MLChernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi
Do'stlaringiz bilan baham: |