Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari



Download 74 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2022
Hajmi74 Kb.
#477195
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Mahalliy hokimiyat


Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarni o’zini – o’zi boshqarish organlari

Reja:




  1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi.

  2. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari.

  3. Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari.

  4. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari.



Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi.
O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati faoliyatini tashkil etishning asosiy qoidalari Konstitutsiyada belgilanib qo'yilgan. Oliy hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish kabi mahalliy davlat hokimiyatini tashkil etishda ham Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan asosiy qoidalarga asoslanish juda muhimdir. Chunki aynan mahalliy hokimiyat bevosita qonunlar va ijro etuvchi hokimiyat normativ hujjatlarini amalga oshiradi, bevosita jamiyatning turli sohalaridagi muammolar bilan to'qnashadi. Shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati xalq farovonligini ta'minlash va shu kabi davlat oldida turgan muhim vazifalarni bajarishda asosiy o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda o'ziga xos tarzda joylarda davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini yaratdi.
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organi bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal qiladilar.
Hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga qaratilgandir.
Viloyat hokimi, Toshkent shahri hokimi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman va shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar.
Toshkent shahridagi tumanlarda vakillik organlari bo'lmaganligi tufayli Toshkent shahridagi tuman hokimlarini bevosita Toshkent shahar hokimi tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ular Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadi. O'zbekiston Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga binoan, «Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki sha'ni va kadr-qimmatiga dog' tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o'z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli». Bu tartib hokimlarda mas'uliyat hissini yanada kuchaytiradi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonunning 2-moddasida ko'rsatilishicha, tuman markazlari hisoblangan shaharlarda, viloyat hokimi shahar hokimini tuman hokimiga bo'ysundirish va yagona boshqaruv organi tuzish vakolatiga ega. Bu xususdagi qaror xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Qonunda bunday holatni ko'rsatishdan maqsad, hokimlik tizimini mustahkamlash va uning ishini samarali tashkil qilish, boshqaruv apparatini ixchamlashtirish va arzonlashtirishdir. Xalq deputatlari barcha pog'onasidagi Kengashlarining va hokimning vakolat muddati besh yil.
Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari va tegishli hudud hokimlarining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mahalliy hokimiyat to'g'risida»gi qonun bilan hamda Qoraqalpog'iston Konstitutsiyasi va qonunlari bilan tartibga solinadi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish