Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari


Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari



Download 74 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2022
Hajmi74 Kb.
#477195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Mahalliy hokimiyat

Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tuzilish tartibi va vakolatlari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida va O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelida qabul qilingan «Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi qonunning yangi tahririda shahar, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda tuziladigan fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari tuzilishi va ularning huquqiy holati belgilab berilgan.
«Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish to'g'risida»gi qonunning 1-moddasiga asosan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi - fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan, ularning o'z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. O'zini o'zi boshqarishga bo'lgan huquqning ikki muhim tomoni mavjuddir. Birinchidan, o'zini o'zi boshqarish huquqining ta'minlanishi bu insonlarning siyosiy huquqlarining amalga oshishi, xalq hokimiyatchiligining ta'minlanishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, ijtimoiy boshqaruvni takomillashtirishdir. O'zini o'zi boshqarish institutining o'zi ham aynan mana shu ikkita omilni ta'minlash maqsadida paydo bo'ldi. O'zbekistonda shahar, qishloq va ovullarda, shuningdek, ularning tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolar yig'ini o'zini o'zi boshqarish organlari hisoblanadi. Bu organlar o'z majlislarida rais (oqsoqol)ni va uning maslahatchilarini ikki yarim yil muddatga saylaydilar.
O'zini o'zi boshqarish organlarining asosiy maqsadi jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarga ko'maklashish, o'z hududlaridagi ijtimoiy va xo'jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o'tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O'zbekiston qonunlarini, respublika Prezidentining farmonlarini, O'zbekiston hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish uchun fuqarolarni birlashtirishdir.
O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi qonuniga ko'ra, o'zini o'zi boshqarish organlari ikki bosqichda tuziladi. Birinchisi, Konstitutsiyaga asosan quyi ma'muriy-hududiy birliklardagi qishloq, shahar va ovullarda; ikkinchisi, tuman va shahardagi mahallalarda tuziladi.
O'zbekiston Respublikasida hayotga tatbiq etilgan o'zini o'zi boshqarish tizimi, birinchidan, O'zbekistonning bozor munosabatlariga o'tish talablarini hisobga olib amalga oshirilgan bo'lsa, ikkinchidan, u shu sohada dunyoda qabul qilingan tizimlarga ham mos keladi.
O'zbekiston sharoitida mahalla o'z tarixiy ildizlariga ega. U O'rta Osiyoda shaharlar doirasidagi hududiy-ma'muriy birlik bo'lgan va bizga o'tmishdan meros bo'lib qolgan. Mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar birlashmasi bo'lib, unda odamlar faqat qo'shnichilik rishtalari bilan emas, balki yuzlab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida, ma'naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar va an'analar bilan bog'langanlar.
«Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi qonunga asosan o'zini o'zi boshqarish organlari hududiy prinsip bo'yicha tuziladi.
Fuqarolar yig'inlari ishida o'n sakkiz yoshga yetgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolar qatnashadi.
Fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqol) tegishli hokim bilan kelishilgan holda saylanadi.
Fuqarolar yig'inlarida qatnashish huquqiga ega bo'lgan barcha aholining yarmidan ko'prog'i kelgan taqdirda, yig'inlar vakolatli hisoblanadi, vakillar yig'ilishlari esa ularga delegatlarning kamida uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Yig'ilishni rais yoki uning maslahatchilaridan biri boshqaradi. Barcha masalalar bo'yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Yig'in bayonnomasi va qarorlarini rais, uning yo'qligida esa, maslahatchilaridan biri imzolab, tegishli tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Rais va uning maslahatchilarini fuqarolar yig'ini tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi.
Maslahatchilarning miqdorini yig'in belgilaydi. Yig'inga maslahatchilarning nomzodlarini rais tavsiya etadi. Rais va maslahatchilar ularga yig'inda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko'prog'i ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar.
O'zini o'zi boshqarish organlari o'z mulklariga va moliyaviy manbalariga ega. Ular o'zlari qurgan, sotib olgan yoki qonunda belgilangan tartibda o'zlariga berilgan jamoat ob'ektlariga, ijtimoiy-maishiy va boshqa ob'ektlarga, shuningdek, sotib olingan transport vositalari, xo'jalik anjomlari hamda boshqa mol-mulkka ega bo'lib, ulardan foydalanadilar.
O'zini o'zi boshqarish organlarining moliyaviy resurslari Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ajratiladigan byudjet mablag'laridan, fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, xayriya jamg'armalari ajratgan mablag'lardan tashkil topadi. O'zini-o'zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etish tartibi bu organlar to'g'risidagi qonunda belgilangan.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish