Limon, limu



Download 2,2 Mb.
Sana25.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#508555
Bog'liq
Limon


Limon
Limonlimu (Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, baʼzilari tikansiz. Bar-gi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, xushboʻy. 
Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor. Asosan, hoʻlligicha yeyiladi, konditer mahsulotlari tayyorlashda, sharbat, limonad, limon kislota olishda ishlatiladi.

Limon hidi nihoyatda tetiklashtiradi

Limon hidi nihoyatda tetiklashtiradi


U nafaqat ijobiy ta'sir qiladi, balki xavotir hamda tushkunlik hissi bilan kurashishga ham yordam beradi. 
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, limon bosh terisini yaxshi tozalaydi. Limon teri bilan bog‘liq muammolar - dog‘lar, izlar va husnbuzarlarni bartaraf etishda juda foydali. meva tanamizning "qaysar" qismlari - tirsak va tizzalarni tozalashda ham qo‘l keladi. 
Limon artrit, oshqozon-ichak kasalliklari va revmatizm kabi ko‘plab kasalliklarni osonlikcha davolashi mumkin. Limon hidi o‘pka bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilib, doim toza havodan nafas olishga imkon beradi. 
Limonning foydali xususiyatlari
  • shamollash va anginada u nafaqat C guruh vitamini borligi sababidan foydalidir, balki u shamollashga qarshi samarali kurashadi;
  • garmonlar muvozanatini ushlab turadi;
  • immunitetni mustahkamlaydi.
  • ovqat haz qilishni yaxshilaydi;
  • limon moddalar almashinuvini yaxshilaydi;

Limonning zararli tomonlari
  • oshqozon yoki ichak yarasidan aziyat cheksangiz;
  • sitrus mevalarga alergiyangiz bo’lsa;
  • pankreatitga chalingan bo’lsangiz.

  • Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, limon tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Undan juda ko’p miqdorda iste’mol qilish esa qon bosimiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi. Hamma narsaning me’yori borligini unutmang.

Your Text Here
Limonning shifobaxshligi
  • Bronxitni davolashda 5 dona piyoz, 7 osh qoshiq asal, bitta limon kerak bo‘ladi. Piyozlarni maydalab to‘g‘rang yoki mayda qirg‘ichdan o‘tqazing va asal bilan yaxshilab aralashtiring. Keyin limonni go‘shtqiymalagichdan o‘tqazib, aralashmaga qo‘shing. Kuniga 3-4 mahal 2-3 osh qoshiqdan iste’mol qilasiz. Muolaja muddati – 10-14 kun.
  • Laringitni davolashda kichikroq limonning suvini siqib, 3 osh qoshiq asalga aralashtirasiz va yarim litr qaynagan suvga solasiz. har 3-4 soatda g‘arg‘ara qilib turasiz.
  • Pnevmoniyada 4 bosh sarimsoq qirg‘ichdan o‘tqaziladi, bitta limon go‘shtqiymalagichdan chiqariladi va 8 oshqoshiq asal bilan aralashtiriladi. 7-10 kun davomida ertalablari 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.
  • Angina boshlanayotganda yarimta limon yeyish foydali. Qolgan yarmini 2-3 soatdan keyin yeyish mumkin. Limoning suvini siqib, mineral suvga 1:1 nisbatda aralashtirib ichish mumkin.

Grippning oldini olish uchun ovqatlarga limon va limon sharbatini qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Quyidagi muolaja organizmni vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitetni mustahkamlaydi. Buning uchun 2 dona limon, 1 kg dan sabzi va olma, yarim kg bargak, 300 g mayiz va 5 osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Sabzi va olma mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi, bargak mayda to‘g‘raladi, limon go‘shtqiymalagichdan chiqariladi va hammasi asal bilan yaxshilab aralashtiriladi. Gripp epidemiyasida kuniga 3 mahal 1-2 osh qoshiqdan yeb turish lozim.
  • Gastritda bitta limon suvi 3 osh qoshiq asal va 1 l tirnoqgul tindirmasi bilan aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 2-3 osh qoshiqdan ichiladi.
  • Yurak-qon tomir kasalliklarida 2 osh qoshiq limon sharbati 4 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq kungaboqar yog‘i bilan aralashtiriladi. Nahorga 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

THANK YOU
Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish