Limonotning morfo-biologik xususiyatlari hamda shifobaxshligi. Yetishtirish texnologiyasi.
Bozorboyev. Sh.A.
Farg'ona davlat universiteti talabasi.
Malumki insoniyat qadim zamonlardan beri osimliklar olami bilan hamohang yashagan holda uning sir asrorlarini organib shifobaxsh xususiyatlaridan baxramand bo’lib kelmoqda. Ibtidoiy davrlarda xam odamlar ozlarining dardlariga davo izlab, avvalo osimliklar olamiga , madanlarga intilganlar. Dastlab, inson uchun oziq-ovqat vazifasini otagan, tabiiy xolda osadigan osimlik va giyohlarning mevalari, ildizlari, ildizmevalari insoniyat xayotida muhim orin tutgan. Tabiat nematlarining shifobaxshlik xususiyatlaridan voqif bolgan kishilar birinchi navbatda tabiblar hisoblangan. Jumladan, Abu Ali ibn Sino ham yashil olam mahsuli bolgan shifobaxsh osimliklardan turli-tuman xastaliklarni davolashda muvaffaqiyatli foydalangan. Shu xususda, tabobat ilmi yetakchisining asarlarida oz ornini egallagan, dorivorlik xususiyatlari bilan koplab xastaliklarga shifo bolgan giyoh limonot osimligi haqida foydali malumotlarni etiboringizga xavola qilmoqchimiz. Dastavval, limonot osimligining morfologik hamda biologik xususiyatlari haqida toxtalsak. Dorivor limonot - yalpizdoshlar oilasiga mansub, boyi 30-60 sm ga yetadigan, limonot hidi kelib turadigan kop yillik ot osimlik. Poyasi tort qirrali,shoxlangan. Bargi tuxumsimon, otkir uchli, yirik arrasimon qirrali, qisqa bandli bolib poyada qarama-qarshi joylashgan. Oq rangli, tukli gullari gul bandi bilan barg qoltigida joylashib, halqasimon topgulni hosil qiladi. Mevasi tortta yongoqcha. Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgust oyida yetiladi. Mevasining rangi jigarrang yoki toq jigarrang. 1000 dona urugining vazni 0,5-0,7 kg. Osimlik Orta Osiyo,Qrim, Kavkaz, Rossiyaning yevropa qismining janubida va boshqa mamlakatlarda darxt soyalarida, togli tumanlar, toshlar soyasida osadi. Diyorimizning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan bu shifobaxsh osimlikning yer ustki qismi, asosan, bargi tarkibida 0,01-0,33 % efir moylari, vitamin C, karotin, fenilkarbon kislotalar, triterpenlar, flavanoidlar, 5-10 % gacha oshlovchi moddalar mavjud. Bundan tashqari, osimlikning urugI tarkibida 20-27 % gacha yog saqlaydi. Limonotga xushboy hid beruvchi efir moyi geraniol, linalol, nerol, farnezol va ularni sirka kislota bilan birikmasi, limonel, pulegol, geranial,neral va boshqa terpenlardan tashkil topgan.
Abu Ali ibn Sino qadimda limonot osimligida yurak urishi va ovqat hazm bolishini yaxshilash, xiqichoq tutish, traxoma kasalliklarini davolash, ogizdan noxush hid kelishini bartaraf etish maqsadlarida foydalangan. Xalq tabobatida limonot bilan nevroz, bronxial astma, ayollarda toksikoz, klimaks, yurak urishining buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi. Limonot damlamasi zamonaviy tibbiyotda sinovdan otgan, qon bosimini pasaytiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida qollash uchun Ozbekiston Respublikasining Sogliqni Saqlash Vazirligi tomonidan ruxsat berilgan. Limonotli choy boshqa dorivor preparatlarga nisbatan, qabul qilish qulay hamda xushboy, muhimi juda shifobaxsh vositadir. Xususan, limonotli choy aqliy faoliyatni oshiradi. Bunday choy yurak, miya va sezgi azolarini quvvatlantiradi. Bundan tashqari, ushbu choy jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi,qorinda, buyrakda va boshqa ichki azolarda paydo boladigan sanchiqni qoldiradi. Ibn Sinoning Tib qonunlari asarida yozilishicha, miya tiqilmalariga foyda qiladi. Nojoya tasiri: bazan allergik reaksiyalar berishi mumkin, arterial gipotenziya bilan ogrigan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Yuqoridagi gaplardan korinib turibdiki,limonot choyi nafaqat chanqoqni qoldiradi, balki inson tanasini quvvatlantirib, undagi bir qancha xastaliklarga barham beradi. Ushbu xushboy choydan bahramand bolish kishini tinchlantiradi, hamda kotarinki ruh baxsh etadi. Quyida limonotdan choy hamda damlama tayyorlash uchun biroz tavsiyalar berib otmoqchimiz:
Oddiy sharoitda limonotdan choy damlamoqchi bolsangiz uning 4 dona bargini sovuq suvda chayib,yarim litrli choynakka soling va ustidan bir choy qoshiq qora choy solib, qaynagan suv quying. Limonotli choyni shu holda 5-10 daqiqa damlab qoysangiz,tobiga yetgan shifobaxsh darmondoriga aylanadi. Ushbu choydan har kuni istemol qilishga odatlansangiz yuqoridagi xastaliklar sizdan ancha yiroqda boladi. Bundan tashqari, uyqusizlik, holsizlikda 2 osh qoshiq limonotni 0,5 l qaynagan suvda damlab, damlama kechqurun uxlashdan oldin ichilsa, asabni tinchlantirib, uyquga xotirjamlik beradi. Bezovtalik hissini yoqotadi. Mana shunday dorivor osimlik haqida foydali malumotlarga ega bolgandan song bu osimlikdan albatta foydalanasiz degan umiddamiz. Balki uni ostirish texnologiyasi bilan qiziqyotgandirsiz? Sizning xonadoningizda ham mana shunday shifobaxsh osimliklar soni yana bittaga kopaysa ajab emas. Marhamat, uni ostirish texnologiyasi bilan tarnishing.
Dorivor limonot osimligini yurtimizning barcha tuproq-iqlim sharoitlarida ekib ostirish mumkin. Osimlikdan yaxshigina hosil olish uchun, albatta tuproq unumdorligiga etibor qaratish maqsadga muvofiq. Dorivor limonotni bir marta ekilgandan song 5 yilgacha saqlash mumkin. Osimlik ekiladigan yerga kuzda 25-28 sm chuqurlikkacha haydab, ishlov beriladi. Ekish oldidan yerlarni tekislash, bir yillik va kop yillik begona otlar urugini kamaytirish maqsadida uzunasiga va kondalangiga 6-8 sm chuqurlikda tirmalanadi. Limonot yorugsevar, namsevar va kop yillik osimlik bolgani uchun urugidan yoki shingillarini bolib ekish yoli bilan kopaytiriladi. Limonotni mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida tuproq harorati 12-15 daraja bolganda ekiladi. Agar tuproqda nam yetarli bolmasa, uruglarning unib chiqishi uchun tezlik bilan sugoriladi. Uruglar ekilgandan keyin maysalar 10-12 kunda unib chiqadi. Osimlikda 3-4 ta chinbarg hosil bolganida qator oralari yumshatiladi va 20-25 sm oraligida 2-3 tadan osimlik qoldirib yagonalanadi. Dorivor osimlikni shonalash davrida kaliy ogiti bilan oziqlantiriladi. Vegetatsiya oxirigacha osimlik 9-10 marta sugoriladi. Har 3-4 marta sugorilgandan keyin, osimlik oralari begona otlardan tozalanadi. Limonot iyun-avgust oylarida gullaydi, mevalari iyul-avgustda yetiladi. Uning yer ustki qismi iyul-avgust oylarida yigib olinadi. Yigib olingandan song tezlik bilan quritiladi. Osimlik toliq gullagandan song uchidan yani poyaning bargli qismidan 20-30 sm qirqib olinib, soya va havo otib turadigan joyda quritib olish ham mumkin. Qarabsizki, shifobaxsh limonot choyini tayyorlash uchun preparat tayyor.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda tabiat ozi yaratuvchi, tabiat ozi shifokor ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilsak arziydi. Tabiat nematlariga, shuningdek, oz sogligingizga beetibor bolmang, azizlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |