Kompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash fanining mohiyati va vazifalari



Download 1.33 Mb.
bet1/13
Sana27.09.2021
Hajmi1.33 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Kompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash fanining mohiyati va vazifalari.

Topografik plan va xaritalar har xil qog’ozlar va plastinkalarga tasvirlanadi. Qalam, tush va bo’yoqlar bilan yaxshi tasvir hosil qilish imkonini beradigan qog’ozlar har xil tolalarga (paxta, zig’ir, kanop, pilla), suniy oqlovchi moddalar (kaolin, bo’r va beriy) bilan yelim qo’llash orqali olinadi. CHizmalarning asl nusxalari eng sifatli chizma qog’ozga tushiriladi. Bunday sifatli chizma qog’ozni odatda vatman deyiladi. Hozirgi vaqtda vatmanlar V (oliy navli), O (oddiy) va chizma qog’ozlarga bo’linadi. Oliy navli vatman oq yoki oq nim ko’kish bo’lib, (15 dan ortiq) buklanganda sinmaydi, noto’g’ri tushirilgan chizmani kesib olganda, o’chirgich bilan o’chirganda ustiga yana qayta chizish imkoniyatiga ega.

Oddiy navli vatman sal yupqaroq bo’lib buklanganda tezroq sinadi, buklangan joyga tush yoyiladi va bo’yoq yaxshi yotmaydi. Yaxshi vatmanlar quyidagi talablarni qondirishi zarur.

Qog’ozni qalinligi chizmani 3 martagacha kesib olganda yana qayta chizish mumkin bo’lsin.

Tush bilan chizganda hamda bo’yaganda qog’oz ular bilan reaktsiyaga kirishmasligi, yani, tush singib, yoyilib ketmasligi kerak. Qog’oz sifatsiz bo’lsa tush bilan chizganda chiziq chetlari notekis bo’lib, sal yoyiladi. Qog’ozning sirti sal sal notekis bo’lsa bo’yoq va tush yaxshi joylashadi. Kul rang yoki sarg’ich qog’ozlar sifatsiz sanaladi.

Rasm chizish uchun mo’ljallangan qog’ozlar vatmandan qattiqligi buklanishga chidamliligi va sifati bilan farq qilib, o’chirgich bilan chiziq o’chirilganda qog’oz tez yumshashi mumkin. SHuning uchun uni suvli bo’yoq bilan bo’yashda ishlatiladi. Uning sirti juda silliq sal notekis bo’lishi mumkin.

Geodeziya va xaritashunoslikda surat qog’oz (fotobumaga), aero va kosmik suratlar olishda shartli belgilarning suratlarini, yozuvlarini xarita va planlarning asl nusxasini chizmasini chizmasdan ularning aslini suratga tushirishda keng qo’llaniladi. Surat qog’ozdan fotoplan tayyorlanadi.

CHizma plan va xaritalarning ko’chirmalari, yasama va grafiklar chizishda, shaffof qog’oz keng qo’llaniladi. SHaffof qog’ozlar (ikki turli) qalam bilan ishlashga, tush bilan chizishga mo’ljallangan bo’ladi.

Hozirgi vaqtda qog’ozlar deformatsiyasini qisqarishini kamaytirish maqsadida plan va xaritalarning asl nusxalari shaffof plastinkalarda tayyorlanadi.

CHizma qurollarni tuzatish, o’tkirlash, tekislash va qalam uchuni ishchi holatga keltirish uchun 0 yoki 1 belgili qumli qog’oz ishlatiladi.




Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat