Kiyimga qo‘yiladigan talablar



Download 80,69 Kb.
bet1/29
Sana08.01.2022
Hajmi80,69 Kb.
#335227
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi(1)


1-Mavzu:Kirish.Kiyimga qo’yiladigan talablar

Kiyimga qo‘yiladigan talablar

Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘ydadigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qo‘ydadi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qo‘yadi.

Iste’mol chining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo ‘linadi:


  1. Gigiyenik talab.


  2. Ekspluatasion talab.


  3. Estetik talab.


G i g i e n i к talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan boMishi, quyosh nurini qaytaruvchan boMishi, namni shimuvchan boMishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, iig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi.


Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay boMishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bolishiga, bichimi esa qulay boMishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yogMngarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.Ekspluatasion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishon- chliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli boMishi kerak.
Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgartiradigan yoki gijimlanadigan bolsa u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini to‘g‘ri tanlash kerak, ya’ni cho‘ziluvchan, sitiluv- chan, gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma’qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho‘ntak og’zlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.
Estetix talablar deganda kiyimning moda yo‘nalishiga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, yangi bezaklar ishlatilganligi iste’molchilaming estetik didlarini qondirishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi. Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi: bir asos bo‘yichabir necha modellami tayyorlash, kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan, kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o‘zida bor mexanizasiyadan va shart- sharoitlardan to‘liq foydalana olsin.

2-Mavzu:Tolalarning tasnifi

Kelib chiqishi bo‘yicha tolalar ikki sinfga bo‘linadi: tabiiy va kimyoviy. Ular o‘z navbatida bir necha sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha kichik sinf va guruhlardan iborat.



Tabiiy tolalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha ikki kichik sinfga ajratiladi: organik va noorganik.

Noorganik tolalarga asbest tolasi kiradi.

Organik tolalar o‘simlik va hayvonlardan olinadi. O‘simlik tolalarining asosiy moddasi sellulozadan, hayvon tolalarniki esa oqsil moddalar (keratin yoki febroin)dan iborat. O‘simlik tolalari ularning turli qismlari (urug‘i, po‘stlog‘i, tomiri, tanasi, mevasi)dan, hayvon tolalari esa ularning junlari va tolalari (ipak qurti)dan olinadi.

O‘simlikdan olinadigan tolalarga paxta, zig‘ir, kanop, kanoptola, kendr, jut kabi tolalar kiradi.

Paxta xom ashyosi - bu chigitni paxtasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi; paxta tolasi - bu birinchi ishlov berish jarayonida chigitdan ajratilganidir. Paxta tolasining tarkibi sellulozadan iborat, ishqor eritmalari ta’siriga chidamli va kislotalar ta’siriga chidamsiz. Oksidlovchi moddalar sellulozaga yemiruvchi sifatida ta’sir etadi. Tolaning tarkibi sellulozadan tashqari, pektin, yog‘ mumi, azot, mineral va boshqa moddalardan tuzilgan. Hozirgi kunda tolasining texnologik xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan 50 ga yaqin paxta navlari mavjud. Paxta tolasining uzunligi 1 dan 55 mm. gacha bo‘lishi mumkin. Shulardan uzunligi 20 mm. dan kam bo‘lgan tolalar yigirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun paxta tolasi uzunligi bo‘yicha kalta (20-27 mm), o‘rta (28-34 mm) va uzuntolali (35-55 mm) guruhlarga bo‘linadi. Tolalar qancha uzun bo‘lsa, ular shuncha ingichkadir. Ingichka tolali paxta eng kichik qalinlikka ega (20 mkm), o‘rta (23mkm), qalinroq va kalta tolali paxta (23mkm. dan ortiq) eng qalin bo‘ladi. Paxta tolasining nisbiy uzilish yuki 17-37 sN/teks, uzilishdagi cho‘zilishi 6-9% va gigroskopligi 8-12% ga teng.

Paxta tolasi quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: uzilishdagi mustahkamligi, uzilish kuchlanishi, cho‘ziluvchanligi. gigroskopikligi, yuqori haroratga chidamliligi, kimyoviy va biologik barqarorligi. Bu sifat ko‘rsatkichlari paxtadan tayyorlangan buyumlarning iste’mol xususiyatlariga har xil ta’sir etadi.



Zig‘ir tabiiy tolalar ichida paxtadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Tolasi texnik (kompleks) tola bo‘lib, pektin moddasi bilan yelimlangan elementar tolalar bog‘lamidan tuzilgan. Ularning uzunligi 4-70 mm. gacha yetadi, qalinligi 15-17 mkm. ga teng. Kompleks (texnik) tolalar uzunligi zig‘ir tanasining uzunligi blian teng (170-250 mm) bo‘lishi mumkin. Tolalarning uzilish yuki paxta tolasinikiga nisbatan yuqori 33-40 sN/teks, uzilishdagi cho‘zilishi 2-3%, gigroskopligi 12%ga teng. Zig‘ir tolalarining gigroskopligi yuqori bo‘lganligi sababli (maksimal 30-35%), ulardan tayyorlangan buyumlar yuqori gigiyenik uisusiyatlarga ega. Zig‘ir tolalari ko‘proq ichki kiyimlar uchun, yozgi kostyumbop va ko‘ylakbop gazlamalar olishda foydalaniladi.


Download 80,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish