Kiyimga qo‘yiladigan talablar


Bichish jarayonining asosiy operatsiyalari



Download 80,69 Kb.
bet29/29
Sana08.01.2022
Hajmi80,69 Kb.
#335227
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi(1)

Bichish jarayonining asosiy operatsiyalari. Bichishning asosiy operatsiyalariga gazlamalarni taxlash, ularni kesish, bichimlar sifatini tekshirish va bichilgan qismlarini to‘plash kiradi. Taxlangan (to‘shalgan) gazlamalar harakatlanuvchi va statsionar mashinalarda kcsiladi. Stabil tuzilishdagi buyumlarning qismlari presslarda kesiladi. So‘ngra bu qismlar sifati bo‘yicha tekshiriladi hamda to‘planadi.

Kiyimlarni tayyorlash. Kiyimlarni tayyorlash jarayoni bichilgan qismlarga oldindan ishlov berish, ulardan buyumlar yig‘ish, hajmli shakl va tovarli ko‘rinish hosil qilishdan iborat. Bu jarayonda kiyimlarning tashqi ko‘rinishi, qaddi-qomatga o‘tirishi hamda uzoqqa chidamliligini belgilovchi muhim xususiyatlar shakllanadi.

Kiyimlarni tayyorlash (tikish) jarayoni qismlarni birlashtirish, namli-issiq, ishlov berish va yakunlovchi pardozlash operatsiyalaridan iborat. Kiyimlarning qismlarini birlashtirish ipli, yelimlash va payvandlash usullarida amalga oshiriladi. Buyumlar qismlarining biriktirilgan joyi chok deb ataladi.



Kiyim detallarini ipli biriktirish choklar, baxyalar va qaviq (stejok)lar vordamida amalga oshiriladi. Qaviq- ignaning ikki marta sanchib teshilgan teshigining orasidagi iplarning materialdagi to‘qilishidir.

Baxya - takror qaytariladigan qaviqlar qatori. Ipli qaviqlar, baxyalar va choklar tikish mashinalari qo‘lda bajarilishi mumkin. Qo‘lda balarligan baxyalar. qaviqlar va choklar detallarni vaqtincha biriktirish, issiq ishlov berish oldidan buyum chekkalarini to‘g‘rilash uchun ishlatiladj.



Baxyalar chiziqli, shaklli va ko‘klab tagidan yoki ichidan tikiladigan (obmyotochno-podshivochniy) bo‘lishi mumkin. Chiziqli baxyalar detallarni tikish va buyumlarni pardozlash uchun ishlatiladi.

Birlashliruvchi choklar baxyali, shu asosda yopishtirilgan, ustma-ust baxyali, ikki qavat va uchma-uch bo‘ladi. Chetki choklar odaida buyum va qismlarning chekkasidan o‘tkaziladi. Pardozlovchi choklar har xil buklamlar, burmalar va boshqa shunga o‘xshash ishlarni balarishda qo‘ltaniladi. Bularga hoshiyali, bo‘rtma naqshli choklar kiradi.
Kiyim qismlarini yelimli birlashlirish uncha sezilmaydigan yon tomonlari ichki astarlarini, qism chekkalarini, etaklari va boshqalarni birlashtirishda qo‘llaniladi. Kiyimlarni tayyorlashda yelimlar plyonka, poroshok, ip yoki dona-dona ko‘rinishda ishlatiladi. Ular ichki astarbop gazlamalar (byaz, mitkal, bortovka va boshq.)ga surtiladi. Qismlar ma’lum bir tartibda presslarda yoki dazmollar yordamida yelimlanadi. Qismlarning yelimli birlashmalari yuqori darajada shaklni saqlashlik xususiyatini beradi.
Download 80,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish