Kiyimga qo‘yiladigan talablar



Download 80,69 Kb.
bet25/29
Sana08.01.2022
Hajmi80,69 Kb.
#335227
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi(1)

Kiyimlarni loyihalash. Kiyimlarni loyihalashning ikki bosqichi mavjud - kiyim modelini tayyorlash va konstruksiyasini ishlash. Loyihalash natijasida kiyimning original nusxalari tayyorlanadi. Kiyimlarni loyihalash bilan modelyer-rassomlar, yirik tajriba-texnik  laboratoriyalari, fabrikalarning tajriba sexlari va modellar uyida konstruktorlar shug‘ullanadilar.

Kiyimlarni modellashtirish - birlamchi namunasi yoki modelini yaratish jarayoni bo‘lib, shu asosda tikuvchilik korxonalarida buyumlar ishlab chiqariladi. Model modelyer-rassomning mehnati orqali materialda mujassamlanadi, aniq qomat-maneken uchun buyum yaratadi.

Kiyimlarni modellashtirish yoshga va to‘lalik guruhiga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Buyumning etalon namunasi (modeli)ni yaratish bilan birgalikda modelga texnik yozuv tuziladi. Bunda modelning chizmasi, tashqi ko‘rinishi (siluet. bichim, shakli, yuza qismi materialining rangi, astari, kiyim-kechak ashyolari va boshq.)ga tavsif, modelga texnik talablar, materialning o‘ziga xos xususiyati, detallarning nomi, ishlov berish murakkabligi, tavsiya etiladigan o‘lchamlar, bo‘y va to‘lalik guruhlari. buyumning tayyor ko‘rinishida o‘lchash jadvali va boshqalar beriladi.



Siluet- buyumning o‘z soyasiga o‘xshash bo‘lgan tekis va bir xil tusli ifodasidir. Kiyimlar silueti bo‘yicha kishi tanasiga yopishib va yarim yopishib turadigan, to‘g‘ri va keng (trapetsiyaga o‘xshash) bo‘ladi.

Kiyimlarda, asosan, klassik yoki sipo (strogiy), sport va fantaziyali shakllar qo‘llaniladi. Kiyim shaklining plastikligi, kompozitsiyasining o‘ziga xosligi, fakturasining xilma-xilligi va rangining turli tovlanishi ustki qismi uchun ishlatiladigan materialga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yirik fakturali material sirtqi o‘lchamini kichraytiradi, maydasi- kattalashtiradi. Patli va og‘ir materiallar issiq hamda ochiq ranglar kiyim massasini oshiradi. Shuning uchun model yaratish paytida bunday materiallar boshqalari bilan birgalikda quramalashtirilishi kerak.




Download 80,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish