Trikotaj to‘qilish turlari. Matolarda halqalarning ma’lum bir tartibda joylashishi va o‘zaro bog‘lanishidir. Trikotaj to‘qilishlarining turlari juda xilma-xil bo‘lib, ikki sinfgabo‘linadi: ko‘ndalang vao‘rib (bo‘ylama) to‘qilish. Har bir to‘qilish sinfi o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: 1. Bosh to‘qilishlar. 2. Hosila to‘qilishlar. 3. Gulli to‘qilishlar.
Bosh to‘qilishlar deb, halqalari bir shakl va o‘lcham bir xil xom-ashyodan bo‘lgan to‘qilishga aytiladi. Bular tuzilishi bo‘yicha oddiy, hosila va gulli to‘qilishlarni hosil qilishda asos bo‘lib hisoblanadi. Ikki yoki bir necha bosh to‘qilishlardan hosila to‘qilishlar paydo bo‘ladi. Gulli to‘qishlarda halqachalarning o‘lchamlari, ranglari va shakllari bir-biridan farq qiladi. Natijada, trikotaj matosining yuza sathida naqshlar paydo bo‘ladi. Ko‘ndalang to‘qilishning bosh guruhiga glad, lastik to‘qilishlari kiradi.
Hozirgi vaqtda trikotaj buyumlarining aksariyat qismi gulli to‘qilishlar bilan ishlab chiqarilmoqda. Bosh to‘qilishlar mustaqil ravishda ko‘p ishlatilmasa ham hosila va gulli to‘qilishlarni olishda asos bo‘lib hisoblanadi.
Zanjir to‘qilish oddiy bo‘lib, gulli to‘qilishlarning tarkibiy qismidir. U mustaqil ravishda ro‘mol va sharflarning hoshiyasini hosil qilishda qoilaniladi.
Triko to‘qilish bir fanturli vertelka va rashel mashinalarda balarilib, bir o‘lchamli hamda bir tomonga yo‘nalgan halqalardan iborat bo‘ladi. Triko gulsiz va guldor (ko‘ndalang yo‘li) bo‘lishi mumkin. Triko to‘qilishi mustaqil ravishda kam ishlatilib, boshqa murakkab to‘qilishlarni olishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Atlas to‘qilish bilan mato tayyorlashda birinclli ip halqa hosil qilgandan so‘ng ikkinchi halqa ikkincllj qatordagi ignada halqalanadi. Shu tartibda davom etib, ignada halqalar hosil bo‘ladi, ya’ni iplar navbatma-navbat bir necha ustunchada halqa hosil qiladi hamda h tartibda orqaga qaytadi. Bir ipdan bir yo‘nalishda halqa hosil qilishda qainashgan ignalar soniga ko‘ra atlas tolqilishi uch, to‘rt, olti, sakkiz va ko‘p qaiorli bolishi, yo‘1-yo‘l ehiziqlarining mavjudligi hamda eniga qarab cho‘ziluvchanligi bilan tavsiflanadi.
Atlas to‘qilishi, asosan, ichki va ustki trikotaj buyumlari uchun mo‘ljallangan matolar hosll qilishda qo‘llaniladi hamda maxsus yassi mashinalarda to‘qiladi. Ikki fanturli mashinalarda o‘rib to‘qish usuli bilan olingan bosh to‘qilishlarga interlokli triko va atlas kiradi. Bu matolar rashel mashinalarida to‘qilib. ustki trikotaj buyumlari (kostyumlar, ko‘ylaklar, jaket va djemferlar) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |