Kiyimga qo‘yiladigan talablar



Download 80,69 Kb.
bet3/29
Sana08.01.2022
Hajmi80,69 Kb.
#335227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi(1)

Polinozli tolalar viskoza tolasiga nisbatan bir xil, zich tuzilishiga ega bo‘lib, mustahkam va namlanganda kam o‘zgaradi.Hozirgi kunda quyidagi modifikatsiyalangan viskoza tolalari ishlab chiqarilmoqda: siblonli, bakterisidli, kimyoviy barqaror va yog‘ ta’siriga chidamli.

Mis-ammiakli tolalar olishda tozaroq paxta sellulozasidan foydalaniladi va mis-ammiakli eritmada eritiladi, tolalari uzun ip hamda kalta tola sifatida ishlab chiqariladi.
Atsetatli tolalar viskoza tolasidan so‘ng eng ko‘p ishlatiladi. Asetatli tolalar past gigroskopiklik, yuvilishlarga chidamsiz, elektrlanish, kam mustahkamlik xususiyatlarga ega. Ular bir xil, aralash tarkibda har xil gazlamalar, ustki trikotajlar va boshqa buyumlar olishda ishlatiladi. Tolalarining boshqa xillaridan ikki va uch atsetatli tolalar ham ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmoqda.
Sintetik tolalar oddiy moddalarni sintez qilish yo‘li bilan (etilen, benzol, fenol, propilen) olingan polimer materiallardan ajratiladi. Ular tabiiy va sun’iy tolalarga nisbatan suvni kam shimishligi, namlikda fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarmasligi va yuqori darajada mustahkamliligi bilan tavsiflanadi. Tolalari kimyoviy barqaror, bakteriya va mikroorganizmlar ta’siriga chidamli, bo‘yoqni yaxshi qabul qilmaydi, tez elektrlanadi va past gigiyenik xususiyatlarga ega. Shuning uchun ular tabiiy hamda sun’iy tolalar bilan birgalikda ishlatiladi, mikromolekulalarining tuzilishi bo‘yicha karbo va geterozanjirli bo‘ladi.
Nitronli tolalar poliakrilnitrildan olinadi. Ular tashqi ko‘rinishi bo‘yicha junga o‘xshash. Kam gigroskopik, mustahkamligi poliamidli tolalarga nisbatan (yuvilgan paytda) 5-10 barobar kam. Nitronli tolalardan har xil gazlamalar, cho‘milish kostyumlari, pardalar va boshqa buyumlar olishda foydalaniladi.
Xlorinli tolalar qo‘shimcha xlorlangan polixlorvinlidan olinadi, Mustahkamligi quruq va nam holda o‘zgarmaydi, past gigroskopik hamda termik barqaror (70°C gacha), yorug‘lik hamda atmosfera ta’siriga chidamsiz, kimyo sanoatida (filtrlar va maxsus kiyimlar olishda) foydalaniladi.
Polipropilenli tolalardan tayyorlangan buyumlar suvda cho‘kmaydi, kislota, ishqor va mikroorganizm ta’siriga chidamli bo‘ladi. Gigroskopikligi nolga teng, past haroratda sinuvchan bo‘lib qoladi. Ulardan suvda cho‘kmaydigan dengiz kanatlari, bog‘lash uchun har xil iplar, baliq tutish to‘rlari, elektrizolatsiyali gazlamalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.

Polietilen tolasi yengil va chirimaydi, yuqori fizik-mexanik xususiyatlarga ega. Polietilen tolasi, asosan, texnik maqsadlar va kamroq qismi xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (gilamlar, plashMA’RUZA gazlamalar va boshq.) uchun ishlatiladi.
Vinol polivinol spirtidan olinadi va ko‘p marta yuvitishga, kislota, ishqor, organik eritmalar, mikroorganizm va yorug‘lik ta’siriga chidamli. Yuqori gigroskopik (5%) xususiyatga ega. Vinol tolasidan brezentlar, arqon, baliq ushlash to‘rlari. transport tasmalari ishlab chiqarishda va tibbiyotda qo‘llaniladi.
Poliamidli tolalar hozirgi kunda sintetik tolalar ichida eng ko‘p ishlab chiqariladi. Ular toshko‘mir smolalari, neft va gazlarni qayta haydash yo‘li bilan olingan mahsulotlardan ishlab chiqariladi. Poliamidli tolalarga kapron va anidlar kiradi.
Kapron tolasining ikki xili mavjud: fiksatsiya qilingan (kam qisqaradigan) va yuqori darajada qisqaradigan.
Anid tolasi ham kapron kabi poliamiddan tayyorlanadi. Anid tolasidan kalta va uzun (kapron) tolalar olinadi.Monotolalar qalin yoki ingichka bo‘lib, qalin tolalilar baliq ovlash iplari (leska), texnik gazlamalar; ingichka tolalar, yupqa va yengil gazlamalar hamda paypoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Poliamidli tolalar yuqori darajada ishqalanishga chidamli, uzilish mustahkamligi juda yuqori, elastik va ko‘plab qaytariladigan deformatsiyalarga chidamli. Gigroskopligi uncha yuqori emas (3,5-4%), gigiyenik xususiyatlari past va yorug‘lik nurlari ta’siriga chidamsiz, elektr zaryadlari to‘planadi. Tolalari ko‘proq parda buyumlari va brezentlar tayyorlashda ishlatiladi. Tolaning kamchiliklari fizik va kimyoviy modifikatsiyalash yo‘li bilan tuzatiladi.

Lavsan tolasi tashqi ko‘rinishi bo‘yicha junni eslatadi. Mus-tahkamlikda poliamidli tolalardan qolishmaydi. Undan tayyorlangan buyumlar g‘ijimlanmaydi va shaklini yaxshi saqlaydi. Yuqori harorat ta’siriga chidamli. Shuning uchun lavsanli buyumlar 130- 160°C dan yuqori haroratda dazmollanadi, ishqalanishga bardoshli. Kalta lavsan tolalari boshqa tolalar bilan (50% gacha) aralashtirilgan holda ishlatiladi. Lavsan tolasining kamchiliklaridan biri pilling (shariklanishi), tez kir bo‘lishi, elektrlanishi va yaxshi bo‘yalmasligidir.
Metall va metallashgan tolalar alumin folgasi, mis va uning qotishmalari, kumush, oltin va boshqa metallardan olinadi. Metalli tolalarga alunit, mishura va lyurekslar kiradi.
Alunit - alumin folgasidan olingan metalli ip bo‘lib, ikki tomonidan saqlovchi polimerli plyonkalar bilan qoplangan.
Mishura - mis va uning qotishmalaridan olingan ip, oltin va kumushning juda yupqa qatlami bilan qoplangan bo‘lishi mumkin.
Lyureks esa alunitga o‘xshash bo‘ladi.
Metallashgan tolalar lavsan plyonkalariga metall kukunchalarini purkash yo‘li bilan uzun ip ko‘rinishda olinadi. Ularga metanit va plastilekslar kiradi. Melallashgan iplarning mustahkamligini oshirish maqsadida bir yoki ikki kapron iplar bilan o‘raladi. Ular har xil rangli bo‘lishi mumkin.Metalli iplar (tolalar) nisbatan og‘irroq va kam elastik.

3-Mavzu:Tabiiy tolalarning olinishi,tuzilishi va xossalari
Reja:

1. Tabiiy tolali materiallar haqida umumiy ma’lumot.

2. Tabiiy o’simlik tolalarining tuzilishi.

3. Paxta tolasining tuzilishi.

4. Jonivorlardan olinadigan tola va iplarning tuzilishi, xossalari.

1.Tabiiy tolali materiallar haqida umumiy ma’lumot

To.qimachilik sanoatida qo.llaniladigan asosiy birlamchimahsulot tola hisoblanadi. Tolaning turlari ham juda xilma-xildir. Tolalarni o.rganishda qulaylik yaratish maqsadida olimlar tomonidanularni tasniflash (klassifikatsiyalash) taklif qilingan.Tabiiy tolalarning deyarli barchasi qishloq xo.jaligi mahsulotlari bo.lib, har joyning o.z muhitiga moslashgan holda, tabiiy sharoitlarda dastlab yovvoyi holda paydo bo.lgan va keyinchalik madaniylashtirilib, keng miqyosda yetishtirila boshlangan.

Tabiatda turli-tuman tolalar bor, lekin ularning ba.zilarigina to.qimachilik sanoati uchun yaraydi. Bunday tolalarning ko.ndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik, texnikaviy xossalari esa yuqori bo’ladi. To.qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalar yigiruvchanlik xossasiga ega bo.lishi kerak.

To.qimachilik sanoatida tabiiy va sun.iy (kimyoviy) tolalar ishlatiladi. Tabiiy tolalarni o.simlik (paxta, zig’ir, jut, kanop) tolalari, hayvonlardan olinadigan tolalar (jun) va pilladan olinadigan tolalar (ipak)ga ajratish mumkin. To.qimachilik sanoati uchun eng ahamiyatli tola paxta tolasi hisoblanadi.

Tarixdan ma.lumki, amerikalik Eli Uitni (AQSH) 1793-yilda tola ajratuvchi mashina kashf etganidan so.ng paxta tozalash sanoati rivojlana boshladi. Shunga qadar paxta tolasi chigitdan qo.lda ajratilar edi. Shu davrda Turkiston o.lkasi Rossiyaning to.qimachilik fabrikalariga 15.16 ming tonna paxta tolasi yuborgan. 1881-yilda Toshkentda birinchi paxta tolasi zavodi qurildi. 1890-yilga kelib O.rta

Osiyoda 40 ta paxta zavodi qurilgan bo.lib, shulardan 30 tasi Fargona vodiysida joylashgan edi. 1913-yilga kelib O.zbekiston hududida 180 ta paxta zavodi bo.lgan. 1918-yilda 517 ta paxta zavodida 1610 ta jin mashinasidan foydalanib paxta tolasi ajratilgan. O.zbekistonda 1913-yilda 223 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan bo.lsa, 2005-yilga kelib bu ko.rsatkich 1 million 200 ming tonnadan oshib ketdi. Quyida tabiiy tolalarning klassifikatsiyasi keltirilgan.


Download 80,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish