Kirish I bob. Fonetik-fonematik nutq kamchiligi haqida tushuncha



Download 89,43 Kb.
bet1/5
Sana30.05.2023
Hajmi89,43 Kb.
#946015
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qizlarbibi kurs ishi



Kirish………………………………………………………………………………3
I bob. Fonetik-fonematik nutq kamchiligi haqida tushuncha
1.1. Fonetik-fonematik nutq buzilishini (FFN) turli darajadagi ko‘rinishlari, tavsifi.6
1.2.Fonetik-fonematik nutq buzilishlariga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash……………………………………………………………………………
II bob.Fonetik-fonemik nutq nuqsoni va ovozning buzilishlarini bartaraf etishdagi tuzatish ishlari tizimida logopedik ritmika
2.1.Tovushlar talaffuzini korreksiyalash uchun nutqiy o'yinlar va mashqlar……..18
2.2.Rinolalik bolalar bilan olib boriladigan musiqali-ritmik mashg'ulotlar. Dizartrik bolalar uchun musiqali ritmik mashqlar, nutq ishtirok etgan va nutq ishtirok etmagan o'yinlar…………………………………………………………………..20
Xulosa…………………………………………………………………………….24
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………26


Kirish
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustivor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirish bo’lib, unda belgilangan vazifalar yurtimizda insonparvarlik g’oyalarining ustuvotligi, millatimizga xos mehr-shavqatning muhim qadriyat ekanligidan dalolat beradi.1


O’zbekiston Respublikasinni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi dasturida”…. Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, nogironlikka ega shaxslarga sifatli ta’lim berish kabi vazufalar belgilanib, bu jarayonga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni taqazo etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim va tarbiya masalalari respublikamizda va halqaro miqyosida me’yoriy huquqiy asoslarga ega.Jumladan, xalqaro hujjatlardan ayrimlarini keltiramiz: Inson huquqlari umumjahon deklataratsiyasi, BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilinib, 1992 yilda O’zbekistonda ratifikatsiyalangan “Bola huquqlari to’g’risidagi” Konvensiya, milliy huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (13 va 41 –moddalar), “Ta’lim to’g’risida” gi qonun ,( 20, 47, 52,55-moddalar), “ Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonuni 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-sonli “ nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonida qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’tisida” gi Farmonlari, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayan darajada xizmat qiladi.
Zamonaviy xalq ta’limi tizimining rivojlanishi va yangi vazifalarni о‘z oldiga qо‘yish davrida о‘sib kelayotgan yosh avlodni ta’lim – tarbiyasi samaradorligini oshirish eng asosiy vazifalardan biri bо‘lib kelmoqda. Ushbu vazifani bajarish uchun xalq ta’limi tizimiga qarashli barcha bо‘limlarni takomillshatirish va pedagog kadrlarning kasbiy sifatini yaxshilashni alohida ahamiyatga ega. Bolaning samarali ta’lim olishga tayyorlashning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri tо‘g‘ri yaxshi rivojlangan nutq hisoblanadi. Nutq – mustaqil jarayon sifatida artikulyatsiya va diksiyada namoyon bо‘ladi. Artikulyatsiya – bu harakatlar majmui bо‘lib, nutqning tashqi apparati va periferik nerv sistemasi yordamida ichki va tashqi harakatlar vujudga kelishi natijasida tovush, bо‘g‘in va sо‘zlar yuzaga keladi.
О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risidagi” qonunida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich maktab konsepsiyalarida ta’lim tizimini takomillashtirish muammosini tо‘g‘ri hal etish orqali erishishi mumkin. Ayniqsa, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalirida о‘qitishning samarali usullarini amaliyotga tadbiq etish soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib turibdi. Shunga bog‘liq ravishda jismoniy va ruhiy rivojlanishida kamchiligi bо‘lgan, nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalarning rivojlanishini har tomonlama о‘rganishining nazariy va amaliy ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Bizning mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan maktabgacha ta’lim tizimi bir qator о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bozor iqtisodiyotining о‘tish bosqichi qiyinchiliklarga qaramasdan biz erishilgan ijobiy tajribalarni saqlash va rivojlantirish yо‘lidan bormoqdamiz. Bu sohada 1998-yil, “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash tayanch dasturi” ham ishlab chiqildi. Dasturning ijobiy tomonlaridan biri – maktabgacha tarbiya muassasasining jamoasi faoliyati chegaralab qо‘yilmaganligidir. Dasturning ijobiy tomonlaridan yana bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish xalqning qadimiy urf-odatlari, san’ati, madaniyati, milliy qadriyatlari asosida tanishtirish orqali amalga oshirilishidir. Zero, har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan mavqei va shuhrati bevosita о‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Bola shaxsning har tomonlama rivojida nutqning ahamiyati katta. Nutq – insonning muloqat, fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi. Nutq rivojlanishining orqada qolishi bolaning barcha psixologik faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar lozim bо‘ladi, bola psixik va somatik jixatdan sog‘lom bо‘lishi, normal eshitish va kо‘rishi shart. Yetarli darajada psixik faoliyatiga ega bо‘lishi, nutq muhiti sharoitida bо‘lishi lozim.
Kurs ishining maqsadi: Fonetik-fonematik nutq nuqsonlariga ega boʻlgan bolalar bilan korreksion logoritmik mashgʻulot olib borish va interfaol metodlardan foydalanish.
Kurs ishining vazifasi: Fonetik-fonematik nutq nuqsonlariga ega bolalar nuqsonlarini erta aniqlash; toʻgʻri tashxis qoʻyish.



Download 89,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish