Kavkaz bu geografik mintaqa hisoblanib, Yevroosiyodagi togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa pasttekisligining janubida yaʼni Yevropa va Osiyo qitʼalarining chegarasida joylashgan. Gʻarbdan Qora dengiz



Download 20.03 Kb.
bet1/3
Sana04.10.2020
Hajmi20.03 Kb.
  1   2   3

Kavkaz - bu geografik mintaqa hisoblanibYevroosiyodagi togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa pasttekisligining janubida yaʼni Yevropa va Osiyo qitʼalarining chegarasida joylashgan. Gʻarbdan Qora dengiz, sharqdan Kaspiy dengizi mintaqani oʻrab olgan.

Kavkazdagi davlat va regionlar

  • Armaniston

  • Gurjiston

  • Ozarbayjon

  • Abkhazia Abxaziya (qisman tan olingan)

  • Janubiy Osetiya (qisman tan olingan)

  • Togʻli Qorabogʻ Respublikasi (tan olinmagan)

  • Rossiya

  • Adigeya

  • Dogʻiston

  • Ingushiya

  • Kabarda-Balkariya

  • Qorachoy-Cherkasiya

  • Shimoliy Osetiya

  • Checheniston

  • Krasnodar oʻlkasi

  • Stavropol oʻlkasi

Etimologiyasi

«Kavkaz» (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan, ehtimol u Qora dengizning janubiy sohilida qadimda yashagan "Kavkaz" xalqining nomidan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. Kavkaz atamasi dastlab mil.av. 479-yilda yunon dramaturgi Esxilning "Zanjirband Prometey" tragediyasida qayd etilgan). Shimolda Kuma-Manich botigʻidan, janubda tabiiy geografik va geologik jihatdan shartli ravishda Kavkazorti respublikalarining Turkiya va Eron bilan boʻlgan davlat chegaralarigacha choʻzilgan. Maydoni 500 ming km2. Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti boʻlinadi. Ular oʻrtasidagi chegara Katta Kavkazning Bosh (yoki Suvayirgʻich) tizmasidan oʻtadi.



Relyefi

Relyefi asosan, togʻlardan iborat. Taman yarimorolidan Apsheron yarimoroligacha Katta Kavkaz togʻlari choʻzilgan. Bu togʻlarning shimoliy etaklaridan Kuma-Manich botigʻigacha boʻlgan hudud Kavkazoldi deb ataladi. Katta Kavkazdan janub da Kolxida va Kura-Arake pasttekisliklari bor. Kavkazning janubi-sharqida burmali Tolish togʻlari (balandligi 2477 m gacha) va Lenkoran pasttekisligi joylashgan. Kavkaz janubining oʻrta va gʻarbiy qismlarini Kavkazorti togʻligi egallagan.

Kavkaz Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orografiyasida Kavkazoldi yosh platformasi (plitasi), Katta Kavkaz megantiklinoriysi, Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va Kichik Kavkaz megantiklinoriysi ajralib turadi. Kavkazoldi plitasi shimoli-gʻarbiy qismining zamini tokembriy Ukraina kristalli massivining yer tagidagi janubi-sharqiy davomidir. Kavkazoldining qolgan qismi oʻrta paleozoy burmali zaminiga mansub. Kavkazoldi choʻkindi jinslar qoplami miotsengacha toʻplana borgan. Miotsen oxirida Stavropol qirlari koʻtarilib, Azov-Kuban botigʻini Terek-Kuma botigʻidan ajratib qoʻygan. Pliotsen oxirida Terek va Sunja tizmalarining antiklinal zonalari paydo boʻlgan. Katta Kavkaz markaziy qismining shimoliy yon bagʻri Kavkazoldi plitasining chekkasi boʻlib, bu yerda yangi tektonik harakatlar boʻlib turadi. Janubroqda Yon tizmaning intensiv gersin burmalanish zonasi Pshekish-Tirniauz yoriklari zonasidan ajralgan. Yanada janubroqda, bosh tizma zonasida gersin metamorfik majmuasi koʻtarilgan. Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va Kichik Kavkaz megantiklinoriysining zaminini yuqori tokembriy — quyi kembriy metamorfik majmuasi tashkil qilgan.


Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat