Kavkaz bu geografik mintaqa hisoblanib, Yevroosiyodagi togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa pasttekisligining janubida yaʼni Yevropa va Osiyo qitʼalarining chegarasida joylashgan. Gʻarbdan Qora dengiz



Download 20,03 Kb.
bet2/3
Sana04.10.2020
Hajmi20,03 Kb.
#49653
1   2   3
Bog'liq
Kavkaz

Foydali qazilmalari

Kavkaz har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrida, Kichik Kavkazda rangli metall konlari, Shimolda Osetiya-Alaniya, Gurjistonda qoʻrgʻoshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur (Armaniston)da mis va molibden, Ozarbayjonda temir rudasi, alunit, Tkibuli, Tkvarchelida toshkoʻmir, Chiaturada marganets konlari bor.

Ozarbayjon,Checheniston-Ichkeriya, Ingushiya, Dogʻiston respublikalari, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida neft qazib olinadi. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa minerallarga boy.

Iqlimi

Kavkaz moʻtadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha darajasi Kavkazoldida —2, —5°, Gʻarbiy Kavkazorti (Kolxida pasttekisligi)da 4,5—6°, Sharqiy Kavkazorti (Kura-Araks va Lenkoran pasttekisligi)da 1—3,3°. Iyulning oʻrtacha darajasi gʻarbida 23—24°, sharqida 25—29°. Yillik yogʻin sharqida 200–400 mm, gʻarbida 1200–1800 mm. Gʻarbiy va Markaziy Kavkaz yon bagʻirlariga 2500 mm dan 4000 mm gacha yogʻin yogʻadi.

Katta Kavkazda muzliklar koʻp. Umumiy soni 2200 dan ziyod, maydoni 1428 km2. Kavkaz daryolari Kaspiy (Kura va irmogʻi Araks, Sulak, Terek, Kuma), Qora dengiz (Rioni, Inguri va b.) va Azov dengizlari (Kuban) havzalariga mansub. Kavkaz daryolarida koʻplab GESlar qurilgan (Kurada Mingechaur va Zemo-Avchala GESlar, Katta Kavkaz daryolarida Xrami, Rioni va boshqa GESlar bor). Eng yirik koʻli — Sevan.

Kavkazoldining tekislik landshaftlari moʻtadil mintaqaga, Kavkazorti esa subtropik mintaqaga kiradi. Gʻarbiy va Oʻrta Kavkazoldining landshaftlari dashtlardan iborat. Stavropol qirlarining balandroq qismlari, Mineralniye Vodi atroflari, Sunja tizmasining gʻarbiy qismlari va Katta Kavkazning qiya tekisliklarini oʻrmonli dasht egallagan. Sharqiy Kavkazoldida och tusli kashtan tuproqlardagi shuvoqli chala choʻl landshafti zonal landshaftdir. Kura-Araks pasttekisligining chala choʻllarida ondasonda shoʻrxok choʻllar ham uchraydi. Kolxida va Lenkoran pasttekisliklarida nam subtropik landshaftlar tarqalgan. Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrining quyi qismi, Kichik Kavkazning shimoliy yon bagʻri va Tolish togʻlarida subtropik oʻrmon landshaftlari bor. Kavkaz togʻlarida togʻ-oʻrmon landshaftlari hukmron. Sharqiy Kavkaz (Dogʻiston) va, qisman, Markaziy Kavkaz, Armaniston togʻligining lava platolari va tekisliklarida togʻ-dasht landshaftlari uchraydi. Katta Kavkazning eng baland choʻqqilarida glyasialnival landshaftlari tarqalgan.

Kavkazda Kavkaz, Teberda, Ritsa, Dilijon va bshqa qoʻriqxonalar bor. Kavkazda Rossiya Federatsiyasi hududining bir qismi, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Turkiyaning sharqiy va Eronning shimoli-gʻarbiy qismi joylashgan. Kavkazda yirik kurort rayonlari, Kavkaz Mineral Suvlari, Qora dengiz boʻyi kurortlari, turizm va alpinizm markazlari bor.


Download 20,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish