Kavkaz bu geografik mintaqa hisoblanib, Yevroosiyodagi togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa pasttekisligining janubida yaʼni Yevropa va Osiyo qitʼalarining chegarasida joylashgan. Gʻarbdan Qora dengiz



Download 20,03 Kb.
bet3/3
Sana04.10.2020
Hajmi20,03 Kb.
#49653
1   2   3
Bog'liq
Kavkaz

Katta Kavkaz

Katta Kavkaz — Qora dengiz bilan Kaspiy dengizi oraligʻida shimoly-gʻarbdan janubiy-sharqqa choʻzilgan togʻ sistemasi. Uzunligi 1100 km dan ziyod, eni 180 km gacha. Oʻq qismida — Bosh tizma, yaʼni Suvayirgʻich va Yon tizmalar joylashgan; bu tizmalardan yana bir qancha tarmoqlar ajralib chiqqan. Eng baland joyi — 5642 m (Elbrus). Katta kazkaz 3 qismga boʻlinadi: Gʻarbiy Kavkaz (Anapa shahridan Elbrus togʻigacha), Markaziy Kavkaz (Elbrusdan Kazbek choʻqqisigacha) va Sharqiy Kavkaz (Kazbekdan Sumgait shahrigacha). Togʻ yon bagʻirlarida togʻ-oʻrmon va togʻ-oʻtloq landshafti hukmron. Muzliklar (1780 km²) bor.

Kavkaz tillari

Kavkaz tillariIber-kavkaz tillari (Iboriy-kavkaz tillari) — Kavkazdagi 50 ga yaqin tillarning majmui. Shartli ravishda Kavkaz tillari deb ataladi. Kavkaz tillari Shimoliy Kavkaz, Turkiyada va kichik guruhlari Suriya, Eron va baʼzi Yaqin Sharq mamlakatlarida tarqalgan. Kavkaz tillari 3 guruhga boʻlinadi: abxaz-adigey (Gʻarbiy Kavkaz), kartvel (Jan. Kavkaz) vanax-dogʻiston (Sharqiy Kavkaz).

Kavkaz tillari dan 12 tasi (gruzin, abxaz, abazin, adigey, kabardin-cherkas, chechen, ingush, avar, lak, dargin, lazgin, tabasaran) oʻz yozuviga ega. Ulardan faqat gruzin tili koʻp asrlik adabiy anʼanaga ega boʻlib, uning qad. yodgorliklari mil. av. 5-asr ga oid. Boshka Kavkaz tillari yozuvi 14 — 16-asrlarda yaratilgan. Abxaz-adigey tillarida undosh tovushlar koʻp. Otlarning turlanishi kam rivojlangan, feʼllarning tuslanishiga boy. Kartvel tillari undoshlarga boyligi, feʼl nisbatlari borligi va ergashgan qoʻshma gaplarning turlari rivojlangani bilan ajralib turadi. Nax-dogʻiston tillarida ham undosh tovushlari koʻp, kelishiklar ancha rivojlangan (baʼzan 40 taga yetadi).



Kavkaz tillari oʻrtasidagi genetik aloqalar aniq emas. Baʼzi olimlar ularni qarindosh deb hisoblasa, boshqalar buni inkor etadi. Kavkaz tillari Ispaniyadagi bask tiliga, shuningdek, qadimgi. Yaqin Sharqdagi baʼzi xurrit-urart tillari bilan qarindosh boʻlgan, degan taxminlar bor. Ayrim olimlar esa Kavkaz tillarining fonologik va grammatik xususiyatlarini hind-yevropa tillariga qiyoslash asosida ular qad. bir oilaga birlashgan, degan fikrni aytadilar.
Download 20,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish