O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
UDK: qo’lyozma huquqida
MIRZAAHMEDOVA MADINABONU NO’MONJON QIZI
“
“KASHTACHILIK NAQSH ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB AYOLLAR ZAMONAVIY LIBOS LOYHASINI YARATISH”
5150900-Dizayn (kostyum dizayni)
Magistrlik
Akademik darajasini olish uchun yozilgan desertatsiya
Ilmiy rahbar: PHD.SHUKUROVA L
NAMANGAN-2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Fakultet_YeSMKT Magistratura talabasi_Mirzaahmedova M.
Kafedra_Dizayn (Kostyum) Ilmiy rahbar_Shukurova L.
O’quv yili_2020-2022 Mutaxassisligi_5A150901
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O’zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanib boriyotgan bir davrda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan g’oyat ulkan,bebaho ma’naviy va madaniy merosimiz,milliy qadriyatlarimizni tiklash-davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylanadi.Natijada xalqimiz o’z taqdirlarini chinakam egasi,o’z davrlarining milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylanadi.Jannatmakon yurtimizning istiqlolga erishishi milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi bilan bir qatorda,xalq milliy hunarmandchiligi va amaliy san’atning: badiiy kulolchilik,minitura,yog’och o’ymakorligi,naqqoshlik,zardo’zlik va albatta kashtachilik san’ati turlari kabilar xisoblanadi.Kashtachilik san’atida ham yangi amaliy ijodiy ishlar yaratilishiga hamda taraqqiy etishga keng yo’l ochib berildi.O’zbek xalq amaliy bezak san’ati turlaridan biri kashtachilikdir.Milliy kashtachiligi amaliy san’atining eng qadimiy turlaridan biri bo’lib u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan.Kashtachilik-tabiiy iplar va tabiiy bo’yoqlar yordamida turli xil naqsh elementlarini matolar,buyumlarda aks ettirish xisoblanadi.Asosiy vazifamiz yangi dizayndagi ayollar zamonaviy liboslar assortimentlarini ko'paytirish va yo’qolib borilayotgan kashtachilik naqsh elementlaridan foydalanib transformatsiya qilish orqali klassik va yangicha dizayndagi kuzgi liboslar kolleksiyasini yaratish orqali ishlab chiqarish sohasi samarali foyda keltirish hisoblanadi.Shularni hisobga olgan holda biz dizaynerlar yurtimizda yo’qolib borilayotgan qadimiy naqsh turlaridan foydalanib ayollar liboslarini keng targ’ibot qilish va j jahon bozorlari talablariga mos keladigan liboslar yaratib, texnologik jihatdan yangilab uni rivojlantirishni ko'zda tutganmiz..
Do'stlaringiz bilan baham: |