II BOB. Kashtachilik maktabi texnikasidan foydalanib milliy libos loyihasini yaratish.
|
|
2.1.
|
Kashtachilik naqsh texnikasidan foydalanib milliy libos namunalarni yaratish
|
|
2.2.
|
Zamonaviy tendensiyadagi modellarni o’rganish va marketing tadqiqot olib borish
|
|
2.3
|
Kashtachilik iplari va kerakli johozlariga ta’rif tavsifi
|
|
2.4
|
Brend name yaratish
|
|
II bob bo’yicha xulosalar
|
III BOB. Farg’ona vodiysi texnikasidan foydalanib zamonaviy ayollar liboslarni loyihalash
|
|
3.1.
|
Tanlangan materialni fizik mexanik xususiyatlarni o’rganish.
|
|
3.2.
|
Tavsiya etilgan eskiz asosida modelini loyihalash metodikasini tanlash. konstruksiyasini qurish va modellashtirish
|
|
3.3
|
Farg’ona vodiysi kashtasi texnikasidan foydalanib zamonaviy milliy libos konstruktsiyasini yaratish.
|
|
3.4.
|
Konstruktsiya asos chizmasi bo’yicha detal andozalarni ishlab chiqish va to’shamaga joylash
|
|
III bob bo’yicha xulosalar
|
IQTISODIY SAMARADORLIK HISOBI
|
UMUMIY XULOSALAR
|
|
ADABIYOTLAR RO’YHATI
|
|
ILOVA
|
|
|
Kirish
Ma’lumki, 2017- yil 3-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijodkor vakillari bilan uchrashuvda taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida madaniyat, adabiyot va san’at sohasini, jumladan, tas’viriy san’at yo’nalishini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalarni belgilab, ularni hal qilish yo’llarini ko’rsatib berdi. Prezidentimizning “O’zbekiston badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3219-sonli Qarori shu yo’nalishdagi yana bir muhim hujjat bo’ldi.
Qarorda xalqimizni tas’viriy san’at namunalaridan bahramand etish va dizayn yo’nalishida faoliyat olib borayotgan mutahasisslarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, san’at asarlarida milliy va umuminsoniy an’analarni yuksak darajada ifoda etishga erishish, yurtimizda o’tkazilayotgan ko’rgazmalarning badiiy saviyasini oshirish, rassomchilik va dizayn sohasiga ixtisoslashgan ta’lim tizimini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish borasida ham muhim vazifalar belgilangan. “2016 yil 21 dekabrda «2017 – 2019 yillarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida» Prezident Sh.M. Mirziyoyevning qarori chiqqanini alohida ta`kidlab o'tish lozim. Ushbu muhim dasturiy hujjatga ko'ra, 2020-yilgacha 132 ta investitsion loyiha amalga oshishi kutilmoqda, ularning 50 foizi chet el investitsiya va kreditlari bo'lib, loyihalarning umumiy qiymati 2,2 milliard dollarga teng. Mazkur loyihalarni joriy qilish natijasida yaqin yillar ichida eksport salohiyatini 7-8 milliard dollarga oshirish maqsad qilingan”.
Zamonaviy badiiy jarayonda “pret-a-porte” va “yuksak moda” hamisha o`ziga chorlovchi serjilo xususiyatiga ega. U allaqachon sanoatning amaliy ijrosi chegarasidan chiqib, yorqin, o`ziga xos g`aroyib tantanaga aylangan. Uning namoyishi bizni xayratga soladi, o`ylantiradi, xayajonlantiradi, olingan har qanday taassurot samarasi – yanada chorlovchi diqqat e`tiborini qamrab oluvchi tomoshadir. Madaniyat dunyosi ramzlar, belgilar va ishoralar dunyosidir. Inson libosni tabiatdagi noyob ta`sirlardan saqlanish vositasi sifatida idrok eta boshlaganidan buyon u insonning badiiy shakllar kashf etish, o`zida qadimiy amaliy va estetik didni mujassamlashtirish buyumlarni yaratish qobiliyatning ramzi bo`lib qoldi. Respublika dizaynerlari yaratgan liboslarida milliylikka alohida e`tibor qaratilmoqda1.
Do'stlaringiz bilan baham: |