Karl popperning ijtimoiy-falsafiy



Download 392,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana29.04.2022
Hajmi392,09 Kb.
#594405
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
karl popperning ijtimoiy-falsafiy qarashlari



O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI 
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
TOSHKЕNT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI 
Falsafa ta‘lim yo‘nalishi 
IV kurs arab-ispan guruhi talabasi 
QAYUMOV ZOKIRJONning 
―Ijtimoiy falsafa‖ fanidan 
KARL POPPERNING IJTIMOIY-FALSAFIY
QARASHLARI
 
mavzusidagi 
KURS ISHI 
 
 
 
 
Ilmiy rahbar:
o‘qit. A. Abduhalimov
 
 
 
TOSHKENT – 2014 



REJA:
 
 
Kirish 
1.
Karl Popper – postpozitivizm falsafasining yirik vakili 
2.
Popperning falsafa tarixi davrlarin va qadimgi faylasuflarning davlat 
to‘g‘risidagi fikrlari tahlili
3.
K.Popperning ― Ochiq jamiyat va uning dushmanlari ‖
asaridagi ijtimoiy- falsafiy qarashlari
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
 



Kirish
 
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
. O‗zbekiston o‗z davlat mustaqilligi – 
suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e‘lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–
iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma‘naviy taraqqiyotida, ta‘lim–
tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash 
tizimida ham tom ma‘noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi 
zamonaviy umuminsoniy ma‘naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi 
xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy 
falsafiy usul va prinsiplar asosida o‗rganish, tadqiq etish, ayniqsa, yangi davr 
g‘arb falsafasi ixtisosligi bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham 
ochib berdi. ―Avvalgi yillarda, - deb ta‘kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - 
ta‘lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‗or yutuqlaridan va xalqimizning 
tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‗zgartirilishi lozim. Aslini 
olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng 
yaxshi yutuqlarini o‗ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish … 
shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish 
mumkin
1
‖. Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o‘ziga xos 
ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g‘arb va sharq faylasuflarining 
o‘rni beqiyosdir.
Prezidentimiz Islom Abdug‗aniyevich Karimov aytganlaridek, ―Dunyo 
tan olgan ko‘p ulug‘ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o‘zbek tilida nashr 
etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g‘oyaviy 
qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi 
olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va 
sharhlar bilan o‘zbek tilida chop etishimiz kerak
2
‖. 
Shuningdek, 
prezidentimiz 
ota-bobolarimizning 
asrlar 
davomida 
to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam 
1
Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. - T.: ―O‘zbekiston‖, 2006. – B. 104. 
2
O‘sha asar. – B. 112. 



etgan nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri kelgan
3
ligini mustaqillikning 
dastlabki yillarida alohida ta‘kidlab o‘tgan. Bular orasida Sharq va G‘arb 
falsafasi ahamiyatlidir.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‗zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, 
insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‗z-o‗zidan yuz 
bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an‘analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur 
maktabi, madaniy–ma‘naviy muhit mavjud bo‗lmog‗i kerak. ―…Biz ko‘p 
masalalarda g‘arb faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoizm 
qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni 
hisobga olishimiz, keraklisini e‘tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur
4
‖.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va 
ma‘rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz 
yuqorida ta‘kidlab o‘tganlaridek, g‘arb faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar 
ongiga ularni sharq faylasuflarining fikrlari bilan uyg‘unlashtirgan holda 
singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr g‘arb 
faylasuflarining, xususan, Karl Popperning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‗rganish 
shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir. 

Download 392,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish