1-MUSTAQIL ISH YO‘RIQNOMASI
Jismoniy tarbiyava sog‘liqni saqlash fanining mazmuni nimalardan iborat
|
Jismoniy tarbiya va sog‘liqni saqlash fanining maqsadi nimalardan iborat
|
Jismoniy tarbiya va sog‘liqni saqlash fanining vazifalari nimalardan iborat
|
MTMda jismoniy tarbiya tizimini kun tartibi, mujassam mashg‘ulotlar, ovqatlanish, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), jismoniy mashqlar, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, davolovchi-uqalash, gimnastika, ritmika, sport o‘yinlari tashkil yetadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda ularni yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar mazmuni o‘yin shaklida yoritilib, bolalarni qiziqtiradigan harakat jarayonlaridan tashkil topmog‘i lozim. Ma’lumki, ilk yoshdagi bolalar atrofdagi barcha jarayonlarni kuzatib, taqlid qiladilar, bolalar uchun murakkab bo‘lmagan harakatlarni ular o‘z xohishlari bilan bajaradilar va tez o‘rganadilar. O‘yin mazmunidagi mashg‘ulotlar orqali bolalarning xotirasi rivojlanib, jamoaga uyushish fazilatlari shakllanib boradi. Jismoniy mashqlar orqali esa ularning faolligi oshib, hayotiy zarur bo‘lgan ko‘nikma malakalarni va jismoniy sifatlar (kuchlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, uddaburonlik)ni egallaydilar va jismoniy rivojlanishi taraqqiy etib boradi.
|
Talabalar Bolalar jismoniy tarbiya metodikasi, dars tuzilishi va dars kismlari haqida umumiy tasavvurga ega bo'ladilar. o'yinlarni dars jarayonida qo'llay olish malakalari hosil qilish. Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bog'likdir. Jismoniy tarbiya metodikasi – jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o'rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko'nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli uyin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta e'tibor berishdir.
|
tizimlilik va izchillik
onglilik, talablarni ortib borishi
mustaqillik va ijodiy faollik
ta'limning ko'rgazmali og'zaki va amaliy usullarini birga qo'shib olib borish
tushunarlilik va individuallashtirish
ta'limning frontal, guruh va yakka tarzdagi shakllarining birligidan iborat
|
Qadimgi davrlarda bolalar jismoniy tarbiyasi haqidagi ta’limotlar va qarashlarniyoritib bering
|
Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo‘tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Bolalarning jismoniy madaniyatiga alohida e’tibor qaratilgan dastlabki davlatlardan biriSpartadir
|
IX-XVIasrlarda sharq jismoniy tarbiyasigaoid pedagogik fikrlar
|
Ibn Sino ta’limotida
|
Sohibqiron Amir Temurta’limotida
|
Pahlavon Mahmudta’limotida
|
Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar o‘z asarlarida inson kamolotining asosiy negizlaridan biri sifatida jismoniy tarbiyani e’tirof etganlar.
Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda, inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim a hamiyatini ham
|
Buyuk sohibqiron Amir Temur jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratgan. «Temurnoma» da yozilishicha, Temur o‘spirinlik davrida tengdoshlari bilan o‘zining ko‘p vaqtini jismoniy mashqlar va harbiy o‘yinlarga ajratgan. Temurning o‘zi va o‘yinlarning boshqa ishtirokchilari ham katta jismoniy tayyorgarlikdan so‘ng buyuk lashkarboshilar bo‘libyetishgan.
|
XIII-XIV asr mumtoz madaniyatimiz atoqli namoyondasi, mashhur ruboiynavis shoir, otashin xalqparvar Pahlavon Mahmud (1247-1326) o‘z davrining ajoyib sportchisi ham bo‘lgan. U milliy kurash bo‘yicha xalq musobaqalarida qatnashib, hamma raqiblarini yenggan, g‘oliblik evaziga mukofotlar emas, balki shu joy hokimlaridan Xorazmdan keltirgan qullar va asirlarini ozod etishni talab qilgan. O‘sha davrda sportning kurash turi Turkiston hududida gurkirab rivojlangan, hamda u xalq orasida juda ommabop bo‘lgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |