Jism og’irligi
“
Jism og’irligi” mexanikaning eng bir baxs-munozarali mavzularidandir. Og’irlik
tushunchasi bilan biz dastlab VII sinf fizika darsligida tanishamiz. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki,
jism og’irligi turli yilga mansub turli adabiyotlarda turlicha ta’riflangan. Ulardan eng mashxur va
aniq varianti quyidagicha: “Og’irlik – bu jismning Yer bilan tortishish (yoki og’irlik kuchi)
natijasida tayanchga yoki osmaga beradigan ta’sir kuchidir”.
Ba’zi bir adabiyotlarda quyidagicha ta’rifni ham uchratish mumkin: “Og’irlik – bu
jismning gorizontal tayanchga yoki osmaga ta’sir kuchidir”. Ideal
gorizontal tayanchni qanday
hosil qilish mumkin? Demak, gorizontal bo’lmagan sirtlarda jism og’irligi boshqacha bo’ladimi?
Balki jism har qanday sirtda o’z og’irligini saqlar?
N.Shaxmayev “Fizika,8” (2002-y) darslikda “Jismning (Yerga tortilishi natijasida)
tayanchga ta’sir kuchi og’irlik deyiladi. Og’irlik – jismga emas, tayanchga qo’yilgan kuch
ekanligini tushunish va esda saqlab qolish muhimdir.
Quyidagi rasmlarda jism og’irligi P tasvirlangan.
A.G’aniyev “Fizika, I-qism” (2010-y) darsligida quyidagicha ta’riflangan: “Jismning vazni
deb, Yerga tortilishi natijasida vujudga keladigan va uni erkin
tushishdan saqlab turgan
tayanchga yoki ilgakka ko‘rsatadigan bosim kuchiga aytiladi. Jismning vazni u erkin tushish
tezlanishidan farqli tezlanish
bilan harakatlangandagina, ya’ni unga og‘irlik kuchidan tashqari
boshqa kuchlar ham ta’sir etgandagina namoyon bo‘ladi. Boshqa hollarda esa u og‘irlik kuchiga
teng bo‘ladi.
Quyida jism og’irligini qanday o’lchash haqida so’z yuritamiz.
Og’irlikni qanday asbob o’lchaydi?
Jism og’irligi
tarozi
yordamida o’lchanishi hammaga ma’lum. Lekin tarozilar ham har xil
bo’ladi. Yana adabiyotlarga murojaat qilamiz.
A.M.Proxorov “Fizika. Katta ensiklopedik lug’at” (1998) kitobda ko’rsatilishicha, tarozi –
bu jism massasini aniqlaydigan asbobdir. Ko’pchilik adabiyotlarda jism og’irligi
prujinali
tarozilar yordamida o’lchanishi aytilgan. Richagli tarozilar (teng yelkali) esa jism massasini
o’lchashi aytilgan. Faqatgina Б.М.Яворского, А.А.Пинского «Основы физики» va
Г.С.Ландсберга «Элементарный учебник физики» adabiyotlarda jism og’irligi
richagli
tarozilar yordamida o’lchanishi aytilgan. O’quvchi qaysi biriga ishonishi kerak?
N
mg
P
T
mg
P
Prujinali tarozilar shubhasiz jism og’irligini o’lchaydi. Richagli tarozilar esa jism
massasini o’lchashga juda qulay. Teng yelkali richag pallalari tenglashganda o’lchanayotgan
jism massasi va tarozi toshi massasi teng ekanligini bilamiz. Bundan tashqari richagli tarozining
bu
muvozanati uni ekvatorga, qutbga yoki Oyga (va h.k) ko’chirganimizda ham o’zgarmaydi.
Bunda jism og’irligi o’zgaradi, lekin massasi o’zgarmaydi!
Nima uchun vaznsizlik sharoitida har qanday tarozi ishlamaydi (o’lchamaydi)? Axir jism
massasi va og’irlik kuchi o’zgarmaydiku?!
Chunki, to’la vaznsizlik sharoitida jism og’irligi
nolga teng, shuning uchun tarozi ham
nolni ko’rsatadi.
Agar richagli tarozida kichik zichlikka ega jism (paxta yoki shunga o’xshash) o’lchansa-
chi? Hajmi katta jismlarga havoning ko’taruvchi kuchi (Arximed kuchi) sezilarli ta’sir qiladi,
tarozi toshiga ega deyarli ta’sir qilmaydi. Bunday holda jismlar og’irligi
teng deyish mumkin,
katta hajmli jism massasi tarozi toshining massasidan katta bo’ladi. Bu yerda richagli tarozi
bunday jism massasi haqida aniq natija bermaydi.
To’la vaznsizlik sharoitida jism massasini boshqa jismlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi
yordamida aniqlash mumkin. Tarozining ishlash prinsipi esa og’irlik kuchiga asoslangan.
Shuning uchun quyidagi xulosaga kelamiz: tarozi yordamida jismlar og’irligi o’lchanadi,
lekin
ba’zida massasini aniqlash imkonini beradi.