ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI MTMICHJA YOʻNALISHI K-81-21 GURUH TALABASI ISOQOV BAXTIYORNING
ELEKTR TEXNIKA VA ELEKTRONIKA FANIDAN LABARATORIYA MASHGʻULOTI Ishni bajarishdan maqsad. 1.Uch fazali zanjirni yulduzcha sxemada ulashni
o‘rganish. 2.To‘rtta simli zanjirni va or yuklamalarda va bitta faza uzilganda, qisqa tutashganda tekshirish. 3.Uch fazali to‘rt simli zanjir uchun vektor diogramma qurishni o‘rganish. 4.Iste’molchilari uchburchak sxemada ulangan uch fazali tok zanjirning turli ish rejimlaridagi tekshirish. a) simmetrik aktiv yuklama uchun, b) nosimmetrik aktiv yuklama uchun. с) ayrim fazasi ajratilgan va biron liniya simi uzilgan holatlarda, Tok va kuchlanishlarning vektor diogrammalarini qurishni o‘rganish.
Nazariy tushunchalar.Uch fazali tok zanjirida elektr energiyasining
iste’molchilari uch fazali manbaga “yulduz” yoki “uchburchak” sxema bo‘yicha biriktiriladi.
Yulduz sxemada ulangan uch fazali tok zanjiri.
Uch fazali tok manbayiga iste’molchilarni qanday ulanishi ularning har qaysi fazalarining qarshiliklari miqdorlarini qanday kuchlanishga mo‘ljallanganligiga bogliq.
Ishni bajarish tartibi.1.Rasmda keltirilgan sxema yigiladi.
2.Lampali reostatni yulduzcha ulab, uch fazali tok manbayiga ulansin.
MAVZU: UCH FAZALI O‘ZGARUVCHAN TOK ELEKTR ZANJIRIGA ISTE’MOLCHILARINI «YULDUZ» VA «UCHBURCHAK» USULLARDA ULASH
Ishga oid nazariy tushunchalar.Iste’molchilarning uch fazali tok manbaiga qanday sxema bo‘yicha ulanishi, iste’molchining alohida fazasi qarshiligini qanday miqdorda nominal kuchlanishga mo‘ljallanganligiga bogliq. Uchburchak sxemada ulanganda faza qarshiliklari Zav ,Zvs, Zas lar tegishli A, В va С liniya simlarining oralariga ulanadi, ya’ni istemolchining birinchi fazasi A va В liniya simlar oraligida, ikkinchi fazasi В va С liniya simlari oraligida va nihoyat uchinchi fazasi С va A liniya simlari oraligida bo‘lishi kerak. Liniya kuchlanishlarining ta’sir etuvchi qiymatlari uchun quyidagi tengliklarni yozish mumkin;Uav=Uvs=Usa=Uf=Ul; Uf=Ul; demak, iste’molchilari uchburchak sxemada ulanganda Uл va Uф kuchlanishlari o‘zaro teng ekan.
Ishni bajarish tartibi. 1. Rasmda ko‘rsatilgan sxema yigiladi. 2.Lampali qarshilikni
uchburc-hak qilib ulab uch fazali tok manbaiga biriktirilsin. Ampermetr uchun mo‘ljallangan rozetkalarga o‘lchov asboblari ulansin.
Uchburchak ulangan uch fazali tok zanjiri
Yuklamani uch fazali tok manbaiga ulab quyidagi holatlar uchun liniya va faza toki, kuchlanishlar-ning miqdori o‘lchansin. a) simmetrik faza yuklanishi uchun, b) nosimmetrik faza yuklanishi uchun, v) bitta faza uzilganda.
Liniyadagi bironta simni saqlagichdan uzib qo‘yilib uni kuchlanishi va faza bilan liniya
toklari o‘lchansin. a) simmetrik yuklanishda, b) nosimmetrik yuklanishda.
Liniya va faza kuchlanishlarini simmetrik, nosimmetrik yuklamada va iste’molchilarning bitta fazasi
uzilganda tekshirib ko‘riladi. Hamma liniya va faza kuchlanishlari har bir tajribada
o‘lchansin.
O‘lchov natijalari jadvalga yoziladi. Uch fazali tok zanjiri vektor diogrammasi.
Yuklama rejimlari
Uav B
Uvs B
UasB
UaB
Uv B
UsB
IavA
IvsA
Ias A
Io A
Simmetrik
Nosimmetrik
1 faza uzilganda
a) simmetrik b) nosimmetrik Uchburchak sxemada ulangan zanjir vektor diogrammasi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1.Uch fazali simmetrik yuklamani bitta fazasi ajratilganda Ul va Il qanday bo‘ladi? 2.Uch fazali sistemaning bir fazali sistemadan farqi namada?
3.Iste’molchilar uch fazali uchburchak sxema bo‘yicha qanday ulanadi?
4.3 fazali tizimda faza almashinishi nima va u neytral simdagi tokka qanday ta’sir qiladi?