1-TAJRIBA ISHI
O`tkazgichlarning qarshiligini o`lchash va solishtirma qarshiligini aniqlash
Ishning maqsadi:
- Laboratoriya sozlamalari va elektr ulanish sxemasi
- Uskunalar ro`yxati
- Tajribani bajarishga doir ko`rsatmalar.Qarshilikni o'lchash va solishtirma qarshilikni hisoblash yo'li bilan o'tkazgich materialini aniqlash
Kerakli asbob va qurilmalar:
Belgilanishi
|
Nomlanishi
|
Turi
|
Ko`rsatkichlari
|
G1
|
Bir fazali quvvat manbai
|
218
|
~220 V / 16A
|
P2
|
O'rnatish maydoniga ega kuchlanish generatorlari bloki
|
213,6
|
±15 V, 0...+13 V, ~0...12 V, 12V. 0,2Hz...200KHz
|
A3
|
R,L,C o`lchash apparati
|
534
|
Raqamli multimetr E7-22
|
A4
|
"Elektrotexnika materiallari" mini bloklar majmui
|
600,18
|
"R1" va "R2" minibloklari
| Nazariy qism
Aniq maqsadlar uchun ishlatiladigan elektr izolyatsiyalovchi materiallarni tanlashda ularning elektr xususiyatlaridan tashqari tashqi shart-sharoitlar ta’sirida qanday o’zgarishini ham hisobga olish zarur. Masalan: issiqlikdan, sovuqdan, havoning namligi va hokazolar.
Transformator moyi – juda keng tarqalgan suyuq elektroizolyatsion material hisoblanadi. Transformator moyining barcha elektr xarakteristikalari uning harorati va tarkibidagi aralashmalarga bog’liq. Moyning solishtirma qarshiligi =10101013 Omm, dielektrik singdiruvchanligi (tarkibi toza moy uchun) =2,2.
Transformator moyi asosan ikki maqsadda ishlatiladi:
1. Transformator moyi tolali izolyator g’ovaklarini, shuningdek, o’tkazgich o’ramlari orasini to’ldirib, izolyatsiyaning mustahkamligini oshiradi.
2. Transformator cho’lg’amlarida va o’zaklarda energiya nobudgarchiligi tufayli ajratilgan issiqlikni tashqi muhitga uzatishni yaxshilaydi. U ba’zan yuqori kuchlanish zanjirida kalitlar sifatida ham ishlatiladi.
Transformator moyi neftni pog’onali haydash yo’li bilan olinadi. Har bir pog’onadan olingan fraksiya kimyoviy chiqitlardan tozalanadi.
Suyuq dielektriklarning asosiy fizikaviy xarakteristikasi quyidagilardan iborat: zichlik-ρ, yopishqoqlik-η, qaynash harorati-T0qay, qotish harorati-T0qot, va shu kabilar. Yopishqoqligi ortayotgan yopishqoq suyuqlik qatlamlari orasida ichki ishqalanish kuchi vujudga keladi:
(3.1)
bu yerda: -tezlik gradienti, S -qatlamlar tegish sirtining yuzi, η–moddalarning haroratiga va tabiatiga bog’liq bo’lgan koeffisient (u dinamik qovushqoqlik koeffisienti deb yuritiladi).
Ifodadagi minus ishorasi F kuch tezlikning teskari yo’nalganligi sababli.
Qizdirilganda kimyoviy jihatdan o’zgarmaydigan barcha moddalarning yopishqoqligi absolyut haroratga bog’liq holda eksiponensial qonun bo’yicha o’zgaradi (3.1-rasm):
(3.2)
bu yerda: A – moddaning kimyoviy tabiatiga bog’liq koeffisent, W – aktivlashtiruvchi energiya.
3.1-rasm
Odatda yopishqoqlikning uch turi mavjud:
1. Dinamik yopishqoqlikni tezligining gradienti har metriga (m/sek) ga o’zgarganda tegish sirtiga qanday kuch (Nyutonlarda) bilan ta’sir etishini bildiradi. Halqaro birliklar sistemasida (N sek/m2) da, SGSda esa Puazlarda o’lchanadi.
1 Puaz =
2. Kinematik yopishqoqlik – bu dinamik yopishqoqlik koeffisentini shu haroratdagi modda zichligiga nisbati bilan aniqlanadi.
(3.3)
Kinematik yopishqoqlik XBS da m2/sek larda, SGS da Stokslarda o’lchanadi.
1 Stoks
3. Shartli yopishqoqlik 200 ml hajmli moyni tajriba o’tkaziladigan sharoitda oqib o’tish vaqtini suvni 20 0S oqib o’tish vaqtiga nisbati bilan aniqlangan kattalikdir. Davlat standartiga ko’ra 20 0S kinematik yopishqoqlik ν =17-18,510-6 m2/sek ga teng bo’lishi lozim. Aniqlanish harorati 1350-140 0S. Qotish harorati esa 45 0S.
Do'stlaringiz bilan baham: |