Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim-tarbiya masalalari



Download 60,17 Kb.
bet1/6
Sana09.07.2022
Hajmi60,17 Kb.
#760627
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ashurova Zulayho



O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari

“Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim-tarbiya masalalari” mavzusi taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan ilmiy ma’ruza, maqola va tezislarda ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.


Konferensiyada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nafaqat mustaqilligimiz asoschisi, balki mamlakatimiz tanlagan taraqqiyot yo‘lining rahnamosi, yirik islohotchi, barkamol avlod tarbiyasiga yangicha yondashuvning chinakam tashabbuskori sifatida xalqimiz qalbida abadiy qolishi ta’kidlandi. Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, konseptual fikrlar yoshlarni ma’naviy barkamol, mustahkam va faol hayotiy pozitsiyaga ega yetuk insonlar etib tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgani buning isbotidir.
Bugungi globallashuv jarayonlari dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda, – deydi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Karimov. – Shu bois O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuvi va ilm-fanni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talaba-yoshlarni muayyan mutaxassislik, kasb-hunarni chuqur egallagan kadrlar etib tarbiyalash bilan birga, Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimiz mohiyati va qadrini teran anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi, deb biladigan shaxslar qilib ulg‘aytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz asarlarida ma’naviyat haqida bildirilgan ilmiy-metodologik fikrlar, g‘oya va tavsiyalarning ahamiyati katta.
Konferensiyada “Mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirishda Islom Karimov ma’naviy merosining o‘rni va ahamiyati”, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yoshlar fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni”, “Yoshlarda konstruktiv hayotiy pozitsiyani shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari”, “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yosh avlodni ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning nafaqat moddiy-texnik tomoni, balki nazariy-metodologik, huquqiy va tashkiliy asoslarini ishlab chiqishning tashabbuskori, barkamol avlod tarbiyasini umummilliy vazifa darajasiga ko‘targan buyuk shaxs edi, – deydi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori, professor Baxti Ochilova. – U kishining barcha asarlarida ma’naviyat va madaniyat muammolari bo‘yicha ilmiy asoslab berilgan qoida va xulosalar tamomila yangiligi, milliy va umuminsoniy ruhi mazmunan hamohangligiSharq falsafasi, islom ta’limotidagi ilg‘or g‘oyalarga asoslangani hamda mamlakatimiz istiqbolini nazarda tutgani bilan alohida ahamiyatga ega.


Har qanday jamiyatda hamisha ta`lim-tarbiyaga ehtiyoj seziladi. Zero, ta`lim-tarbiyasiz barkamol insonni shakllantirib bo`lmaydi. Barkamol insonlarsiz esa, jamiyat ham taraqqiy etmaydi. Barkamol insonlarni shakllantirishda davlatimiz rahbari I.A.Karimov asarlaridan foydalanishning o`rni beqiyosdir.Respublikamiz mustaqillikni qo`lga kiritgandan so`ng o`tgan davrda mamlakatimiz kelajagi bulgan yosh avlodni tarbiyalab yetishtirish eng dolzarb muammolardan biri bo`lib kelmoqda.Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinganligi tom ma`noda jamiyatimizni to`liq pedagoglashtirish muammosini keltirib chiqardi. Bugungi kunda har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanish bo`lishi, yosh avlodni komil inson qilib yetkazishning vazifalari, mazmuni, metodlari, qonuniyatlari, prinsiplari va vositalari bilan tanish bo`lishi shart. Barkamol avlod tarbiyasini ta`minlovchi asosiy pedagogik omil bo`lgan milliy istiqlol g`oyalarini harakatdagi kuchga aylanishi uchun butun jamiyatimiz pedagogika faniga tayanmoqda.Shu sababli endilikda pedagogikaning amaliy fan sifatidagi butun imkoniyatlari, qonuniyatlari, metodlari, tarbiyaviy ta`sir texnologiyalari yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga xizmat qildirilmoqda. Zotan, Prezidentimiz Islom Karimov ham o`z asarlari, nutqlarida pedagogika jamiyat ehtiyojlariga va barkamol avlod tarbiyasiga hamohang fan ekanligini ta`kidladi.Tarbiyaviy, demak pedagogik faoliyat har bir oilaning, jamiyatning bosh maqsadi bo`lib, har bir kishining oldida butun umr bo`yi o`z ma`lumotini oshira borish vazifasi turadi.
Prezidentimiz hozirgi sharoitda jamiyatni keng ko`lamda pedagoglashtirish, o`sib kelayotgan yosh avlodni barkamollik darajasiga yetkazish bo`yicha pedagogik g`oyalarni jamiyatning barcha jabhalariga kirib borishi uchun maxsus chora-tadbirlar ko`rish va sharoitlar yaratish zarurligini ta`kidladi.
Darhaqiqat o`sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajakdagi kamolotiga qarab Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo`ladi. Kelajak – yoshlarniki, shu sababli ham Prezidentimiz yoshlarning ta`lim – tarbiya olishlariga katta e`tibor bermoqdalar. Ularning ta`lim olishlari uchun sharoitlarni yaratib berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdalar.
«Ta`lim va uni isloh etishga sarflangan mablag` zoye ketmaydi, aksincha jamiyatimizni muvaffaqiyatli va izchil isloh etish uchun qudratli, ta`sirchan omil bo`ladi».
« . . . kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir», - degan edi Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqida.Respublikamiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan tantanali yig`ilishda Yurtboshimiz bunday degan edi: “Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g`oyat muhim bo`lgan sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o`z oldimizga qo`yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr — intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr, degan hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.
Albatta, hozirgi kunda taraqqiyot yo`lidan izchil rivojlanib borishimizda, ezgu maqsadlarimizni ro`yobga chiqarishda hal qiluvchi rol o`ynaydigan muhim bir mezon borki, u ham bo`lsa, inson kapitali, ya`ni inson omili, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yoshlarimizdir.
Biz qabul qilgan, o`sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash dasturida belgilangan ulkan va keng ko`lamli vazifalarni qisqa vaqt mobaynida, ya`ni bir yil davomida amalga oshirib bo`lmasligi barchamizga yaxshi ayon. Shu ma`noda, bu olijanob maqsad davlatimiz va butun jamiyatimizning doimiy va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ustuvor vazifasiga aylanishi va hamisha e`tiborimiz markazida turishi lozim.
O`zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo`lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o`zligini anglashda imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishga va ma`naviy intellektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi. Bu o`z navbatida insoniyat yaratgan ma`naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o`ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Buni Prezidentimiz o`zlarining "Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch" nomli asarlarida: “Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug` kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat faqat boylik, molu- mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e`tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”, – deb ta`kidlagan edilar.2
Bugungi kunda jamiyatimiz oldiga yoshlarda yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarni shakllantirish vazifalari qo`yildi.
Endi ta`lim-tarbiya, hayot jarayonining hamma sohalarini, jabhalarini qamrab olmasa, u o`zining komil inson tarbiyasida juda katta ijtimoiy mavqeini egallay olmaydi.
Bugungi kunda jamiyat rivojlanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ularning tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqdi.
Pedagogika tarbiya haqidagi yagona fan ekan, u hayotdan oldinda borib, yoshlar tarbiyasini jamiyatning yangi talablari asosida isloh qilib, tezkor choralar ko`ra bilmog`i kerak. Aks holda, u mustaqil O`zbekiston oldidagi o`z istiqloliy vazifasini bajara olmaydi.Insonni dunyoga kelishi, faqat tug`ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug`ilgandan keyin o`z zamonasining taraqkiyoti darajasiga ko`tarilishi, mavjud ijtimoiy- tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o`z o`rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya`ni tarbiya olishi kerak.
Bu jarayonda katta avlod o`zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi tug`ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o`zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta`lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o`qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida paydo bo`la boshladi.
XXI asr bo`sag`asida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma`naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo`lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqda.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonunida (1997 y.) ta`lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e`lon qilinishi komil insonni tarbiyalab yetishtirishda uning imkoniyatlari aniqlash va ishlab chiqishdek mas`uliyatli ulug`vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma`naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklaniish ularni zamon ruhi talabi bilan uyg`unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma`naviy, ijgimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo`lib qo`shilmoqda.
Xaqiqatan, respublikamizni taraqqiyot darajasiga ko`taradigan chinakam komil insonni shakllantirish - bu uning ma`naviyatini shakllantirishdir.
Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o`tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o`zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo`lida qanday sur`atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug`ilmoqda.Qisqacha aytganda, biz o`z oldimizga qo`ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya`ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o`sishini ta`minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallash borasidagi sa`y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir.

Xozirgi yangilanayotgan jamiyatda ta`lim – tarbiyani isloh qilish davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biriga aylandi.
Mustaqil respublikamizda shunday ulkan vazifa hal etilayotgan bir sharoitda ta`lim – tarbiyani jahon andozalari darajasiga ko`tarish pedagoglar oldida ham hal etilishi zarur bo`lgan muammolarni qo`ymoqda.
«O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limini tashkil etish to`g`risida» 1998 yil 13 maydagi 203 – qaroriga asosan «Umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartining tayanch o`quv rejasida «Ma`naviyat» ta`limi sohasiga «Odobnoma» /I – IV sinflar/ «Vatan tuyg`usi» /V – VI sinflar/ hamda «Ma`naviyat asoslari /VII – IX sinflar/ o`quv fanlari kiritildi. Davlat ta`limi standarti ishlab chiqildi, maktablarda o`qitilayotgan darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. Maqsad o`quvchini erkin, mustaqil fikrlaydigan, ijodkor shaxs, komil inson qilib shakllantirishdir.
Prezidentimiz I.Karimovning tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlashning Milliy modelida ana shu muammo – ya`ni komil inson va yetuk mutaxassis tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlari ham aniq ko`rsatib berilgan. Bunda shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh suyekti va obyekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ko`rsatilib, uning mohiyati milliy tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog`lanib ketadi.
Prezidentimiz I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» ma`ruzasida halqimiz ma`naviyatini yanada yuksaltirishni davlat siyosatining eng muhim ustivor yo`nalishlaridan biri deb ko`rsatib o`tdi. Yurtboshimiz O`zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida «Hozirgi eng muhim, yeng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a`zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy mafkura, o`z vataniga mehr – sadoqat tuyg`usini uyg`otish, o`zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir», - deb alohida ta`kidladi.
Bu muhim vazifalar ta`lim sohasi oldiga dolzarb muammolarni qo`ymoqda. Prezidentimiz olib borayotgan dono siyosatning tarkibida yosh avlod tarbiyasi muhim o`rin tutayotgani tarbiya sohasida muhim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun bu siyosatning mohiyatini anglash, shu siyosat asosida amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini o`rganish maqsadida bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini «Prezident I.Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi sifatida (Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash tizimi misolida)» deb oldik.

Download 60,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish